К содержанию
РецензированоUZ2020

O‘TKIR BO‘LMAGAN JISMLAR SABABLI TALOQ SHIKASTLANISHINING VAQTINI SUD-TIBBIY AMALIYOTDA ANIQLASH

J. R. Idiev · Sh. I. Ruziyev

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2020

Аннотация

Sud-tibbiyot amaliyotida ichki organlarning, xususan, taloqning shikastlanish holatlarini o‘rganish va baholash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tkir bo‘lmagan jismlar ta’sirida taloqning jarohatlanishi ko‘pincha turli turmush va ishlab chiqarish baxtsiz hodisalari, yo‘l-transport hodisalari yoki zo‘ravonlik harakatlari natijasida yuzaga keladi. Bunday holatlarda sud-tibbiy ekspertlarning asosiy vazifalaridan biri — taloq jarohatining aniq yuzaga kelgan vaqtini aniqlashdan iborat. Kalit so'zlar taloqning shikastlanishi, yopiq travma, to'mtoq narsalar, morfologik xususiyatlar. Dolzarbligi. Taloq shikastlanishining vaqtini aniqlash jinoyat yoki baxtsiz hodisa tafsilotlarini aniqlashtirish, voqea ishtirokchilarining ayblilik darajasini belgilash hamda tergovga yordam berishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, shikastlanish vaqtini to‘g‘ri baholash uchun sud-tibbiy ekspertlar morfologik, gistologik va zamonaviy laboratoriya usullaridan foydalanadilar. Bu jarayon murakkab bo‘lib, ko‘plab omillarni hisobga olishni talab qiladi. Mazkur mavzuning dolzarbligi shundaki, o‘tkir bo‘lmagan jismlar sababli taloq shikastlanishining vaqtini aniq va ishonchli aniqlash sud-tibbiy amaliyotda ekspertiza natijalarining ob’ektivligi va adolatliligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Maqsad: O‘tkir bo‘lmagan jismlar ta’sirida yuzaga kelgan taloq shikastlanishining vaqtini sud-tibbiy amaliyotda aniqlashning samarali usullarini o‘rganish va baholash. Materiallar va usullar: Tadqiqot davomida 2020–2024 yillar mobaynida Respublika sud-tibbiy ekspertiza markazida o‘tkazilgan 36 ta o‘tkir bo‘lmagan jismlar sababli taloq shikastlanishi bilan bog‘liq sud-tibbiy ekspertiza materiallari tahlil qilindi. Taloqning shikastlanish muddatini aniqlashda makroskopik, mikroskopik (gistologik), shuningdek, zamonaviy laboratoriya va instrumental tadqiqot usullari qo‘llanildi. Har bir holatda shikastlanish bosqichlari, ularning morfologik belgilariga va organizmda yuzaga kelgan o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratildi. Natijalar: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, taloq shikastlanishining vaqtini aniqlashda morfologik va gistologik belgilar muhim ahamiyat kasb etishi aniqlandi. Shikastlanishning dastlabki soatlarida qon quyilish, shish va to‘qimalarda o‘ziga xos o‘zgarishlar kuzatildi. 12– 24 soatdan so‘ng esa, nekrotik jarayonlar va leykotsitar infiltratsiya rivojlana boshladi. 2–3 sutkadan keyin esa, granulyasion to‘qimalar paydo bo‘lishi va reparativ jarayonlar boshlanishi kuzatildi. Laboratoriya tahlillari va instrumental usullar gistologik natijalarni tasdiqladi va shikastlanish vaqtini aniqlashda aniqroq ma’lumot berdi. Xulosa: O‘tkir bo‘lmagan jismlar ta’sirida taloq shikastlanishining vaqtini aniqlashda morfologik va gistologik usullar asosiy ahamiyatga ega. Zamonaviy laboratoriya va instrumental tadqiqotlar natijalarni yanada aniqroq va ishonchli qilish imkonini beradi. Sud- 13 tibbiy ekspertlar ushbu usullardan kompleks foydalanish orqali shikastlanish vaqtini aniqlashda xatoliklarning oldini olishlari va ekspertiza natijalarining obyektivligini oshirishlari mumkin.

Доказательный фрагмент

«Sud-tibbiyot amaliyotida ichki organlarning, xususan, taloqning shikastlanish holatlarini o‘rganish va baholash muhim ahamiyat kasb etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Sud-tibbiyot amaliyotida ichki organlarning, xususan, taloqning shikastlanish holatlarini o‘rganish va baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
taloqning shikastlanishi, yopiq travma, to'mtoq narsalar, morfologik, morfologik xususiyatlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники