К содержанию
РецензированоUZ2008

“THE PLAGUE OF DOVE” (“KABUTARLAR VABOSI”) ROMANIDA QAHRAMON O‘ZLIGI MUAMMOSI

O‘ZLIGI MUAMMOSI · Mirzayeva Parvina Ulugbek kizi · Luiza Erdrik.

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 34 · 111-131 · 2008

Аннотация

Luiza Erdrik mahalliy amerikalik adiblar orasida eng muhim va ta’sirchan ovozlardan biri sifatida keng e’tirof etiladi. U mahalliy Amerika adabiyotining Uyg‘onish davridagi ikkinchi to‘lqini rivojiga katta hissa qo‘shgan yozuvchilardan biridir. 2008-yilda yozilgan “The Plague of Doves” (“Kabutarlar Vabosi”) romani yigirmanchi asrda keng tarqalgan irqchilik mavzusini va uning uzoq davom etuvchi ta’sirlarini ko‘rib chiqadi. Quyidagi maqolada qahramonlar badiiy talqini, yozuvchining o‘zlik muammosiga munosabati tahlilga tortiladi. Kalit so‘zlar: motiv, rivoya, AQSH adabiyoti, mavzu, “The Plague of Dove”, mahalliy, tubjoy, Ojibve, Luiza Erdrik. Kirish Luiza Erdrik mahalliy amerikalik adiblar orasida eng muhim va ta’sirchan ovozlardan biri sifatida keng e’tirof etiladi. U mahalliy Amerika adabiyotining Uyg‘onish davridagi ikkinchi to‘lqini rivojiga katta hissa qo‘shgan yozuvchilardan biridir. 2008-yilda yozilgan “The Plague of Doves” (“Kabutarlar Vabosi”) romani yigirmanchi asrda keng tarqalgan irqchilik mavzusini va uning uzoq davom etuvchi ta’sirlarini ko‘rib chiqadi. Metodologiya “Identity and the Natural Environment: The Psychological Significance of Nature” (“Shaxs va tabiiy muhit: Tabiyatning psixologik ahamiyati”) asari mualliflari va muharrirlari — Syuzan Kleyton va Syuzan Opotow — joy (muhit) identifikatsiyasi (shaxsning muhit bilan bog‘liqligi) masalalarini muhokama qiladilar. Ushbu asarda olimlar shaxsiy identifikatsiya, ekologik identifikatsiya, ekologik-axloqiy shaxsni shakllantirish, chegara hududlaridagi (borderland) identifikatsiyalar, guruhiy identifikatsiya hamda ekologik identifikatsiyalar kabi masalalarga izoh berishadi. Syuzan Kleyton “Environmental Identity: A Conceptual and an Operational Definition” (“Ekologik identifikatsiya: tushunchaviy va amaliy ta’rifi”) nomli bobida quyidagilarni ta’kidlaydi: ‘Identity can be described as a way of organizing information about the self. Just as there are multiple ways of organizing this information, we have multiple identities, varying in salience and importance according to the immediate context and to our past experiences’ (7; 45). “The Plague of Doves” (“Kabutarlar vabosi”) romanida shaxsiyat masalasiga psixolog nuqtai nazaridan yondashilganini ko‘rish mumkin. Roman davomida turli bo‘limlarni o‘qir ekanmiz, o‘quvchi qahramonlarning ichki dunyosiga chuqurroq kirib boradi va ular haqidagi yetarli ma’lumotlar orqali ularning kimligini anglay oladi. Asardagi qotilliklar bilan bog‘liq sirlar turli qahramonlar orqali ochib boriladi, biroq eng muhim obraz — Evelina hisoblanadi. O‘z jamoasining ajralmas a’zosi sifatida Evelina Marn Volde bilan birgalikda qotillik voqealarini ochishga kirishadi. Ular o‘rtasidagi bu bog‘liqlik qahramonlarning hissiy aloqalari, umumiy tajribalari va o‘z shaxsini anglash yo‘lidagi sayohatni yoritib beradi. Bu esa, Luiza Erdrik qahramonlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ataylab ishlatib, ularning ichki dunyosi va psixologik chuqurliklarini yanada chuqurroq ochib berishni maqsad qilganini anglatadi. Natijalar Ijodiy faoliyat orqali inson madaniyat va ma’naviyatni his qilish, his-tuyg‘ularini bo‘lishish, vaqtni maroqli o‘tkazish, o‘yin o‘ynash hamda yirik loyihalarni amalga oshirish 50 mumkin bo‘lgan joylarni yaratadi. Bu jarayon odam o‘zini mansub deb bilgan obyektlarga ma’no baxsh etadi va hayotni yengillashtiradi. Li Kuba va Devid M. Hammonning fikriga ko‘ra, bu jarayon shaxsning o‘z joyiga bo‘lgan daxldorligini anglatadi: ‘Community attachment research indicates that integration into the local area is a prime determinant of attachment to locale. Local social involvements – particularly those with friends, but also those involving kin, organizational memberships, and local shopping – prove to be the most consistent and significant sources of sentimental ties to local places’ (10; 115). Shunday qilib, nafaqat psixologlar, balki sotsiologlar ham oilada, jamoada yoki atrofimizdagi odamlar bilan bo‘lgan aloqalarning muhimligini ta’kidlaydilar. Luiza Erdrik ham romanning bir necha joyida qahramonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik orqali ularning shaxsiy rivojlanishini ko‘rsatib beradi. “Lines” (Chiziqlar) bo‘limida esa Evelina o‘zi o‘quvchining e’tiborini mahalliy ijtimoiy aloqalar ta’sirida uning shaxsiyati qanday shakllanganiga qaratadi.: ‘THE STORY MOOSHUM told us had its repercussions—the first being that I could not look at anyone in quite the same way anymore. I became obsessed with lineage’ (5). Evelinaning o‘zi bobosining hayotidagi o‘rni va u aytib bergan hikoyalarning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Ushbu parcha shuni ko‘rsatadiki, muayyan joy bilan bog‘langan identifikatsiya murakkab hodisa bo‘lib, u tizimli xususiyatlarga ega va shaxsning biror narsaga — yerga, jamiyatga, avlodga — mansubligini belgilaydi. Bu mansublik faqat ongli ravishda biror hodisani anglash yoki unga nisbatan o‘zini bog‘liq deb bilish emas, balki chuqur psixologik va hissiy aloqani ham o‘z ichiga oladi. Bunday holatda esa savol tug‘iladi: insonni b

Доказательный фрагмент

«Luiza Erdrik mahalliy amerikalik adiblar orasida eng muhim va ta’sirchan ovozlardan biri sifatida keng e’tirof etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Luiza Erdrik mahalliy amerikalik adiblar orasida eng muhim va ta’sirchan ovozlardan biri sifatida keng e’tirof etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
motiv, rivoya, Luiza Erdrik., tubjoy, mavzu, “The Plague of Dove”, AQSH adabiyoti, mahalliy, Ojibve
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники