Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JURNALISTIKADA NEYTRAL YONDASHUVNING INQIROZI: OBYEKTIVLIK VA SUBYEKTIVLIK O`RTASIDAGI CHEGARA
SUBYEKTIVLIK O`RTASIDAGI CHEGARA · Sevara Rasulova · Sevara Rasulova
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistikada obyektivlik masalasining dolzarbligi tahlil qilinadi. Jay Rosen va Thomas Hanitzschning jurnalistikada obyektivlik borasidagi qarama-qarshi yondashuvlari muhokama etilgan. Rosen jurnalistning shaffof bo`lishi va subyektivlik yondashuvini tan olishi kerakligini ilgari sursa, Hanitzsch esa faktlarga asoslangan, shaxsiy fikrlardan xoli obyektiv jurnalistikani himoya qiladi. Maqolada bugungi jurnalistlar ushbu ikki pozitsiya o`rtasida muvozanat topishi zarurligi ta`kidlanadi. Kalit so`zlar: jurnalistika, obyektivlik, subyektivlik, shaffoflik, axborot ishonchliligi, Jay Rosen, Thomas Hanitzsch, raqamli media, jurnalistik tamoyillar, ijtimoiy tarmoqlar. CRISIS OF A NEUTRAL APPROACH IN JOURNALISM: THE BOUNDARY BETWEEN OBJECTIVITY AND SUBJECTIVITY Sevara Rasulova Student of the 1st stage of the University of journalism and mass communications of Uzbekistan Annotation. This article explores the issue of objectivity in modern journalism. It discusses the contrasting views of Jay Rosen and Thomas Hanitzsch on the relevance and implementation of objectivity in today`s media environment. While Rosen promotes transparency and the acceptance of subjectivity in journalism, Hanitzsch defends traditional objectivity as essential for crebility and truth. The article emphasizes the need for a balance between the two approaches in the practice of journalism today. Keywords: Journalism, objectivity, subjectivity, transparency, information crebility, Jay Rosen, Thomas Hanitzsch, digital media, journalistic principles, social networks. Jurnalistika doimiy ravishda axborotni haqqoniy va xolis yetkazish tamoyiliga asoslangan. Biroq, zamonaviy ommaviy axborot vositalari {OAV} va raqamli jurnalistikaning rivojlanishi bilan obyektivlik tushunchasi o``zining dolzarbligini yo`qotib bormoqda. Subyektiv yondashuv, shaxsiy fikr va pozitsiyaning jurnalistik materiallaga singdirilishi natijasida an`anaviy “neytral” jurnalistika inqirozga yuz tutmoqda. Neytral jurnalistika — bu yangilik yoki voqea haqida muallifning shaxsiy fikr va hissiyotlarisiz, mutlaqo xolis yoritishga asoslangan jurnalistik yondashuvdir. Bunday uslubda yozilgan materiallar faktlarga tayangan holda, turli tomonlarning nuqtayi nazarini teng yoritib, o‘quvchiga yakuniy xulosa chiqarish imkonini o‘zi beradi. Neytral jurnalist hech qachon bir tomonning g‘oyasini ilgari surmaydi va holatni baholamaydi. Uning asosiy vazifasi — voqeani qanday bo‘lsa, shunday yetkazish. Masalan, siyosiy qarama-qarshiliklar haqida yozilayotgan maqolada neytral yondashuv har ikki tomonning pozitsiyasini birdek yoritishni talab qiladi. Shu orqali o‘quvchi voqeaga mustaqil baho berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bugungi tezkor axborot oqimi va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘payib borayotgan subyektiv baholovlar fonida neytral jurnalistika ayniqsa muhim. U nafaqat 53 axborot ishonchliligini oshiradi, balki jamoatchilikning real holatni tushunishiga ham xizmat qiladi. An`anaviy jurnalistikada obyektivlik tushunchasi: obyektivlik jurnalistikaning asosiy tamoyillaridan biri bo`lib, axborot berishda shaxsiy qarashlaridan xoli bo`lishni nazarda tutadi. Ushbu tushuncha XX asrning boshlarida, OAV ommaviylashishi va bosma nashrlar keng auditoriyaga ega bo`la boshlagan davrda shakllandi. Muhim prinsiplar quyidagilar edi: 1. Xolislik- jurnalist faktlarni shaxsiy yoki siyosiy qarashlardan mustaqil holda yetkazishi kerak. 2. Teng muomala-har qanday mavzuda turli tomonlarning fikri yoritilishi lozim. 3. Tasdiqlangan manbalar- axborot mustahkamlash dallilarga asoslangan bo`lishi zarur. Ammo bu yondashuv XXI asrda ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy blogerlik va raqamli media taraqqiyoti natijasida keskin o`zgarib bormoqda. Jay Rosen: obyektiv jurnalistika illuziyami? Amerikalik media olimi Jay Rosen jurnalistik obyektivlik tushunchasini keskin tandiq qiladi. Uning fikricha, mutlaq neytrallik amalda imkonsiz va jurnalist har qanday holatda ham o`zining individual dunyoqarashi bilan ta`sir o`tkazadi. U quyidagi fikrlarni ilgari suradi: Jurnalistlar mutlaq neytral bo`lishi mumkin emas. Har qanday jurnalist o`zining shaxsiy tajribasi va ijtimoiy kontekstga soslanib ishlaydi. Shaffof jurnalistika muhim. Jurnalist shaxsiy fikriga ega ekanligi yashirish o`rniga, uni ochiq namoyon qilishi kerak. Ommaviy axborot vositalari auditoriya uchun subyektivlikni yashirmasligi lozim. Chunki jamiyat axborot is`temol qilishda turli manbalardan foydalanadi va xolis axborotni mustaqil tahlil qila oladi. Rosen jurnalistikaning an`anaviy neytrallik modelidan voz kechib, yangi- “Shaffof jurnalistika” tamoyilini ilgari suradi. Uningcha, jurnalistlar o`z e`tiqodi va qadiryatlarini ochiq ifodalash orqali ishonchni oshirishi mumkin. Thomas Hanitzsch: obyektivlik jurnalistikaning asosi. Germaniyalik media tad qiqotchisi Thomas Hanitzsch esa Jay Rosenning fikrlariga qarshi pozitsiyada turadi. U jurnalistikada obyektivlikni saqlash hali ham muhimligini ta`kidlaydi va quyidagi fikrlarni ilgari suradi: Jurnalistik obyektivlik
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistikada obyektivlik masalasining dolzarbligi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada zamonaviy jurnalistikada obyektivlik masalasining dolzarbligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Journalism, objectivity, subjectivity, transparency, information crebility, Jay, shaffoflik, axborot ishonchliligi, subyektivlik, Jay Rosen, jurnalistika, raqamli media, ijtimoiy tarmoqlar., Thomas Hanitzsch, jurnalistik tamoyillar, obyektivlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025