Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILADA OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATLARI
Xursanov Omadbek Ulug‘bek o‘g‘li · Ashuraliyev Rahmonjon Soyibjon o‘g‘li
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Mazkur ilmiy ishda ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik va ijtimoiy jihatlari o‘rganildi. Tadqiqotda bolaning qabul qilinishi, nazorat darajasi, simbioz (hissiy bog‘lanish), hamkorlik (kooperatsiya) va ota-onalarning bolaning muvaffaqiyatsizliklariga munosabati kabi muhim indikatorlar tahlil qilindi.Korrelatsion tahlil natijalariga ko‘ra, yashash joyi bilan bolani qabul qilish/rad etish o‘rtasida salbiy va statistik jihatdan ishonchli bog‘liqlik aniqlangan. Shuningdek, ota-onaning bolaning hayotiga kuchli hissiy bog‘liqligi (simbioz) ular tomonidan bolani ko‘proq nazorat qilishga olib kelishi mumkinligi aniqlandi. Boshqa ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar esa zaif yoki ahamiyatsiz deb topildi. Kalit soʻzlar: ota-ona va bola munosabatlari, psixologik nazorat, iliqlik, simbioz, kooperatsiya, qabul qilish va rad etish, farzand tarbiyasi, ijtimoiy omillar. KIRISH. Oila – bu shunchaki qon-qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan muassasa emas, balki jamiyatning eng muhim ijtimoiy instituti bo‘lib, inson shaxsining shakllanishida asosiy omillardan biridir. Tarbiya esa insonning ruhiy, ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy sifatlarini rivojlantirish jarayonidir. Aynan oila tarbiyaning boshlang‘ich maktabi, eng qudratli vositasi hisoblanadi. Har qanday jamiyatda shaxs kamoloti va unga xos qadriyatlarning shakllanishi, eng avvalo, oiladagi tarbiyaviy muhitga bevosita bog‘liqdir. Oilada bola ilk bor insoniy munosabatlarni, axloqiy normalarni, ijtimoiy rol va vazifalarni o‘zlashtiradi. Bu bosqichda bola ota-onasining, yaqin qarindoshlarining xatti-harakatlarini, muomala uslubini, baho berish mezonlarini ichkilashtiradi. Agar oilada mehr-oqibat, hurmat va tushunish hukm sursa, bola ham bu qadriyatlarni o‘zlashtirib, sog‘lom, barkamol shaxs sifatida shakllanadi. Aksincha, oilada befarqlik, nizolar, beqarorlik hukm sursa, bu holatlar bolaning psixik rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi globallashuv, raqamli texnologiyalar asrida oila oldida turgan vazifalar yanada murakkablashib bormoqda. Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali yosh avlod ongiga begona g‘oyalar, noto‘g‘ri qadriyatlar singdirilayotgan bir paytda, aynan oila tarbiyaning asosiy tayanchi bo‘lib qolmoqda. Shu boisdan ham davlat siyosatida oilani mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash https://scientific-jl.com/new 22 00 Volume–80_Issue-1_July-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat garovidir. Ota-ona va farzand munosabatlarining ahamiyati Farzand – bu nafaqat hayot davomchisi, balki ota-onaning ma’naviy aksidir. Ota- ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar shunchalik sog‘lom, mazmunli va ijobiy bo‘lsa, bola shunchalik barqaror, o‘ziga ishonchli va ijtimoiy faollikka ega shaxs sifatida voyaga yetadi. Aks holda, bu munosabatlardagi sovuqlik, befarqlik yoki haddan tashqari nazorat bola ruhiyatida stress, tushkunlik, ishonchsizlik va zo‘ravonlik kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘z farzandi bilan ochiq, mehribon va tushunishga tayyor muloqotda bo‘lgan ota-onalar bolalarda sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni, mas’uliyat, mustaqil fikrlash, o‘zini ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday oilalarda o‘sib voyaga yetgan bolalarda maktabdagi muvaffaqiyat, do‘stlar bilan ijobiy aloqa, kelajakdagi mehnat faoliyatida barqarorlik ko‘proq uchraydi. Bugungi zamonaviy oilalarda aksariyat ota-onalar moddiy ehtiyojni qondirish bilan band bo‘lib, farzand tarbiyasiga yetarli e’tibor bera olmayapti. Bu esa ota-ona va bola o‘rtasidagi hissiy uzilishlarga, tushunmovchiliklarga va mas’uliyatli shaxs shakllanishining sekinlashishiga olib kelmoqda. Aynan shu nuqtada ota-onalarning tarbiyaviy savodxonligi, emotsional jihatdan mavjudligi va o‘z farzandining ichki dunyosiga nisbatan sezgirligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘smirlik davrida farzand bilan mustahkam psixologik aloqa o‘rnatish, uning muammolariga befarq bo‘lmaslik, fikrlarini tinglash, tanqid o‘rniga maslahat berish – sog‘lom tarbiyaning kalitidir. Ota-onalar farzand tarbiyasiga doimiy e’tibor bilan yondashsalar, bu nafaqat shaxsiy baxt, balki ijtimoiy barqarorlik, milliy qadriyatlarning davomiyligi uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda oila, oilaviy munosabat, yoshlar tarbiyasi masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. Biroq yurtimizda yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs sifatida kamol topishlari uchun hukumatimiz va Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan choratadbirlar hamda bu sohaga berilayotgan katta e'tiborga qaramay, o‘smir-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, jinoyatchilik, tartibbuzarlik kabi mentalitetimizga, etnik xususiyatlarimizga xos bo‘lmagan illatlarning ko‘payishi kuzatilmoqda. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev buyuk allomalarning ushbu fikrini keltirib o‘tdilar: «Bola ota-ona qo‘lida bir-omonatdir». Bolalarimiz, ularning taqdiri, kelajagi, haqiqatan ham, juda omonat ekanini
Доказательный фрагмент
«Mazkur ilmiy ishda ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik va ijtimoiy jihatlari o‘rganildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur ilmiy ishda ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik va ijtimoiy jihatlari o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik nazorat, simbioz, ijtimoiy omillar., Kalit soʻzlar: ota-ona va bola munosabatlari, farzand tarbiyasi, qabul qilish va rad etish, kooperatsiya, iliqlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025