К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA AGRESSIV HATTI HARAKATLARNI KOREKSIYALASH USULLARI

HARAKATLARNI KOREKSIYALASH USULLARI · Usmonova Nargiza Raximjonovna · Yuldasheva Iqlimaxon Zohidjon qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida uchraydigan agressiv hatti-harakatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari va psixologik korreksiyasi yo‘llari tahlil qilinadi. Agressivlikning jismoniy, og‘zaki, bilvosita shakllari, shuningdek, negativizm, gumonsirash va ayb hissi kabi ko‘rinishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: agressivlik, boshlang‘ich sinf, psixologik korreksiya, Bass–Darki metodikasi, bolalar xulqi, emotsional muammo. Yosh avlod tarbiyasi, ularning sog‘lom ruhiy rivojlanishi va jamiyatga foydali shaxs bo‘lib yetishishi O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatida ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Ayni paytda maktab ta’limi tizimida bolalarning nafaqat bilim darajasi, balki ularning axloqiy, ijtimoiy va emotsional rivojlanish darajasi ham markaziy o‘ringa chiqmoqda. Boshlang‘ich sinfda tahsil olayotgan o‘quvchilarning psixologik holatini o‘rganish, ulardagi salbiy xatti-harakatlarni aniqlash va bartaraf etish orqali sog‘lom shaxsni shakllantirish bugungi kunda pedagog va psixologlarning eng asosiy vazifasidir.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning quyidagi fikrlari aynan shu jarayonning ahamiyatini yoritib beradi:“Biz farzandlarimizni har tomonlama sog‘lom, bilimli va tarbiyali etib voyaga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarni yaratmoqdamiz. Ularning har biri davlat himoyasida bo‘lishi, huquqlari va manfaatlari ta’minlanishi kerak”.Ushbu so‘zlar maktabdagi har bir bola faqat bilim emas, balki ruhiy holat jihatidan ham e’tibor markazida bo‘lishi lozimligini anglatadi. Ayniqsa, psixologik muammolarga ega o‘quvchilarning erta aniqlanishi, ularning ichki kechinmalari bilan ishlash va mos ravishda korreksion dasturlar orqali ijobiy natijalarga erishish eng muhim vazifalardan biridir.Maktab muhitida ko‘p uchraydigan psixologik muammolardan biri bu – agressivlikdir. Agressivlik bolalarda turli shakllarda namoyon bo‘ladi: jismoniy kuch ishlatish, og‘zaki haqoratlar, tez-tez jahli chiqish, obidachilik, shubhalanish, darsga befarqlik va muomala madaniyatining buzilishi. Bu holatlar o‘quv muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, jamoada notinchlik keltirib chiqaradi va bola ijtimoiy hayotidan chetlashadi. https://scientific-jl.com/new 55 00 Volume–80_Issue-1_July-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yilgi hisobotiga ko‘ra, har uchinchi boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘zida kamida bitta salbiy emotsional-axloqiy xatti- harakat belgilarini namoyon qilgan. Agressivlik esa bu xatti-harakatlar ichida eng xavflisi bo‘lib, nafaqat bolaning o‘ziga, balki atrofdagilarga ham zarar yetkazishi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish uchun har bir maktabda psixologik monitoring tizimi joriy qilinishi, pedagog va ota-onalar bilan hamkorlikda profilaktik va korreksion mashg‘ulotlar olib borilishi muhimdir. Shuning uchun bugungi ilmiy- amaliy izlanishlar maktab psixologlari faoliyatiga ko‘mak bo‘lishi, ularni aniq metodlar va real tahlillarga tayangan holda yo‘naltirishi lozim. Shu bois, ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida uchraydigan agressiv hatti-harakatlar turlari, ularning yuzaga kelish sabablari, maktab va oilaviy muhit bilan bog‘liqligi, shuningdek, Bass–Darki metodikasi asosida olib borilgan psixodiagnostika asosida tuzilgan korreksion chora-tadbirlar yoritiladi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati – agressivlikni erta aniqlash, tahlil qilish va uni korreksiya qilish orqali o‘quvchilar shaxsini sog‘lom rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida uchraydigan agressiv hatti-harakatlarning sabablari va ularni korreksiya qilish usullariga bag‘ishlangan bir qator ilmiy, nazariy va amaliy adabiyotlar tahlil qilindi. Ular orqali mavzuga oid asosiy g‘oyalar, psixologik yondashuvlar va tajribaviy ishlanmalar aniqlab olindi. M.Quronboyeva “Maktab psixologiyasi asoslari” nomli asarida ta’lim muassasasidagi psixologik muhit, bolalarning emotsional barqarorligi va ularni individual kuzatish tizimi haqida so‘z yuritadi. Muallifning ta’kidlashicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi agressiv hatti- harakatni ko‘rsatgan hollarda, bu xatti-harakatning ildiz sabablari oilaviy munosabatlar, emotsional e’tiborsizlik yoki maktab ichidagi ijtimoiy bosimda bo‘lishi mumkin.R.Xodjayev tomonidan yozilgan “Amaliy psixologiya asoslari” nomli darslikda esa bolalar bilan olib boriladigan psixokorrektsion ishlar bosqichma-bosqich yoritilgan. U aggressiyani bosish emas, balki uni konstruktiv shaklga yo‘naltirish g‘oyasini ilgari suradi. Xususan, bolaning so‘z boyligini rivojlantirish, o‘zini erkin ifodalashga undash, uning emotsiyalarini tahlil qila olishga o‘rgatish kabi yondashuvlar berilgan.N.Solihovaning “Agressiv bolalar bilan ishlash usullari” asarida maktab amaliyotida uchraydigan real holatlar misolida individual yondashuvning afzalligi ko‘rsatilgan. Muallifning fikricha, har bir bolaning agressiv xatti-harakatiga universal yondashuv bo‘lishi mumkin emas. Ularni xulqidagi o‘zgarishlar faqat ijtimoiy munosabatlar, oilaviy ta

Доказательный фрагмент

«Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida uchraydigan agressiv hatti-harakatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari va psixologik korreksiyasi yo‘llari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida uchraydigan agressiv hatti-harakatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari va psixologik korreksiyasi yo‘llari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psixologik korreksiya, emotsional muammo., Kalit so‘zlar: agressivlik, Bass–Darki metodikasi, boshlang‘ich sinf, bolalar xulqi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники