К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY LIDERLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Olimov Saydulo Soxobjonovich · Ibrohimova Kumush Baxtiyor qizi

Журнал инноваций нового века · 18 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy liderlarning psixologik xususiyatlari, ularning shakllanish jarayoni, yetakchilik fazilatlarini namoyon etish uslublari va shaxsiy-psixologik omillari nazariy jihatdan chuqur o‘rganilgan. Liderlikning klassik va zamonaviy nazariyalari, shuningdek, yetakchilikning psixologik asoslari, motivatsiya, emotsional intellekt, kommunikativ kompetensiya kabi jihatlar tizimli tahlil qilingan. Kalit so’zlar: Zamonaviy lider, psixologik xususiyat, sardorlik, tavakkalchilik, liderlik salohiyati, shaxsiy fazilatlar, psixodiagnostika, talabalar, yetakchilik, psixologik tadqiqot. Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari inson hayotining barcha jabhalarida keskin o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, sun’iy intellekt, metavers, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot madaniyatining o‘zgarishi insoniyat oldiga yangi muammolar va imkoniyatlar qo‘ymoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy tizimlar, tashkilotlar, ta’lim va iqtisodiy sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, inson kapitalini samarali boshqarish kabi dolzarb masalalarning yechimi samarali va ongli liderlarga bog‘liq bo‘lmoqda. Bunday sharoitda liderlik fenomeni, uning psixologik mazmuni, shaxsiy va ijtimoiy jihatlari ilmiy tadqiqotlarda alohida e’tibor markazida turibdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Bugungi yoshlar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, qat’iyatli va tashabbuskor bo‘lishi, jamoalarni boshqarish va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.» Ushbu fikrlar yosh avlodning zamonaviy bilim va rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini yaqqol tasdiqlaydi.1 Psixologiya fanida liderlik – bu boshqalarning xatti-harakatiga ta’sir ko‘rsatish va ularni maqsad sari yo‘naltirish qobiliyati sifatida izohlanadi. Bu tushuncha ko‘p jihatdan boshqaruv, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya va menejment fanlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ko‘p tarmoqli yondashuvni talab qiladi. Psixologik nuqtai nazardan esa liderlik bu shaxsning ichki resurslari, ijtimoiy rolga tayyorligi, emotsional 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev, 2025‑yil 14‑fevraldagi “Prezident yoshlar bilan samimiy muloqot qildi” tele/videoselektor yig‘ilishi, president.uz https://scientific-jl.com/new 55 33 Volume–80_Issue-1_July-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS muvozanati, kommunikativ salohiyati, stressga chidamliligi va ijtimoiy-psixologik moslashuvchanligining mahsulidir. Liderlik masalasi bo‘yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlarda bir nechta yondashuvlar shakllangan: xususiyatlar nazariyasi (trait theory), xulq-atvor yondashuvi (behavioral approach), vaziyatli yondashuv (contingency theory), xarizmatik liderlik, transformatsion liderlik, xizmat qiluvchi liderlik va boshqalar. Bu yondashuvlarning har biri liderning muvaffaqiyati qanday omillarga bog‘liqligini turlicha tushuntiradi. Bugungi kunda har bir sohada lider shaxslarga ehtiyoj katta. Sog‘liqni saqlash tizimida – bemorlar bilan hamdardlik asosida ishlaydigan bosh shifokor, ta’limda – o‘z o‘quvchilarini ilhomlantira oladigan direktor yoki o‘qituvchi, biznesda – o‘z jamoasini murakkab iqtisodiy sharoitlarda ham samarali boshqaradigan top-menejer, siyosatda esa – jamiyatning turli qatlamlarini birlashtira oladigan lider zarur. Bu esa liderlikni biror-bir soha bilan cheklab bo‘lmasligini, balki inson faoliyatining barcha sohalariga daxldor ko‘p qirrali psixologik hodisa ekanini anglatadi. Zamonaviy liderlarda yuqori emotsional intellekt darajasi ularning samarali boshqaruv faoliyatini ta’minlaydi. Liderlikning psixologik xususiyatlari jins, yosh va ijtimoiy tajribaga qarab farqlanishi mumkin. O‘zini anglash darajasi, kommunikativ kompetensiya va motivatsiya zamonaviy liderlarning samaradorligini belgilovchi asosiy omillar hisoblanadi. Ilk nazariy yondashuvlar — buyuk shaxslar nazariyasi (Great Man Theory) — liderlikning tug‘ma xususiyatga egaligini ilgari surgan. T. Karleyl va F. Galton kabi tadqiqotchilar liderlar ijtimoiy evolyutsiyaning mahsuli emas, balki tabiiy yetakchilar ekanligini ta’kidlaganlar. Biroq bu nazariya liderlikka ijtimoiy ta’sirlarni inobatga olmaganligi uchun keyinchalik tanqid ostiga olingan2. Keyinchalik rivojlangan xususiyatlar nazariyasi (Trait Theory) liderlarda uchraydigan umumiy psixologik va ijtimoiy sifatlarni aniqlashga urindi. R. Stogdill (1948, 1974) o‘z tadqiqotlarida liderlikni aniqlovchi sifatlar kontekstga bog‘liq holda o‘zgarishini ta’kidlaydi. Bu yondashuvlar liderlik faqat ichki salohiyat emas, balki tashqi omillar bilan ham bog‘liq ekanini ko‘rsatdi3. Yana bir chet ellik olimlar Mark Schafer va Joshua E Lambertning “Psychological Characteristics of Leaders (PsyCL): A New Data Set” maqolasida Liderlarning psixologik xususiyatlari (PsyCL) ma'lumotlar to'plamini taqdim etadi. Tashqi siyosat qarorlarini insonlar qabul qiladi va inson psixolo

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zamonaviy liderlarning psixologik xususiyatlari, ularning shakllanish jarayoni, yetakchilik fazilatlarini namoyon etish uslublari va shaxsiy-psixologik omillari nazariy jihatdan chuqur o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zamonaviy liderlarning psixologik xususiyatlari, ularning shakllanish jarayoni, yetakchilik fazilatlarini namoyon etish uslublari va shaxsiy-psixologik omillari nazariy jihatdan chuqur o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
liderlik salohiyati, tavakkalchilik, sardorlik, talabalar, psixologik tadqiqot., psixodiagnostika, psixologik xususiyat, Kalit so’zlar: Zamonaviy lider, shaxsiy fazilatlar, yetakchilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники