Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IQLIM O’ZGARISHI VA SUV RESURSLARI TANQISLIGI: MARKAZIY OSIYOGA TAHDID YAQINMI?
Nazirova Odina Abdurahmon qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada iqlim o’zgarishi va uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi suv resurslariga ta’siri xalqaro ilmiy faktlar va O’zbekiston statistikasi asosida yoritiladi. Sirdaryo, Amudaryo, Orol fojeasi, cho’llanish va suv tanqisligi xavfi hamda buning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari haqida tahliliy fikrlar bildiriladi. Yechim sifatida ekologik siyosat, xalqaro hamkorlik va aholining ekologik ongini oshirish zarurligi ta’kidlanadi. Kalit so’zlar: Iqlim o’zgarishi, suv tanqisligi, Sirdaryo, Amudaryo, Orol dengizi, cho’llanish, ekologik inqiroz, suv diplomatiyasi. Hozirgi davrda global iqlim inqilobi nafaqat muzliklar erishiga yoki harorat ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda, shu bilan birga, eng muhim resurs – toza ichimlik suvi tanqisligiga ham olib kelmoqda. Xalqaro energetika Agentligi (IEA) va BMT Iqlim bo’yicha hisobotlariga ko’ra, 2050-yilga borib dunyo aholisining yarmi suv tanqisligidan aziyat chekadi. Ayniqsa, qurg’oqchil hududlar jumladan – Markaziy Osiyo ham bunga misol bo’la oladi. Sirdaryo va Amudaryo havzasi mintaqaning asosiy suv manbai hisoblanadi. Biroq muzliklar erishi, yog’ingarchilik kamayishi, havo harorati oshishi va aholi soni ko’payishi bu daryolarning tabiiy oqimiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Harorat ko’tarilishi natijasida muzliklar qisqarib, suv hajmi kamaymoqda, bu esa O’zbekiston, Qozog’izton, Tojikiston kabi davlatlar uchun iqtisodiy va ekologik xavf tug’dirmoqda. O’zbekiston suv tanqisligiga eng yaqin turgan davlatlardan biri sanaladi. Iqlim o’zgarishi va noto’g’ri suv boshqaruvi sababli Orol dengizi qurib ketdi – bu Markaziy Osiyodagi eng jatta ekologik fojealardan biridir. 1960-yillarda dunyodagi to’rtinchi yirik ko’l bo’lgan Orol dengizi 90% ga qisqarib, yuz minglab odamlar sog’lig’iga, qishloq xo’jaligiga, iqlimga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bu nafaqat tabiat, balki insonlarning hayoti bilan bog’liq muammo. Cho’llanish kuchayib, yerlarning sho’rlanishi hosildorlikni keskin pasaytirmoqda. Harorat o’rtacha 1.5°C ga oshgan, bu esa vegetatsiya davrini qisqartirib, issiqlik to’lqinlari sonini ko’paytirmoqda. Qishloq xo’jaligida suv sarfi juda yuqori – 90% suv irrigatsiyasiga sarflanmoqda, lekin eskirgan tizimlar tufayli suvning 30 – 40% yo’qotiladi. Suv tanqisligi nafaqat ekologik, balki siyosiy va ijtimoiy xavf tug’diradi. Daryo resurslari qo’shni davlatlar o’rtasida bahsli masalaga aylangan. Ba’zi davlatlar yuqori oqimda joylashgan bo’lib, suvni to’plashga harakat qilsa, boshqalar esa suv oqimiga qaram. Bu holat mintaqada suv diplomatiyasini talab qiladi. Ayni paytda BMT va boshqa tashkilotlar vositachiligida mintaqaviy kelishuvlar yo’lga qo’yilgan bo’lsa-da, bu yetarli emas. Suv siyosatini samarali yuritish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va har bir davlat o’z ichki siyosatida suvni tejash, qayta ishlash, yomg’ir suvidan foydalanish va xo’jalikda tomchilatib sug’orishni yo’lga qo’yishi zarur. Raqamli texnologiyalar yordamida suv monitoringi, sug’orish usullarini joriy etish O’zbekistonda ham dolzarb mavzulardan bo’lib bormoqda. 5 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Xulosa qilib aytganda, suv resurslari tanqisligi Markaziy Osiyo mintaqasining kelajagi uchun jiddiy tahdiddir. Bu tahdidga faqat texnik vositalar bilan emas, balki ekologik tafakkur, siyosiy iroda va xalqaro birdamlik bilan javob berish mumkin. O’zbekiston hukumati “Yashil makon”, “Toza energiya” va “Ekosuv” kabi tashabbuslar orqali bu borada ijobiy qadamlar tashlamoqda. Biroq bu yetarli emas – har bir fuqaro, ayniqsa biz yoshlar suvga bo’lgan munosabatni o’zgartirishimiz, isrofgarchilikka barham berishimiz, ekologik ongimizni rivojlantirishimiz shart. Chunki iqlim o’zgarishi – bu ertangi kun emas, bu bugungu kunning haqiqatidir. Foydalanilgan manbalar: 1. BMT (IPCC) Iqlim bo’yicha 6-hisobot, 2023 2. O’zbekiston Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o’zgarishi vazirligi, 2024 3. UNDP – BMT taraqqiyot dasturi (United Nations Development Programme) 4. FAO – Central Asia water use and Agriculture, 2023 5. Jahon banki – “Water Society in Central Asia”-2022 5 1
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada iqlim o’zgarishi va uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi suv resurslariga ta’siri xalqaro ilmiy faktlar va O’zbekiston statistikasi asosida yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada iqlim o’zgarishi va uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi suv resurslariga ta’siri xalqaro ilmiy faktlar va O’zbekiston statistikasi asosida yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekologik inqiroz, Iqlim o’zgarishi, Sirdaryo, suv tanqisligi, Amudaryo, cho’llanish, Orol dengizi, suv diplomatiyasi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026