Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILI FANINI OʻQITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV
Sirojova Shohida Niyozovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article discusses modern pedagogical approaches to teaching English, their types and mechanisms for their practical application. In particular, the effectiveness of the communicative approach, CLIL (Content and Language Integrated Learning), task-based learning, and the use of digital technologies is analyzed. The role of the use of modern methods in improving students' language competence, developing independent thinking and communication skills is also considered on a scientific basis. The article also provides recommendations for the use of innovative methods in the educational process. Keywords: English language, modern approach, communicative method, CLIL, task- based learning, innovative technologies, quality of education, interactive teaching, language competence. Kirish. XXI asrda taʼlim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri – yosh avlodni zamonaviy bilimlar, kasbiy ko‘nikmalar va xorijiy tillarni chuqur egallagan holda tarbiyalashdir. Xususan, ingliz tili bugungi kunda nafaqat xalqaro aloqa vositasi, balki ilm-fan, texnologiya, diplomatiya va biznes dunyosida yetakchi til sifatida global ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, ingliz tilini samarali va sifatli o‘qitish bugungi pedagogik jarayonning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda ta’lim jarayonida innovatsion va interaktiv metodlarga bo‘lgan ehtiyoj kuchaymoqda. An’anaviy grammatik tarjima usuli o‘rniga o‘quvchilarning muloqotga kirishish, mustaqil fikrlash, real hayotiy vaziyatlarga mos harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi zamonaviy yondashuvlar keng joriy qilinmoqda. Jumladan, kommunikativ yondashuv, CLIL (Content and Language Integrated Learning), task-based learning (vazifaga asoslangan o‘qitish), blended learning (aralash ta’lim) kabi metodlar ingliz tilini o‘rganish jarayonini ancha samarali va qiziqarli qilmoqda. Zamonaviy yondashuvlarning asosiy afzalligi – o‘quvchi shaxsini taʼlim jarayonining markaziga qo‘yish, uning ehtiyojlari, qiziqishlari va shaxsiy rivojlanishini inobatga olgan holda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir. 4 6 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va raqamli resurslar orqali interaktiv darslar tashkil etish ham zamonaviy o‘qituvchidan yangicha yondashuv va doimiy o‘z ustida ishlashni talab etadi. Adabiyotlar tahlili va mushohada Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qitish metodikalarini yangilash, ularni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirish tamoyiliga asoslangan holda takomillashtirishni talab qilmoqda. Ingliz tilini o‘rgatishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar aynan shu talabni qondirishga xizmat qiladi. Ushbu bo‘limda turli manbalar asosida zamonaviy metodlarning ilmiy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va natijadorligi yoritiladi. Adabiyotlar tahlili Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilini kommunikativ yondashuv asosida o‘rgatish o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini samarali rivojlantiradi. Brown (2007) o‘zining “Teaching by Principles” asarida ta’kidlaydiki, kommunikativ yondashuv o‘quvchilarda tilga bo‘lgan real ehtiyojni shakllantirish orqali ularni faol suhbatdoshga aylantiradi. Richards va Rodgers (2014) esa “Approaches and Methods in Language Teaching” kitobida kommunikativ metod, task-based learning va CLIL kabi metodlarni taqqoslab, har biri o‘ziga xos ustunliklarga ega ekanini asoslab beradi. CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvi bo‘yicha Mehisto, Marsh va Frigols (2008) ingliz tilini boshqa fanlar mazmuni orqali o‘rgatish samarali ekanini va o‘quvchining analitik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etadi. Bu yondashuv ayniqsa umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tili bilan birga boshqa fanlarni ham integratsiyalashgan holda o‘rgatish imkonini beradi. AKT texnologiyalarining ingliz tilini o‘qitishdagi o‘rni ham dolzarb mavzulardan biridir. Ahmad, Corbett va Rogers (2013) raqamli vositalar yordamida til o‘rganish samaradorligini oshirish mumkinligini ta’kidlashadi. Onlayn platformalar, interaktiv ilovalar, virtual sinflar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Mushohada Zamonaviy yondashuvlar o‘zining interaktivligi, o‘quvchining faolligiga tayanishi va hayotiylik tamoyiliga asoslangani bilan ajralib turadi. An’anaviy yondashuvlarda o‘qituvchi markaziy rolni egallagan bo‘lsa, zamonaviy metodlarda o‘quvchi asosiy e’tiborda turadi. Bu esa til o‘rganish jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan va individual yondashuv asosida tashkil etishga xizmat qiladi. Masalan, task-based learning metodida o‘quvchilar tilni real topshiriqlar bajarish orqali egallaydilar. Bu metod amaliy hayotga yaqin bo‘lgan vazifalarni bajarish orqali grammatik va leksik bilimlarni chuqurlashtirishga yordam beradi. CLIL yondashuvi esa ingliz tilini boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘rganishni taklif etadi, bu esa fanni chuqurroq tus
Доказательный фрагмент
«This article discusses modern pedagogical approaches to teaching English, their types and mechanisms for their practical application.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses modern pedagogical approaches to teaching English, their types and mechanisms for their practical application. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- English language, modern approach, communicative method, CLIL, task-, Ingliz tili, interaktiv o‘qitish, zamonaviy yondashuv, kommunikativ metod, taʼlim sifati, task-based learning, innovatsion texnologiyalar, til kompetensiyasi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025