Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KARBENDAZIMNING SULFAT IONI BILAN SINTEZ QILINGAN [KBZ]2 SO4∙2H2O TARKIBLI KOMPLEKS BIRIKMANING MOLEKULYAR VA KRISTALL TUZILISHI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Boltayeva Zebo Azatovna · Boltayeva Umida Ruzimboyevna (O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti, kichik ilmiy xodimi) · Ibragimov Aziz Baxtiyorovich (O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti, kichik ilmiy xodimi)
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Karbendazim (KBZ) ning ZnSO ∙7H O bilan sirka kislotali muhitda o‘zaro 4 2 ta’sirlashuvi natijasida C H N O S tarkibli organik tuz ko‘rinishidagi yangi supramolekulyar 18 24 6 10 birikmasi sintez qilindi. Ushbu supramolekulyar birikmaning tarkibi, molekulyar tuzilishi va kristall tuzilishi rentgen difraksion (RD) tahlil yordamida o‘rganildi. Uning molekulyar massasi 516,42 bo‘lib, kristallari triklinik sistemani hosil qiladi. Fazoviy tuzilishi esa P-1 guruhiga mansub. RTT tahlilida olingan ma’lumotlar platon dasturi yordamida atomlar o‘rtasidagi bog‘ uzunliklari, burchak kattaliklari, burilish burchaklari hamda vodorod bog‘lari borligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar asosida kompleksning Hirshfeld sirt yuzasi tahlili o‘rganildi. Tayanch so‘zlar: karbendazim, sulfat kislota, sirka kislota, vodorod bog’, bog’ uzunligi, burilish burchagi, burchak kattaligi, Hirshfeld. Kirish. Bugungi kunda bakteriyalar, zamburug‘lar, viruslar va boshqa mikroorganizmlarning zararli ta’siri tirik organizmlarda turli kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Zararli mikroorganizmlarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan dori vositalarining, xususan fungitsidlarning haddan tashqari ko‘p ishlatilishi ularga nisbatan chidamlilikning ortishiga olib kelmoqda. Bu holat kimyogarlar va biologlar oldiga zararli mikroorganizmlarga qarshi samarali kurashadigan yangi dori vositalarini yaratish muammosini qo‘yadi. Ma’lumki, yangi dori vositasini ishlab chiqish uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Shu sababli, mavjud dori vositalarining samaradorligini oshirish va ular tarkibidagi ta’sir etuvchi modda miqdorini kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Odatda, hozirgi vaqtda ishlatilayotgan antibakterial birikmalarning suvda eruvchanligi juda past bo‘lib, dori preparatlari tarkibida bu birikmalarning konsentratsiyasi yuqori bo‘ladi. Binobarin, ularning eruvchan shakllarini, masalan, organik tuzlari va biologik faol metallar bilan kompleks birikmalarini sintez qilish muhim ahamiyatga ega. Ushbu yondashuv faol birikmaning samaradorligini saqlab qolgan holda uning miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili. Hozirgi kunda keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan benzimidazol va uning hosilalari zararli mikroorganizmlarga qarshi samarali vosita sifatida keng qo‘llanilmoqda. Benzimidazolning hosilalaridan biri bo‘lgan KBZ sabzavot, meva va ekinlarda uchraydigan turli kasalliklarning oldini olish hamda ularga qarshi kurashda fungitsid sifatida keng qo‘llaniladi [1,2]. Karbendazim parazitlarga, ayniqsa gelmintlarga [3,4], shuningdek, yo‘g‘on ichak va boshqa ko‘plab saraton hujayralariga [5,6] qarshi faollik namoyon etadi. Bundan tashqari, muayyan biofaol xususiyatlarga ega bo‘lgan KBZ metall komplekslari sintez qilingan va o‘rganilgan [7,8]. Shu bois, KBZ metallokomplekslarini sintez qilish va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu omillarni e’tiborga olgan holda sintez jarayoni sirka kislotasi ishtirokida pH qiymati 5 ga teng bo‘lgan muhitda rux sulfat tuzining KBZ bilan o‘zaro ta’siri orqali amalga oshirildi. Olingan monokristallar XRD usulida tekshirilganda, ular [KBZH] 2 SO ∙2H O tarkibli organik tuz hosil qilishi aniqlandi. 4 2 Tadqiqot metodologiyasi. Kimyoviy moddalar, asboblar va hisoblash. Barcha reagentlar tijorat manbalaridan olingan va tozalashlarsiz qo‘llanilgan. Kristallning strukturasini aniqlash Oksford difraksion Xcalibur-R CCD (CuKa,- nurlanish, l=1,54184 Å, ω - skanerlash rejimi, grafit monoxromatorida (293K da)) amalga oshirilgan [9]. Struktura SHYeLX-97 dasturiy paketi yordamida olindi [10]. Molekulyar chizmalar MERCURY dasturiy paketi tomonidan olingan [11]. 672 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” Tajribaviy qism. Ushbu tajribada ham KBZ ning suvda kam erishi inobatga olinib reaksiya kislotali muhitda olib borildi. Ligand KBZ 1 mmol olinib, ustiga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan solib tiniq eritmasi hosil qilindi. Eritmalar xona haroratida bug‘latish uchun qoldirildi. Taxminan 8-10 kundan so‘ng sulfatli eritmada liganddan biroz farq qiladigan och sarg‘ish rangli kubsimon shakldagi kristallar hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan kristallar orasidan rentgen tuzilish tahlili (RTT) da tekshirishga yaroqli o‘lchamlari mos ravishda 0.3-0.4 mm va 0.1-0.4 mm bo‘lgan kristallar tekshirilganda [KBZH] SO ∙2H O tarkibli organik tuz ekanligi aniqlandi. Kompleksning sintez 2 4 2 reaksiyasi sxemasi 1-rasmlarda keltirilgan. 1-rasm. [KBZH] SO ∙2H O organik tuzining sintez sxemasi 2 4 2 Biz tomondan KBZ ning sulfat anioni bilan yangi kompleks birikmas sintez qilindi. Bu kompleks birikma [KBZH] SO ∙2H O tarkibli bo‘lib, uning RTT da olingan ma’lumotlari asosida 2 4 2 molekulyar va kristall tuzilishlari o‘rganildi. Kristallning elementar yachaykasi parametrlari quyidagicha: singoniyasi monoklinik, fazoviy guruhi C2/c, a=19.7183(3) Å, b=6.8797(1) Å, c=18.3299(3) Å, α=90.0o, β= 115.774(2)o, γ=90.0o, V= 2239.19(7) Å3, Z=4. [
Доказательный фрагмент
«Karbendazim (KBZ) ning ZnSO ∙7H O bilan sirka kislotali muhitda o‘zaro 4 2 ta’sirlashuvi natijasida C H N O S tarkibli organik tuz ko‘rinishidagi yangi supramolekulyar 18 24 6 10 birikmasi sintez qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюKarbendazim (KBZ) ning ZnSO ∙7H O bilan sirka kislotali muhitda o‘zaro 4 2 ta’sirlashuvi natijasida C H N O S tarkibli organik tuz ko‘rinishidagi yangi supramolekulyar 18 24 6 10 birikmasi sintez qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sulfat kislota, vodorod bog’, karbendazim, burchak kattaligi, sirka kislota, Hirshfeld., burilish burchagi, bog’ uzunligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025