К содержанию
РецензированоUZ2026

LEVOFLOKSASIN ASOSIDA SINTEZ QILINGAN KOMPLEKS BIRIKMALARNING BIOLOGIK FAOLLIGINI in vitro USULIDA O‘RGANISH

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Bozorova M.I. · Ashurov Jamshid Mengnorovich · To‘rayev Xayit Xudoynazarovich

Журнал универсальных научных исследований · 2 · 2026

Аннотация

Mazkur ma’qolada Levofloksasin (LEV) bilan tasirlashishi natijasida sintez qilingan yangi metallokompleks birikmalarining Bacillus subtilis, Escherichia coli va Pseudomonas aeruginosa bakteriyalariga ta’siri o‘rganildi. Tajribalarda LEV, Me-komplekslarining mikroblarga qarshi faolligi “quduq (chuqurcha) diffuziya” usuli yordamida baholandi. Sinovlarda LEV, Me- komplekslarining, ma’lum bir konsentratsiyalarida qoʻllanildi. Kalit so‘zlar: Levofloksasin, Bacillus subtilis, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa bakteriyalari. Kirish. Hozirgi kunda iqlimning global miqyosda o‘zgarishi, atmosfera va atrof muhitning turli chiqindilar bilan ifloslanishi natijasida zararli mikro organizmlar hamda ularning faoliyati oqibatida kasallik turlari ko‘payib bormoqda. Bu holat antibiotiklarga bo‘lgan ehtiyojni oshirib kimyo, biologiya,farmatseftika tibbiyot sohasidagi olimlar oldiga yangi va samarali dori vositalarini yaratish, ularning konsentratsiya miqdorini kamaytirish hamda ta’sir doirasini oshirish vazifalarini yuklamoqda [1]. Tibbiyot amaliyotida dori vositasi sifatida foydalanilib kelayotgan biologik faol birikma hisoblangan keng spektrli ta’sirga ega ftorxinolonlar guruhiga kiruvchi dori vositalaridan levofloksasin (LEV) [2-3] eng samarali ftorxinolonlardan biri bo‘lib, u surunkali prostatit, teri va yumshoq to‘qimalar, o‘pka va peshob yo‘llari infeksiyalari kabi ko‘plab infeksiyalarni klinik davolashda qo‘llaniladi [4-5]. Adabiyotlardan ma’lumki ko‘p hollarda alohida dori vositasining metallokompleks birikmalari erkin ligandga nisbatan faol bo‘ladi[6]. Tadqiqotlardan ma’lum biofaol xususiyatga ega bo‘lgan, tarkibida piridin halqasi saqlagan LEV ning metallokomplekslari sintez qilingan va o‘rganilgan [7-8]. Shu sababli ham, LEV ning metallokomplekslarini sintez qilish hamda biofaolliklarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi. Kimyoviy moddalar, asboblar va hisoblash. Ushbu tadqiqot ishida levofloksatsin va uning asosida sintez qilingan metallokompleks birikmalarining antibakteriyallik xususiyatlari O‘zR FA Mikrobiologiya institutining mikroorganizmlar kolliksiyasidan Bacillus subtilis-5, Escherichia coli-221, Pseudomonas aeruginosa-225, Staphylococcus aureus-91, Candida albicans-247 shtamlari ustida laboratoriya sharoitida in vitro usulida o‘rganildi [9]. Tajribaviy qism. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamlilik hozirgi kunda global miqyosda jiddiy tibbiy muammo sifatida yuzaga kelmoqda. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga qarshi chidamliligi infektsiyalarni davolashni sezilarli darajada qiyinlashtiradi. Chidamli shtammlar sogʻliqni saqlash tizimiga ortiqcha yuk keltiradi, oʻlim xavfini oshiradi va jarrohlik hamda saratonni davolash kabi tibbiy muolajalar samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun, mikroblarga qarshi samarali terapiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, mavjud antibiotiklarni xelatlash jarayoni yordamida optimallashtirish zarur [10]. Levofloksasin va sintez qilingan 1-3 komplekslarning antibakterial xususiyati O‘zRFA Mikrobiologiya institutining “Mikroorganizmlar kolleksiyasi” laboratoriyasida sinab ko‘rildi. Tajribalar Bacillus subtilis, Escherichia coli va Pseudomonas aeruginosa shtammlari ustida in vitro sharoitidagi olib borildi. Tajribalarda LEV, Cu-kompleksi, Co-kompleksi va Ni-komplekslarining mikroblarga qarshi faolligi “quduq (chuqurcha) diffuziya” usuli yordamida baholandi. Sinovlarda LEV, Cu-kompleksi, Co-kompleksi va Ni-komplekslarining bir xil 35 µg/ml konsentratsiyada qoʻllanildi. Levofloksasin nazorat sifatida tanlandi. Mikroorganizmlar 28°C da 2 kun davomida inkubatsiya qilindi, keyin esa 668 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” sintetik birikmalar va antibiotiklarning inhibitorlik tasiri oʻsishni bostirish zonasini oʻlchash orqali baholandi. Natijalar besh marta takrorlanib, statistik tahlil P=0.05 darajasi bilan oʻtkazildi. Tadqiqotda Bacillus subtilis, Escherichia coli va Pseudomonas aeruginosa standart shtammlari Toshkentdagi Mikrobiologiya instituti kollektsiyasidan olingan. Sintez qilingan Cu-kompleksining antibakterial faollik testlari shuni koʻrsatdiki, kompleksning LEV ga nisbatan biologik tasiri sezilarli darajada kuchaygan (1-jadval, 1-rasm). Olingan malumotlarga koʻra, kompleksning gramm manfiy Escherichia coli bakteriyasiga nisbatan faolligi levofloksasinning faolligiga nisbatan 45% ga yuqori. 1-jadval Levofloksasin (LEV) va uning asosida sintez qilingan kompleks birikmalarning mikroorganizmlarga qarshi faolligi (3-5 kun) №N amuna Antogonistik faollik d (o‘sishni ingibirlash zonasi), mm Escherichia coli Bacillus Pseudomonas subtilis aeruginosa 0 LEV (kontrol) 20± 0,43 18 ± 0,41 16 ± 0,35 001 0 CuSO ∙5H O 16± 0,35 15 ± 0,65 15 ± 0,84 4 2 002 0 [LEVH ] [Cu Cl (H O) ]Cl 29± 0,62 27 ± 0,26 26 ± 0,75 3 2 3 9 2 2 003 0 LEV (kontrol) 20± 0,43 18 ± 0,41 16 ± 0,35 001 0 CoCl ∙2H O 08± 0,25 07 ± 0,25 07 ± 0,15 2 2 004 0 [LEVH ] ∙[CoCl ]∙2H O 27± 0,41 24 ± 0,15 23 ± 0,65 2

Доказательный фрагмент

«Mazkur ma’qolada Levofloksasin (LEV) bilan tasirlashishi natijasida sintez qilingan yangi metallokompleks birikmalarining Bacillus subtilis, Escherichia coli va Pseudomonas aeruginosa bakteriyalariga ta’siri o‘rganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ma’qolada Levofloksasin (LEV) bilan tasirlashishi natijasida sintez qilingan yangi metallokompleks birikmalarining Bacillus subtilis, Escherichia coli va Pseudomonas aeruginosa bakteriyalariga ta’siri o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bacillus subtilis, Levofloksasin, Pseudomonas aeruginosa bakteriyalari., Escherichia coli
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники