К содержанию
РецензированоUZ2026

KARBENDAZIMNING Zn(II) IONI BILAN YANGI KOMPLEKS BIRIKMASI SINTEZI VA KRISTALL TUZILISHI.

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · VA KRISTALL TUZILISHI. · Boltayeva Zebo Azatovna · Ibragimov Aziz Baxtiyorovich (O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti kichik ilmiy xodimi)

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Karbendazim (CBZ)ning ZnSO ∙7H O bilan sirka kislota muhitidagi oʻzaro 4 2 ta’siridan C H Zn N O tarkibli yangi metallokompleks birikmasi sintez qilindi. Ushbu 26 30 2 6 12 metallokompleks birikmaning tarkibi, molekulyar va kristall tuzilishlari rentgen tuzilish tahlili (RTT) yordamida tadqiq qilindi. Uning molekulyar massasi 748.42 boʻlib, kristallari triklinik singoniya hosil qilgan. Fazoviy shakli esa P-1 guruhga mansub. RTT tahlilida olingan ma’lumotlar platon dasturi yordamida atomlar o‘rtasidagi bog‘ uzunliklari, burchak kattaliklari, burilish burchaklari hamda vodorod bog‘lari borligi aniqlandi. Tayanch so‘zlar: karbendazim, rux sulfat, sirka kislota, vodorod bog‘, bog‘ uzunligi, burilish burchagi, burchak kattaligi, Hirshfeld. Kirish. Hozirgi kunda bakteriya, zamburug‘, virus va boshqa mikroorganizmlarning zararli ta’siri tirik organizmlarda turli kasalliklarning rivojlanishiga olib kelmoqda. Bu zararli mikroorganizmlarga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan dori vositalarining, masalan fungitsidlarning meyoridan ortiqcha qo‘llanilishi ularga bo‘lgan moslashuvchanlikning ortishiga olib keladi. Bu holatlar kimyogarlar, biologlar zimmasiga zararli mikroorganizmlarga qarshi samarali ta’sir ko‘rsata oladigan yangi dori vositalarini yaratish vazifasini qo‘yadi. Ma’lumki yangi dori vositasini yaratish juda ko‘p vaqtni talab qiladi. Shu sababli mavjud dori vositalaridagi ta’sir etuvchi moddaning miqdorini kamaytirib, ta’sir samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Odatda, mavjud dori vositasi sifatida qo‘llanilayotgan antibakterial birikmaning suvdagi eruvchanligi juda kam bo‘lganligi sababli, dori vositasi tarkibida uning miqdori ko‘p bo‘ladi. Shu sababli ham ularning eruvchan birikmalarini: organik tuzlarini, biologik faol bo‘lgan metallar bilan kompleks birikmalarni sintez qilish muhim ahamiyatga ega. Bu ta’sir etuvchi birikmaning faolligini saqlab qolgan holda uning miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Bugungi kunda keng spektrli ta’sir doirasiga ega bo‘lgan benzimidazol va uning hosilalari zararli mikroorganizmlarga qarshi keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Benzimidazol hosilalaridan biri CBZ sabzavot, meva va ekinlarga ta’sir qiluvchi turli kasalliklarning oldini olish va nazorat qilishda fungitsid sifatida keng qo‘llaniladi [1,2]. Karbendazim parazitlarga ya’ni gelmintlarga [3,4] hamda yo‘g‘on ichak va boshqa ko‘plab saraton hujayralariga qarshi faollik ko‘rsatadi [5,6]. Shu bilan birga, ma’lum biofaol xususiyatlarga ega bo‘lgan CBZ ning metall komplekslari sintez qilingan va o‘rganilgan [7,8]. Bundan kelib chiqadiki, CBZ ning metallokomplekslarini sintez qilish hamda fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu holatlar inobatga olinib, sintez jarayoni rux sulfat tuzining CBZ bilan ta’sirlashishi sirka kislota ishtirokida, pH qiymati 5 ga teng bo‘lgan muhitda olib borildi. Natijada hosil bo‘lgan monokristallar RTT usulida tekshirilganda [Zn (CBZ) (as) ] tarkibli klaster tuzilishga 2 2 4 ega bo‘lgan yangi neytral kompleks ekanligi aniqlandi. Tadqiqot metodologiyasi. Kimyoviy moddalar, asboblar va hisoblash. Barcha reagentlar tijorat manbalaridan olingan va tozalashlarsiz qo‘llanilgan. Kristallning strukturasini aniqlash Oksford difraksion Xcalibur-R CCD (CuKa,- nurlanish, l=1,54184 Å, ω - skanerlash rejimi, grafit monoxromatorida (293K da)) amalga oshirilgan [9]. Struktura SHYeLX-97 dasturiy paketi yordamida olindi [10]. Molekulyar chizmalar MERCURY dasturiy paketi tomonidan olingan [11]. 659 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” Tajribaviy qism. CBZ asosida yangi ikki yadroli Zn li kompleks birikmasi sintezi uchun karbendazimdan (0.2mmol; 0.382 gr) olib, uni sirka kislota va suv (10 ml suv+2.5 ml muz sirka kislota) ishtirokida pH= 5 ga teng boʻlgan muhitda eritildi. ZnSO ∙7H O (0.2mmol; 0.574 gr) 4 2 distillangan suvda eritib olindi. Bu ikki tiniq eritma oʻzaro qoʻshib mexanik aralashtirgichda 40-45°C da 25 min aralashtirilib tiniq eritma olindi. Hosil boʻlgan eritma xona haroratida ogʻzi toʻliq yopiq boʻlmagan holatda bugʻlatish uchun qoldirildi. Taxminan 11-13 kundan soʻng och jigarrangli kristallar hosil boʻldi. Kristallar eritmadan filtrlab olindi, etil spirtda yuvib tozalangach, rentgen tuzilish tahlili (RTT) da tekshirishga yaroqli 0.1-0.5 mm li kristall tanlab olinib tekshirilganda [Zn (CBZ) (as) ] (bu yerda “as” - sirka kislota anioni) tarkibga ega ikki yadroli klaster tipidagi 2 2 4 kompleks birikma ekanligi aniqlandi. Reaksiya unumi 65%, C H Zn N O (748.42) ning C, H, N 26 30 2 6 12 elementlarining tahlili nazariy jihatdan: C 41.69%, H 4.01%, N 11.22% ni ko‘rsatadi. Element tahlilida ma’lum bo‘ldiki: C 41.46%, H 3.95%, N 11.11%. Kompleksning sintez reaksiyasi sxemasi 1-rasmda keltirilgan. 1-rasm. [Zn (CBZ) (as) ] kompleksining sintez sxemasi 2 2 4 Olingan natijalar tahlili. Sintez qilingan metallokompleks birikmaning molekulyar va kristall tuzilishi RTT yordamida an

Доказательный фрагмент

«Karbendazim (CBZ)ning ZnSO ∙7H O bilan sirka kislota muhitidagi oʻzaro 4 2 ta’siridan C H Zn N O tarkibli yangi metallokompleks birikmasi sintez qilindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Karbendazim (CBZ)ning ZnSO ∙7H O bilan sirka kislota muhitidagi oʻzaro 4 2 ta’siridan C H Zn N O tarkibli yangi metallokompleks birikmasi sintez qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
karbendazim, burchak kattaligi, sirka kislota, Hirshfeld., bog‘ uzunligi, rux sulfat, burilish burchagi, vodorod bog‘
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники