Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TERMIZ SHAXRI TARIXI
TERMIZ SHAXRI TARIXI · Akabirova Umida
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article studies the historical development of the city of Termez from ancient times to the present day. The article analyzes historical stages, starting from the Achaemenid era, the campaigns of Alexander the Great, the Kushan Empire, the Islamic Renaissance, the influence of the Timurids and the Soviet Union. It also provides information about archaeological monuments such as Kampirtepa, Fayoztepa, Kirq-kiz Castle, and the scientific heritage of Termezian scientists. Keywords: Termez, Kampirtepa, Fayoztepa, Kirq-kiz Castle, Kushan, Hakim Termezian, archeology, historical city, Islamic culture, history of Central Asia. Kirish. Termiz shahri — Surxondaryo viloyatining markazi bo‘lib, O‘zbekistonning janubida, Amudaryo bo‘yida joylashgan. Qadimiy Baktiriya hududida joylashgan bu shahar Markaziy Osiyodagi eng qadimiy shaharlar qatoriga kiradi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Termiz 2500 yillik tarixga ega bo‘lib, turli davrlarda siyosiy, madaniy va dini markaz bo‘lib xizmat qilgan. Termiz”ning ma’nosi turlicha izohlanadi: yunoncha “Thermos” (issiq) yoki sanskrit “tarmato” (daryo bo‘yidagi joy) degan ma`noni bildiradi. Shaharning asosiy qadami eramizdan avvalgi III–II asrlarga to‘g‘ri keladi — Old Termiz ko‘hna kal’asi mustahkam topilgan. Antiq davrda Termiz Amudaryo bo‘yi orqali savdo yo‘llari uzra joylashgan — Kampirtepa (Alexandria on the Oxus) shu davrdan boshlab qad rostlagan. Kushon imperiyasida buddaviy markazga aylanib, Fayoztepa, Karatepa monastirlari arxitekturaviy ahamiyat kasb etdi. 1980-yilda O‘zbekiston FA Arxeologiya institutida Termizni ilmiy o‘rganish uchun maxsus 1 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ekspeditsiya tashkil etilgan. Ushbu ekspeditsiyada professor B.P. Denike, akademik A.P. Okladnikov kabi mutaxassislar ishtirok etgan. Hozirgi kunda ispan, ozarbayjon va vatandosh olimlar bilan hamkorlikda “Bactria” bo‘yicha keng ko‘lamli ekspeditsiyalar olib borilmoqda. O‘rta asrlarda Surxondaryo vodiysi, xususan Termiz, Mashriq va Hind yo‘lagi orqali, shuningdek XX–yy hamda Amudaryo orqali katta savdo yo‘li bo‘lib xizmat qilgan. Kushonlar davrida Termiz savdo va hunarmandchilik markazi sifatida nom qozongan 1. Qadimgi davrlar: Baktiriya va Ahamoniylar. Termiz tarixining ildizlari miloddan avvalgi VI–V asrlarga borib taqaladi. Ahamoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lgan bu hudud Baktiriya deb nomlangan. Baktiriya o‘z davrining yirik madaniy va iqtisodiy markazi bo‘lgan. Miloddan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiy bu hududni bosib olib, o‘z yurishlarida muhim strategik nuqtaga aylantirgan. Tarixchilar Kampirtepa yodgorligini aynan Aleksandr davrida barpo etilgan “Alexandria on the Oxus” shaharchasi bilan bog‘lashadi. 2. Kushonlar davrida taraqqiyot. Milodiy I–III asrlarda Termiz Kushon imperiyasining muhim diniy va savdo markaziga aylangan. Aynan shu davrga oid Fayoztepa va Karatepa monastirlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar Termizda buddizm keng tarqalganini ko‘rsatadi. Ushbu obidalar Markaziy Osiyodagi eng qadimgi buddaviy yodgorliklar sirasiga kiradi. Bu yodgorliklardan topilgan haykaltaroshlik va devoriy suratlar o‘sha davr madaniyatining yuqori darajasini aks ettiradi. 1-rasm. Qirq-qiz qal`asi 3. Islom davrida ilm-fan markazi. VII asrda arablar istilosidan so‘ng Termiz islomiy dunyoning muhim markaziga aylandi. Ayniqsa, IX–XII asrlarda bu yerda ko‘plab olimlar, mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ular orasida eng mashhuri — al-Hakim at-Termiziy bo‘lib, u tasavvuf ilmining yirik vakili sifatida tanilgan. Uning maqbarasi hozirgi kunda Termizda joylashgan bo‘lib, ko‘plab ziyoratchilar tashrif buyuradi. Shuningdek, Qirq-qiz qal’asi ham aynan shu davrda qurilgan bo‘lib, u ilmiy va diniy markaz sifatida xizmat qilgan. 4. Temuriylar va Shayboniylar davri. XIV asrda Amir Temur tomonidan Termiz qayta tiklandi. U bu hududni o‘z saltanati tarkibiga qo‘shib, harbiy va iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlantirdi. Termiz Temuriylar davrida yana bir bor yuksalish davrini boshidan kechirdi. 1 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shuningdek, Shayboniylar va keyinchalik Buxoro xonligi davrida ham Termiz o‘z mavqeini saqlab qolgan. XVIII–XIX asrlarda turli bosqinlar natijasida shahar qisman vayron bo‘ldi. 5. Sovet davri va zamonaviy Termiz. XIX asr oxirida bu hudud Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi. Sovet davrida Termiz iqtisodiy va strategik jihatdan muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Ayniqsa, 1979–1989 yillardagi Sovet–Afg‘on urushi paytida Termiz logistika markazi sifatida rivojlandi. Bugungi kunda Termiz — zamonaviy infrastrukturaga ega, ilmiy, madaniy va iqtisodiy markaz sifatida rivojlanmoqda. Termiz Davlat universiteti, Arxeologiya muzeyi kabi muassasalar bu shaharni o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynaydi. Termiz shaxri haqida gap ketganda albatta u yerda joylashgan arxeologiya muzeyi haqida qisqach
Доказательный фрагмент
«This article studies the historical development of the city of Termez from ancient times to the present day.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article studies the historical development of the city of Termez from ancient times to the present day. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Termez, Kampirtepa, Fayoztepa, Kirq-kiz Castle, Kushan, Hakim Termezian, O‘rta Osiyo tarixi., arxeologiya, tarixiy shahar, Kushon, islom madaniyati, Hakim Termiziy, Termiz, Qirq-qiz qal’asi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025