К содержанию
РецензированоUZ2026

P-FENILENDIAMIN VA KROTON ALDEGIDI ASOSIDA IKPK-1 MARKALI KORROZIYA INGIBITORINI SINTEZ QILISH.

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Yuldashova Sarvinoz G‘ayrat qizi · Xoliyorova O‘g‘iloy Jumanazar qizi · Misirov Zafar Xolmuminovich · Eshqorayev Samariddin Sadiriddin o‘g‘li

Журнал универсальных научных исследований · 22 · 1072–1078 · 2026

Аннотация

Ushbu ilmiy ishda p-fenilendiamin va kroton aldegidning kondensatsiya reaksiyasi asosida yangi IKPK-1 markali korroziya ingibitori sintez qilindi. Olingan birikma tarkibi va tuzilishi fizik-kimyoviy hamda instrumental usullar yordamida aniqlandi. Sintez qilingan IKPK-1 ingibitorining sovitish tizimlaridagi karbonatli suv muhitida po‘latga nisbatan korroziyaga qarshi samaradorligi tadqiq qilindi. Tajriba natijalari IKPK-1 ingibitori metall sirtida himoya qatlami hosil qilib, uni agressiv muhitdan samarali himoya qilishini ko‘rsatdi. Ushbu ishlanma mahalliy xomashyo asosida ekologik xavfsiz va samarali korroziya himoya vositasini yaratish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: IQ-spektri, Bekman termometri, IKPK-1 markali oligomer korroziya ingibitori. Ushbu reaksiyaning eng muhim parametrlaridan biri bu harorat bo‘lib, bunda harorat 5 va 10 0C harorat oralig‘ida olib boriladi. Dastlab kroton aldegidi bir necha daqiqa sovutilib turiladi va so‘ngra sekin astalik bilan p-fenilendiamin qo‘shiladi bunda aralashma uncha yuqori bo‘lmagan tezlikda magnitli meshalka bilan aralashtirib turildi. Olib borgan izlanishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, bu reaksiyada optimal mol nisbat 1:2 bo’lib, unum bir muncha yuqori va hosil bo‘lgan mahsulot tozaligi 89,45 %gacha bo‘ladi[1; 23-28 b.]. Bu reaksiyaning umumiy kimyoviy tenglamasi quyidagicha bo‘ladi: Ushbu reaksiyaning unumi asosan boshlang‘ich moddalarning mol nisbati va reaksion muhitning haroratiga bog‘liq hisoblanadi(2.6-jadval). 1-jadval IKPK-1 korroziya ingibitorini sintez unumining boshlang‘ich moddalarning mol nisbati va haroratga bog‘liqligi Krotonaldegid+ Harorat 0C Unum Harorat 0C Unum % p-fenilendiamin % nisbati 1:1 5÷10 65.67 15≤t 45.35 651 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” 1:2 92.45 82.36 2:1 78.15 61.26 1:3 55.62 32.56 3:1 69.43 42.25 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, harorat 0÷10 0C oralig‘ida va dastlabki moddalarning mol nisbati 1:2 bo‘lganda eng yuqori unumni tashkil etgan. Haroratning 10 0C ga ortishi bilan mahsulot unumi ham sezilarli darajada pasaygan. Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, bu yerda haroratdan keyingi muhim faktorlardan biri bu albatta dastlabki moddalarning mol nisbatidir. Kroton aldegidi va p-fenilendiamin asosida olingan IKPK-1 markali korroziya ingibitorining IQ-spektroskopik tahlili 1-rasm. P-fenilendiaminning IQ spektri IQ-spektr tahlilida 3197, 3304, 3371, 3385, 3410 sm-1 sohalarda ikkita amin guruhining N- H bog‘lari simmetrik va assimetrik valent tebranishlari kuzatiladi. 794 sm-1 sohada esa amin guruhining deformatsion tebranishlari kuzatiladi. Bundan tashqari 1627 sm-1 sohada C-N-H bog‘ining deformatsion tebranishi hamda aromatik halqadagi C-H bog‘larining valent tebranishlarini 3008 sm-1 soha oralig‘ida kuzatishimiz mumkin. C-H bog‘larning halqa tekisligi bo‘yicha deformatsion tebranishlari 1128, 1064 sm-1 sohada, tekislikdan tashqari tebranishlari 694sm-1 sohada kuzatiladi. Aromatik halqadagi C-C bog‘larining 1456, 1510 sm-1 sohalarda valent tebranishlarini, para holatdagi taqsimlanish evaziga 1667-2000 sm-1 sohada tegishli ikkita cho‘qqiga va 821 sm-1 sohadagi halqaning deformatsion tebranishlari kuzatiladi. Valent tebranishlari 1340s m-1 sohada, deformatsion tebranishlari 1259sm-1 sohalarda kuzatiladi. 652 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” 2-rasm. IKPK-1 markali korroziya ingibitorining IQ-spektri IKPK-1 markali korroziya ingibitorining IQ-spektri tahlilida 3369,64 sm-1 sohalarda O-H guruhining valent tebranishi, 2970,38-2870,08 sm-1 sohalarda CH ning valent tebranish, 1645,28- 2 1608,63 sm-1 sohalarda C-C bog‘ining valent tebranish, 1247,94-1143,79 sm-1 assimetrik tebranish sohalarini C-N, 1608,3 sm-1 N-H deformatsion tebranishni ko‘rsatdi. Aromatik halqadagi C-H bog‘larining valent tebranishlarini 3008 sm-1 soha oralig‘ida kuzatishimiz mumkin. C-H bog‘larning halqa tekisligi bo‘yicha deformatsion tebranishlari 1128 sm-1 va 1064sm-1 sohada, tekislikdan tashqari tebranishlari 694 sm-1 sohada kuzatiladi. Olingan mahsulotning tarkibi va tuzilishi IQ-spektrometr (IK-Fure, SHIMADZU, Yaponiya) texnologiyasi yordamida 4000 sm-1 teskari sohagacha bo‘lgan oraliqda o‘rganildi. Aromatik halqadagi C-C bog‘larining 1456 sm-1 va 1510 sm-1 sohalarda valent tebranishlarini, para holatdagi taqsimlanish evaziga 1667-2000 sm-1 sohada tegishli 2 ta cho‘qqiga va 821 sm-1 sohadagi halqaning deformatsion tebranishlari kuzatiladi. Valent tebranishlari 1340 sm-1 sohada, deformatsion tebranishlari 1259 sm-1 sohalarda kuzatiladi. 2358-2341 sm-1 sohalar oralig‘ida qandaydir uchbog‘ tebranishi kuzatilgan. Bu esa sintez qilingan modda tarkibida qo‘shimchalar hosil bo‘lishi yoki boshlang‘ich modda tarkibidan qoldig‘i qolib ketishi bo‘lsa kerak deb tahmin qilindi[2; 231-233 b]. Sintez qilingan IKPK-1 markali oligomer korroziya ingibitorining molekulyar massasini aniqlash. Bekman termometri yordamida krioskopik o‘lchashlarni boshqa termometrlar

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy ishda p-fenilendiamin va kroton aldegidning kondensatsiya reaksiyasi asosida yangi IKPK-1 markali korroziya ingibitori sintez qilindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy ishda p-fenilendiamin va kroton aldegidning kondensatsiya reaksiyasi asosida yangi IKPK-1 markali korroziya ingibitori sintez qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
IQ-spektri, Bekman termometri, IKPK-1 markali oligomer korroziya ingibitori.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники