К содержанию
РецензированоRU2025

O‘QUVCHILARDA TALAFFUZI QIYIN TOVUSHLAR USTIDA ISHLASH ORQALI NUTQIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH (5-SINF ONA TILI DARSLARI MISOLIDA)

NUTQIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH · Eshmurodova Dilfuza Norboboyevna · G‘ofir Hamroyev

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В этой статье рассказывается о том, как развивать речевые навыки, работая с учениками, имеющими трудности с произношением. В ней дается информация об эффективности и полезности этого метода. Он формирует знания и умения у учеников. Kalit so'z: Tovush, fonetika, grafika, harf, undosh, unli. Ключевое слово: Звук, фонетика, графика, буква, согласная, гласная. Keyword: Sound, phonetics, graphics, letter, consonant, vowel. Til o‘rganish jarayoni nafaqat grammatik qoidalarning o‘zlashtirilishi, balki to‘g‘ri talaffuz, nutq ohangi va ifodali so‘zlash kabi ko‘nikmalarni ham talab qiladi. Ayniqsa, 5-sinf kabi o‘rta bosqichda o‘quvchilarning og‘zaki nutqi shakllanish bosqichida bo‘ladi. Shu bois talaffuzi qiyin tovushlar ustida izchil ishlash ularning nutq ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Talaffuzi qiyin tovushlar: aniqlash va sabablari. Talaffuzi qiyin tovushlar deganda o‘quvchilar tomonidan xato aytiladigan yoki farqlanmaydigan tovushlar tushuniladi. Ular quyidagi guruhlarga ajraladi: Shovqinli va jarangsiz undoshlar: masalan, “g” bilan “q”, “k” bilan “x”, “z” bilan “s”. Burun undoshlari: “n” va “m” tovushlarining chalkashishi. O‘xshash tovushlar almashinuvi: “sh” va “ch”, “r” va “l”, “oʻ” va “u”, “a” va “e” kabilar. Bu xatoliklar quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: Nutq apparati rivojining sustligi; Ijtimoiy muhit va noto‘g‘ri nutq namunalarining ta’siri; Dialektal ta’sirlar; O‘qituvchining fonetik ishlarga yetarli e’tibor bermasligi. 5-sinf ona tili darslari misolida amaliy yondashuv quyidagicha amalga oshirish mumkin: 1. Fonetika bo‘limiga oid topshiriqlar tahlil qilinadi; 2. Unli va undosh tovushlar talaffuzi ustida ishlanadi; 3. Darslikda berilgan topshiriqlar tahlil qilinadi; 1 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 4. To‘g‘ri talaffuzning samarali usullarini ishlab chiqish mumkin. 5-sinf yangi ona tili darsliklarida fonetikani o‘qitishda bugungi o‘quvchilarning tasavvuri, dunyoqarashi, kreativ fikrlashi va mulohaza qilishini inobatga olgan holda rasm va infografikalardan foydalanilgan. Fonetikani o‘qitishda darsliklarning o‘zi kamlik qiladi, shuning uchun qo‘shimcha topshiriqlar, loyiha ishlari va mashqlar o‘qituvchi tomonidan uyga vazifa sifatida berilishi kerak. Bundan tashqari 5-sinf ona tili darsligida undosh tovushlar talaffuzi va imlosi bo‘yicha topshiriqlar o‘quvchilarda nutqiy ko‘nikmlarni yaxshilashga xizmat qiladi. Ona tili darslarida quyidagi usullardan foydalanish o‘quvchilarda to‘g‘ri talaffuzni shakllantirishda ijobiy samara beradi: Tovushli diktantlar va tinglab yozish mashqlari – O‘qituvchi maxsus so‘zlar to‘plamini aytadi, o‘quvchilar eshitib yozadi. Bu nafaqat eshitish, balki tovushlarning farqlanishini o‘rganishga xizmat qiladi. Artikulyatsion mashqlar – Ayrim tovushlar uchun maxsus mashqlar: til holatini o‘zgartirish, lab harakatlari, havoni to‘g‘ri chiqarish kabi. She’riy misollar orqali talaffuzni mashq qilish – Ayniqsa, “ch”, “sh”, “r”, “l” kabi tovushlar qatnashgan she’rlar yordamida takrorlash. To‘g‘ri talaffuz musobaqalari – “To‘g‘ri ayt – topib ayt”, “Xato top” kabi o‘yinlar orqali qiziqarli mashg‘ulotlar. Audio darslar va nutq yozuvlarini eshittirish – O‘quvchilar taniqli diktorlar, aktyorlar, o‘qituvchilar nutqini eshitib, taqlid qiladi. Bu usullarni tizimli qo‘llash orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin: O‘quvchilarning og‘zaki nutqi aniq va ifodali bo‘ladi; Talaffuzdagi xatoliklar kamayadi; 1 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘quvchilar mustaqil o‘qishda matnni to‘g‘ri talaffuz bilan o‘qiydi; O‘z fikrini og‘zaki bayon qilishga bo‘lgan ishonchi oshadi. 5-sinf ona tili darslarida talaffuzi qiyin tovushlar ustida muntazam ishlash o‘quvchilarning nutqiy rivojida asosiy omillardan biridir. Bu jarayon nafaqat fonetik ko‘nikmalarni mustahkamlashga, balki ularning umumiy muloqot madaniyati, ijtimoiy faolligi va o‘z fikrini aniq bayon qilish salohiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois har bir ona tili o‘qituvchisi talaffuz ustida ishlashga alohida e’tibor qaratishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mahmudov N., Nurmonov А., Sobirov А., Qodirov V., Jo`raboyeva Z. Ona tili. Umumta`lim maktablаrining 5-sinfi uchun darslik. – Т.: Ma`naviyat, 2007. 2. Yo`ldosheva D.N. Ona tili ta’limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti. – Toshkent: O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2013. 3. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar – taraqqiyot omili. – T.: O`zbekiston. 1995. 4. Ne`matov H., G`ulomov A., Abduraimova M., Qosimova N. Ona tili. Umumta`lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik.– Т.: O`qituvchi, 2000. 5. Internet saytlari 1 6

Доказательный фрагмент

«В этой статье рассказывается о том, как развивать речевые навыки, работая с учениками, имеющими трудности с произношением.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье рассказывается о том, как развивать речевые навыки, работая с учениками, имеющими трудности с произношением. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fonetika, harf, unli., undosh, grafika, Tovush
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники