Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIYDIK TUTOLMASLIK KASALLIGI: SABABLARI, BELGILARI VA DAVOLASH YO‘LLARI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
В данной статье представлена подробная информация о причинах и последствиях энуреза (недержания мочи), его типах, диагностике и методах лечения. Энурез чаще всего встречается у детей, но иногда наблюдается и у взрослых. В статье рассмотрены генетические, физиологические и психологические причины энуреза, а также даны практические рекомендации по его профилактике и лечению. Ключевые слова: Причины, виды, методы лечения, медикаментозная терапия, физиотерапия и правила недержания мочи (энурез). Kirish. Enurez — odamlarda peshob yoxud siydik tuta olmaslik bilan xarakterlanadigan kasallik. Ko’pgina hollarda enurezdan aziyat chekuvchilar bolalar sanaladi (barcha tashuvchilarning 94,5 foizi), o’spirinlar hissasiga 4,5%, kattalar hissasiga esa 1% to’g’ri keladi. Siydikni tuta olmaslik asosan uyqu paytida namoyon bo’ladi (75% tashuvchilarda), uyqudan tashqarida bu holat keng tarqalmagan. Ushbu kasallik yuzaga kelishining bitta yagona sababi mavjud emas. Kasallik Ibn Sinoning “Kitob al-qonun fit-tib” kitobida ham qayd qilib o’tilgan. Unda kasallik ko’pincha chuqur uyqu paytida sodir bo’lishi keltiriladi. DSM-5 ma’lumotlariga ko’ra, enurezning tarqalganligi 5 yoshli bolalar orasida 5-10% ni, 10 yoshli bolalarda 3% - 5% ni, 15 yoshdan oshganlarda esa 1% ni tashkil qiladi. Sabablari. Bu maqolamizda enurez genezida vegetativ buzilishlarga muhim ahamiyat beramiz. A. M. Veynning ta’kidlashicha, enurez vegetativ parasomniyaga oid deb hisoblanadi. Enurez paydo bo’lishida nevroz ham ma’lum bir rol o’ynaydi. Psixotravmatik vaziyat bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’ining normal faoliyat ko’rsatishida buzilishlarga olib keladi. Ko’pincha bu disfunktsiya yaqqol namoyon bo’lmaydi va shuning uchun bunday bemorlarda «quruq» va «ho’l» kechalar navbatlanib turishi xosdir. Ayollarda enurez chanoq tubi mushaklarining zaiflashuvi oqibatida yuzaga kelishi mumkin, bunga quyidagi omillar sabab bo’ladi: ➢ Oraliq muddati qisqa bo’lgan tug’ruqlar; ➢ Tez-tez og’irliklar ko’tarish; ➢ Mushaklarning haddan ziyod zo’riqishi; ➢ Kichik chanoq a’zolarida operatsiyalar o’tkazilganligi. 614 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” Kasallikning eng keng tarqalgan turi birlamchi enurez hisoblanib, bunda nisbatan katta yoshli bolalar ham peshob tuta olmaslikdan aziyat chekishi mumkin. Bola odatda 4-5 yoshida «yetarlicha katta» deb hisoblanadi, bu holda siyg’oqlik, urologik, nevrologik va boshqa anomaliyalar bo’lmaganida, enurez deya qaraladi. Ba’zi manbalarda bu davr 6-7 yoshlik deb ko’rsatib o’tilgan. Agar siyg’oqlik bir muddat «quruqlik» (kamida olti «quruq» oy) dan keyin yuzaga kelsa, ikkilamchi enurez tashxisi qo’yiladi. Tashxislash. Tashxis qo’yishda poliuriya yoki shoshilinch peshob chiqarishga olib keladigan neyrogen siydik pufagi yoki boshqa kasalliklarni istisno qilish kerak (masalan, siydik yo’llari o’tkir infektsiyasi, davolanmagan qandli diabet yoki qandsiz diabet), shuningdek dorilarning nojo’ya ta’siri (masalan, antipsixotrik dorilar, diuretiklar) shunga o’xshash reaksiyaga olib kelishi mumkin. Davolash. Hozirgi davrda aholi o’rtasida siydik tuta olmaslik davolanishni talab etmaydi degan nuqtai nazar keng tarqalgan. Bunday holda bemorga faqat ba’zi bir texnikalarga rioya qilish tavsiya etiladi. Masalan, ma’lum bir soatlarda peshob chiqarish, suyuqlik qabulini kamaytirish, kofein va diuretik ta’sir ko’rsatadigan boshqa mahsulotlardan saqlanish va sabrli bo’lish. Natijada, 7 yoshli bolalar orasida kasallikning tarqalganligi 5-10% ni tashkil qiladi.Shu bilan birga, enurez nisbatan yaxshi sifatli holatdir. O’z-o’zidan shifo topish chastotasi u yoki bu choralar ko’rilishidan qat’iy nazar yiliga 15% ni tashkil qiladi. Ammo, yetti yoshgacha bo’lgan bolalarning yuztadan yettitasida bu kasallik saqlanib qoladi. Enurez stressni keltirib chiqaradi, bu esa bolaga katta psixologik yuk tushiradi va uning o’ziga bo’lgan bahosini pasaytiradi, shuning uchun 6-7 va undan katta yoshdan boshlab davolanish kursini o’tash tavsiya etiladi.Enurezni davolashda kompleks yondashuv talab etiladi, xususan peshob chiqarishga chorlov yuzaga kelganda uyg’onish refleksini hosil qilish yoki tiklash, asab to’qimasida metabolik jarayonlarni rag’batlantirish, peshob chiqarish jarayonini tartibga soluvchi qavatlarning yetilishini tezlashtirish, kasallik paytida yuzaga keladigan nevrotik kasalliklarni tuzatish. Amalda davolashning har xil turlari qo’llaniladi, ulardan enurezli uyg’otgich (alarm-terapiya) va farmakologik terapiya katta ahamiyatga ega. Enurezli uyg’otgich — uyg’onish refleksi buzilishida terapiyaning eng yaxshi usuli hisoblanadi, ayniqsa kechasi ajraladigan siydik miqdori unchalik katta va siydik pufagi sig’imi unchalik kichik bo’lmasa. Ushbu usul hech qanday nojo’ya ta’sirga ega emas. Tasdiqlangan samaradorlik 80%. Bundan tashqari, kasallikning qaytalanish darajasi juda past. Medikamentoz terapiya. Agar tunda ishlab chiqariladigan siydik miqdori ko’p bo’lsa va uyg’otgichli terapiya samara bermasa, medik
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлена подробная информация о причинах и последствиях энуреза (недержания мочи), его типах, диагностике и методах лечения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлена подробная информация о причинах и последствиях энуреза (недержания мочи), его типах, диагностике и методах лечения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Causes, types, treatment methods, medication therapy, physiotherapy, and rules, medikamentos terapiya, davolash usuli, Siydik tutaolmaslik (enurez) kasalligi sabablari, turlari, fizoterapiya va enurezda gigeyna qoidalari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025