Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QITISH METODIKASI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · O‘QITISH METODIKASI · Jo‘rayev Baxtiyor Bahodir o‘g‘li
Журнал универсальных научных исследований · 21 · 370–377 · 2026
Аннотация
Mazkur tezisda “Solishtirma issiqlik sig‘imi” mavzusini kredit-modul tizimi asosida o‘qitishning samarali metodik usullari yoritiladi. Unda mavzuni tushuntirishda amaliy mashg‘ulotlar, tajribalar va interaktiv texnologiyalardan foydalanish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, baholash mezonlari va o‘quvchi faolligini oshirishga qaratilgan yondashuvlarga e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: kredit-modul tizimi, solishtirma issiqlik sig‘imi, issiqlik sig‘imi, fizika ta’limi, metodika, amaliy mashg‘ulot, o‘quv jarayoni, tajriba, baholash mezonlar Bugungi kunda ta’lim jarayonida natijaga yo‘naltirilgan yondashuvlar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, kredit-modul tizimi butun dunyo, xususan Yevropa mamlakatlarida keng qo‘llanilishi bilan birga [10], so‘nggi yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimiga ham izchil joriy etilmoqda [2]. Bu tizim o‘quvchilarning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirish, ularning mustaqil fikrlashi, muammo yechish ko‘nikmalari va individual o‘zlashtirish darajasini hisobga olishga qaratilgan [3]. Kredit-modul tizimi orqali bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni modul asosida bosqichma-bosqich shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Har bir modul doirasida aniq o‘quv maqsadlari, baholash mezonlari, mashg‘ulot turlari va faoliyat yo‘nalishlari belgilanadi [3]. Bu esa ta’lim oluvchilarning o‘quv jarayonidagi faolligini oshirish, sifatli natijalarga erishish va ularning rivojlanish trayektoriyasini samarali monitoring qilish imkonini yaratadi [12]. Ilmiy-amaliy tadqiqotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi, Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa ilg‘or oliy ta’lim muassasalarida olib borilgan kuzatuvlarga ko‘ra, kredit- modul tizimi asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalari 25–30 foizga ortgani, shuningdek, tajriba va interaktiv yondashuvlar orqali bilimlarning puxta o‘zlashtirilgani aniqlangan [7]. Ayniqsa, tabiiy fanlar, jumladan fizika fanini o‘qitishda bu tizimning samaradorligi sezilarli darajada namoyon bo‘lmoqda [6]. Fizika fani mazmunan murakkab bo‘lgan nazariy tushunchalarni chuqur anglashni, tajribalar bilan mustahkamlashni talab etadi [5]. Xususan, “Solishtirma issiqlik sig‘imi” mavzusi issiqlik hodisalarining fizik mohiyatini anglashda muhim rol o‘ynaydi [6]. Bu mavzuni o‘qitishda faqatgina nazariy ma’lumotlar bilan cheklanib qolmasdan, amaliy mashg‘ulotlar, tajribalar o‘tkazish, laboratoriya uskunalari bilan ishlash, ko‘rgazmali materiallar, raqamli simulyatsiyalar va muqobil eksperimentlar asosida o‘qitish talab etiladi [8], [15]. Ushbu yondashuvlar nafaqat mavzuni mukammal tushunishga, balki o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini, mantiqiy fikrlashini, tahliliy yondashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi [13]. Ayniqsa, solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mustaqil tajribalar orqali o‘quvchilar issiqlik miqdori, modda massasi va harorat farqi o‘rtasidagi bog‘liqlikni real vaqt rejimida kuzatish imkoniga ega bo‘ladi [6], [8]. Bu esa ularda nazariy bilimlarning amaliyotda qo‘llanishini chuqur anglashga olib keladi [14]. Kredit-modul tizimida o‘qituvchining roli an’anaviy bilim beruvchi emas, balki o‘quv jarayonini yo‘naltiruvchi, maslahat beruvchi va rivojlanish kuzatuvchisi sifatida talqin qilinadi [3]. Mazkur yondashuv o‘quvchining darsdagi passiv ishtirokchidan faol o‘quv subyektiga aylanishini ta’minlaydi [12]. Modul asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda interaktiv ta’lim metodlari — guruhiy ishlash, muammoli o‘qitish (problem-based learning), vizual materiallar, raqamli laboratoriyalar, fizika simulyatorlari va virtual tajribalardan foydalanish — o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini kuchaytiradi va ularning motivatsiyasini oshiradi [9], [11], [13], [15]. Shu bilan birga, interaktiv metodlar orqali shakllantirilgan bilimlar mustahkam bo‘lib, uzoq muddat saqlanadi [12]. 600 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” Fizika o‘qitish metodikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-pedagogik tadqiqotlar (B.P. Orayev [4], I.I. Yakovlev [5] va boshqalar) asosida aniqlanishicha, o‘quvchilar o‘zlari faol qatnashgan laboratoriya mashg‘ulotlarida bilimlarni 30–40 foizga yaxshiroq o‘zlashtiradi. Darsda faollik ortadi, darsdan tashqari ilmiy qiziqishlar shakllanadi. Ayniqsa, kredit-modul tizimi doirasida har bir modul bo‘yicha oraliq va yakuniy baholash mezonlarining mavjudligi, o‘quv jarayonini natijalarga asoslangan tarzda tahlil qilishga imkon beradi [2], [3], [7]. Bu esa bilim va ko‘nikmalarni shaffof baholash, har bir o‘quvchining rivojlanish sur’atini aniqlash va individual yondashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi [7]. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati [1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909-son qarori. “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. – Toshkent, 2017. [2] O‘zbekisto
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda “Solishtirma issiqlik sig‘imi” mavzusini kredit-modul tizimi asosida o‘qitishning samarali metodik usullari yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda “Solishtirma issiqlik sig‘imi” mavzusini kredit-modul tizimi asosida o‘qitishning samarali metodik usullari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fizika ta’limi, amaliy mashg‘ulot, metodika, o‘quv jarayoni, baholash mezonlar, tajriba, solishtirma issiqlik sig‘imi, issiqlik sig‘imi, kredit-modul tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025