Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KREDIT-MODUL TIZIMIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MOLEKULYAR FIZIKA KURSINI O‘QITISHNING BUGUNGI HOLATI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Doniyor Abdulla o‘g‘li
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimi asosida molekulyar fizika kursini o‘qitishning hozirgi holati yoritilgan. Fan mazmuni, o‘quv jarayonining kredit-modul asosida tashkil etilishi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari tahlil qilingan. Shuningdek, ta’limda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqolada molekulyar fizika fanini samarali o‘qitish uchun zamonaviy metodik yondashuvlar, virtual laboratoriyalar va mustaqil ta’limga alohida e’tibor qaratish zarurligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: molekulyar fizika, kredit-modul tizimi, oliy ta’lim, pedagogik yondashuv, mustaqil ta’lim, virtual laboratoriya, amaliy mashg‘ulot, innovatsion texnologiya. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ta’lim sifatini oshirish, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash va xalqaro ta’lim maydoniga integratsiyalashish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilmoqda [1], [2]. Xususan, kredit- modul tizimining joriy etilishi oliy ta’lim tizimining zamonaviy bosqichga o‘tishini anglatadi [3]. Ushbu tizimda ta’lim jarayoni talaba shaxsini rivojlantirish, uning mustaqil o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish, o‘zlashtirish darajasini obyektiv baholash va kompetensiyalarga asoslangan yondashuv orqali tashkil etilishi bilan ajralib turadi [2], [5]. Kredit-modul tizimi, avvalo, o‘quv yuklamasining kreditlarda ifodalanishi, talabaning semestr mobaynida bosqichma-bosqich nazorat qilinishi, mustaqil ishlarga yuqori ulush ajratilishi, yakuniy baholashda oraliq baholarning hisobga olinishi kabi tamoyillarni o‘z ichiga oladi [4], [5]. Bu esa talabani faqat bilim egallash emas, balki mustaqil fikrlash, tahlil qilish, muammo yechish va qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga undaydi. Ayniqsa, tabiiy fanlar, jumladan, molekulyar fizika kursini kredit-modul tizimi asosida o‘qitish ushbu fanning murakkab va nazariy jihatdan chuqur kontentini samarali o‘zlashtirish imkonini beradi [3], [4], [6]. Molekulyar fizika moddalarning mikrostrukturasi, issiqlik hodisalari, zarrachalar kinetikasi va energiyaning taqsimlanishi kabi fundamental tushunchalarni o‘z ichiga olgani bois, ushbu fanni o‘qitishda ilmiy-didaktik yondashuvlar, metodik ta’minot, eksperimental mashg‘ulotlar, virtual laboratoriyalar va interaktiv o‘quv platformalari alohida ahamiyat kasb etadi [3], [6], [7 Zamonaviy didaktik talablarga ko‘ra, fanlarni o‘qitish jarayonida bilim berish bilan birga, talabalarni faol o‘quvchilarga aylantirish, ularning muammoni anglash va tahlil qilish salohiyatini shakllantirish muhim hisoblanadi [5], [9]. Kredit-modul tizimida aynan shunga alohida urg‘u beriladi: dars jarayonlari modullar asosida tashkil etiladi, har bir modul ichida o‘ziga xos o‘quv maqsadlari, kutilyotgan natijalar va baholash mezonlari belgilab beriladi [2], [8]. Bu esa darslarni rejalashtirishda aniqlik va natijadorlikni ta’minlaydi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, molekulyar fizika fanini o‘qitishda talabalarning vizual-tasavvur qilish va model asosida o‘rganish ko‘nikmalari kuchli bo‘lsa, mavzularni o‘zlashtirish samaradorligi 40–50 foizgacha ortadi [10]. Shuningdek, virtual laboratoriya va interaktiv simulyatsiyalar yordamida amalga oshirilgan laboratoriya ishlari an’anaviy usullarga nisbatan ko‘proq yodda qolish, xatolarning kamayishi va mavzularni chuqur tushunish bilan ajralib turadi [6], [7]. Shunday qilib, kredit-modul tizimi doirasida molekulyar fizika fanini o‘qitish nafaqat 597 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” zamonaviy ta’lim talablariga mos, balki didaktik jihatdan asosli, pedagogik samaradorlikka ega, talabada chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda [4], [5], [6]. Bu esa, o‘z navbatida, zamonaviy ta’lim tizimida kompetent va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Molekulyar fizika kursi oliy ta’lim muassasalarida fizika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun muhim fundamental fanlardan biri hisoblanadi. Mazkur fan talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ularni moddaning mikroskopik tuzilishi, zarralararo va molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlari, ichki energiya, issiqlik miqdori, harorat, bosim kabi fizik kattaliklar va ularning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi nazariy bilimlar bilan qurollantirishga xizmat qiladi [2]. Bu bilimlar, o‘z navbatida, termodinamikaning asosiy qonunlari, statistik fizika tushunchalari va energiyaning taqsimlanish qonuniyatlarini chuqur anglash uchun ilmiy poydevor vazifasini bajaradi [3]. Molekulyar fizika, shuningdek, eksperimental fizika asoslarini ham o‘z ichiga oladi. Kurs doirasida o‘tkaziladigan laboratoriya mashg‘ulotlari orqali talabalar real fizik jarayonlarni kuzatish, tajriba ma’lumotlarini o‘lchash va tahlil qilish, ularni ilmiy asosda talqin qilish kabi amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar [5]. Natijada
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimi asosida molekulyar fizika kursini o‘qitishning hozirgi holati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimi asosida molekulyar fizika kursini o‘qitishning hozirgi holati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- amaliy mashg‘ulot, pedagogik yondashuv, molekulyar fizika, innovatsion texnologiya., oliy ta’lim, mustaqil ta’lim, virtual laboratoriya, kredit-modul tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025