Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YURAK INFARKTIDAN KEYINGI YURAK MUSHAKLARINING TIKLANISH JARAYONI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Nasriddinova Maftuna Orzu qizi · Bekmirzayev Eshquvvat Ro’ziyevich
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Yurak infarktidan so‘ng miokard (yurak mushagi)da yuzaga keladigan tiklanish jarayonlari gistologik jihatdan murakkab va bosqichma-bosqich kechadi. Ushbu maqolada yurak mushaklarining regeneratsiyasi, yangi kapillyarlarning hosil bo‘lishi va fibroz to‘qima shakllanishi jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tiklanishni yaxshilash uchun zamonaviy tibbiy yondashuvlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Yurak infarkti, miokard regeneratsiyasi, fibroz to‘qima. Kirish. Yurak infarkti natijasida yurak mushak hujayralarining (kardiomiyositlarning) o‘limi sodir bo‘ladi. Bu esa yurakning nasos funksiyasining buzilishiga olib keladi. Organizmdagi tiklanish jarayonlari infarkt zonasini to‘liq tiklab bera olmaydi, biroq fibroz to‘qima hosil qilib, yurak devorining yaxlitligini saqlab qoladi. Ushbu maqola yurak infarktidan keyingi gistologik o‘zgarishlar va tiklanish mexanizmlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. Shuningdek, infarktdan so‘ng yurak to‘qimalarida kuzatiladigan yallig‘lanish reaksiyasi, fibroblastlar faollashuvi va kollagen tolalarining shakllanishi kabi jarayonlarga alohida e’tibor qaratilgan. Tiklanish bosqichlarining gistologik tahlili orqali, klinik amaliyotda qo‘llaniladigan reabilitatsiya usullarining samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Yurak infarktining dastlabki bosqichlarida nekroz maydonining chegaralanishi va undan keyin paydo bo‘ladigan granulyatsion to‘qima hosil bo‘lishi jarayonlari organizmning o‘z-o‘zini tiklash qobiliyatini aks ettiradi. Biroq bu mexanizmlar to‘liq funksional tiklanishni ta’minlay olmaydi, shuning uchun infarktdan keyingi davrda qo‘llaniladigan tibbiy va reabilitatsion choralar katta ahamiyat kasb etadi. Material va metodlar. Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: -Klinik kuzatuvlar -Histologik preparatlarning mikroskopik tahlili -Immunogistokimyoviy usullar - Elektron mikroskopiya № Usul Maqsad 1 Oddiy gistologik To‘qimalardagi bo‘yoqlar o‘zgarishlarni aniqlash 2 Immunogistokimyo Fibroz belgilarini aniqlash 3 Elektron mikroskopiya Hujayra ichki tuzilishini tahlil qilish Histologik preparatlarni G.E. Wright va Masson bo‘yoqlari bilan bo‘yalgan namunalar orqali baholash yurak infarktidan keyingi tolalar va fibroblastlarning rivojlanishini ko‘rsatdi. Natijalar: Yurak infarktidan keyin yuzaga keladigan tiklanish jarayonlari murakkab va bosqichma-bosqich kechadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, infarktdan so‘ng amalga 528 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” oshiriladigan gistologik tahlillar infarktdan keyingi miokardda uchta asosiy bosqichni ajratib ko‘rsatdi: • Yallig‘lanish bosqichi (1–4 kun): Infarktdan keyingi birinchi bosqichda, o‘lik kardiomiyositlar atrofida yallig‘lanish jarayoni boshlanadi. Neytrofil granulotsitlar va makrofaglar hujayralarga yig‘ilib, nekroz hujayralarini yo‘q qilishga yordam beradi. Bu bosqichda immun tizimi faoliyat ko‘rsatib, zararlangan hududni tozalashga intiladi. • To‘qima yiriklanishi va yangilanishi (5–14 kun): Ikkinchi bosqichda, fibroblastlar faoliyatini boshlaydi va kollagen tolalarini ishlab chiqara boshlaydi. Bu jarayon miokard to‘qimasining yangilanishiga, shuningdek, yangi qon tomirlarining hosil bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, granulyatsion to‘qima hosil bo‘lib, miokardning tiklanish jarayoni boshlanadi. • Fibroz va chandiq hosil bo‘lishi (14 kundan keyin): Uchunchi bosqichda, fibroblastlar faoliyati davom etadi va kollagen tolalarining ko‘payishi tufayli to‘liq fibroz to‘qima hosil bo‘ladi. Bu fibroz to‘qima miokardni tiklashga yordam beradi, lekin uning funksional xususiyatlarini to‘liq tiklash imkonini bermaydi. Natijada, yurak mushagining zararlangan qismlari chandiqqa aylanadi. Histologik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yurak infarktidan so‘ng tiklanish jarayonlari vaqt o‘tishi bilan murakkablashib boradi va oxir-oqibatda fibroz to‘qima shakllanadi. Shuningdek, hujayra terapiyasi va gen terapiyasining qo‘llanilishi bu jarayonni tezlashtirishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, fibroblastlar faollashuvi va kollagen tolalarining ko‘payishi miokardning to‘liq tiklanishini ta’minlay olmaydi, lekin bu jarayon to‘qima integritetini saqlab qolishga yordam beradi. Bu natijalar shuni ko‘rsatadiki, yurak infarktidan keyingi tiklanish jarayonlarini yaxshilash va kompleks reabilitatsiya choralarini joriy etish zarur. Gistologik tahlilning natijalari klinik amaliyotda qo‘llaniladigan yangi tibbiy yondashuvlar, masalan, ildiz hujayra terapiyasi va biomaterial implantatsiyasi orqali tiklanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini yaratadi. Mulohaza. Yurak infarktidan so‘ng tabiiy regeneratsiya yetarli darajada kardiomiyositlarni tiklay olmaydi. Shu sababli, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar ildiz hujayra terapiyasi, biomaterial implantatsiyasi va gen terapiyasi orqali miokardning funksional to‘qimasini tiklashga qaratilgan. Histologik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, hujayra terapiyasidan foydalanilganda to‘qimalarning tiklanish darajasi ortadi. Xulosa
Доказательный фрагмент
«Yurak infarktidan so‘ng miokard (yurak mushagi)da yuzaga keladigan tiklanish jarayonlari gistologik jihatdan murakkab va bosqichma-bosqich kechadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюYurak infarktidan so‘ng miokard (yurak mushagi)da yuzaga keladigan tiklanish jarayonlari gistologik jihatdan murakkab va bosqichma-bosqich kechadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- miokard regeneratsiyasi, Yurak infarkti, fibroz to‘qima.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025