К содержанию
РецензированоUZ2026

TERMIN VA TERMINOLOGIYANING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Tursunova Gulira’no Bobonazarovna · Ilmiy rahbar: Hazratqulova Ozoda Abdug’aniyevna

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Tilshunoslik - murakkab fan bo’lib, u o’z ichiga bir necha fanlarni umumlashtirib, uzoq tarixiga ega bo’lib, rivojlanib kelmoqda. Shu jumladan, bir qancha olimlar ushbu fanga o’z hissasini qo’shishgan. Turli tillar aniq materiallar asosida olib borilgan terminologik tizimlarning ko’plab tadqiqotlari, doimiy ravishda umumiy lingvistik qonunlar va o’ziga xos bog’liqligini ochib beradi. Terminlar, terminosistemalar va terminologiya butun qatlam sifatida bir necha bor lingvistik, mantiqiy va aniq ilmiy mazmundagi ko’plab asarlarni tahlil qilish mavzusi bo’lgan. Key words: tilshunoslik, termin, tadqiqot, taraqqiyot, texnologiya, leksikologiya. Kirish. Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning eng muhim yo’nalishi va ajralmas qismi - terminologiya sanalib, ilm-fan va til rivojlanishida bir-biriga chambarchas bogliqdir. Termin (yunoncha: “terminus” – chegara, belgi) lug’aviy ma’noni o’z ichiga olmasdan, bu- biror soha yoki faoliyatning maxsus ilmiy yoki texnik tiliga oid atama, belgilangan tushuncha yoki narsa. Terminlar, odatda umumiy lug’atdagi so‘zlardan farq qiladi, chunki ular ma’lum bir fan yoki amaliy sohaning o’ziga xos atamalaridir. Masalan,”sotsiologiya” shu kabi so’zlar o’ziga xos ilmiy tushunchalarni anglatadi va har bir soha uchun muhim ahamiyatga ega. Terminologiya esa - bu terminlarning to’plami va tizimi. Terminologiya sohasida bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lib, u terminlarning shakllanishi, rivojlanishi, ularning fanlararo aloqasi va rivojlanishini o’rganadi. Terminologiyaning asosiy maqsadi – maxsus sohalarda aniq va tushunarli atamalarni ishlab chiqadi va uni amalda qo’llashda foydalaniladi. Tilshunoslikda terminologiyaning o’rganilishi - Tilshunoslikda terminologiya - bu nafaqat so‘zlarning o’ziga xosligi va ularning ilmiy kontekstda ishlatilishini o‘rganish, balki bu so‘zlarning qanday shakllanishi, taraqqiy etishi va boshqa sohalar bilan ham bog’liqdir. Terminologiya tahlili tilshunoslikda alohida bo’lim sifatida qaraladi, chunki terminlar va ularning tizimi jamiyatning ilmiy, texnik, sport va madaniy taraqqiyotini aks ettiradi. Tilshunoslikda terminologiyaning o’rganilishi shuningdek, tilning evolyutsiyasi, yangi so’zlarning paydo bo’lishi, eski terminlarning yo’qolishi va yangi ilmiy tushunchalarning kirib kelishi bilan bog’liq masalalarni ham qamrab oladi. Misol o’rnida, texnologiyaning rivojlanishi bilan yangi ilmiy atamalar paydo bo’lishi, shu bilan birga eski atamalar eskirishi yoki o’zgartirilishi mumkin. Terminologiya, shuning uchun, faqat tilshunoslikning bir bo’limi emas, balki barcha fanlar va sohalarning o’zaro aloqasini o’rganadigan ilmiy yo’nalishdir.Termin va terminologiya tilshunoslikning muhim sohalaridan biri bo’lib, u so’zlar va atamalarni aniqlash, ularning ma’nosini va ishlatilishini o’rganadi. Terminologiyaning tilshunoslikdagi o’rganish ob’ekti, avvalo, o’ziga xos so’z birikmalarni tashkil etuvchi terminlardir. Terminlar o’z ichiga faqat so’zlar emas, balki atamalarni ifodalovchi tushunchalarni ham oladi. Bu atamalar faqat so’zlar emas, balki umumiy madaniyat, ilm-fan, texnika, tibbiyot, iqtisodiyot, sport sohalarda ham mavjud bo’ladi. Terminologiya har bir tilda o‘ziga xos ahamiyatga ega. U muayyan ilmiy soha, sanoat yoki madaniyat yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lgan terminlar tizimidan iborat. Bu atamalar nafaqat ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishiga, balki tilning rivojlanishiga ham yordam beradi. Har bir sohada paydo bo‘lgan yangi tushunchalar terminlar sifatida tilga kirishi natijasida, ular tilning 526 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, atamalarni o‘rganish va ulardan foydalanish nafaqat lingvistlar, balki har bir mutaxassis uchun muhim vazifa sifatida qolmoqda. Tilshunoslar ushbu termin bobida ko‘plab qiziqarli nazariy g'oyalarni taqdim etganlar. Shak-shubhasiz, har bir atama o‘z davrining bilim va tafakkur darajasini ifodalaydigan lug‘aviy imkoniyat sifatida muhimdir. Terminologiya va terminlarning tilshunoslikdagi o’rganilishi bu fanlarning taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Bu soha ilmiy va texnik jarayonlarning til orqali aniq va to’g’ri ifodalanishini ta’minlaydi. Terminologiyaning o’rganilishi nafaqat tilshunoslik, balki boshqa ilmiy sohalar uchun ham katta ahamiyatga ega. Bu dissertatsiyaning keyingi boblarida terminologiyaning tilshunoslikda qanday qo’llanilishi va uning rivojlanishiga doir masalalar chuqur tahlil qilinadi. Tilning lug’at boyligini oshirishda o’rganadigan va shug’ullanadigan qatlam lingvistikada - leksikologiya sanaladi. Leksikologiya fani, so’z ma’nosining kengayishi va torayishi, so’zlarning shakli va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari, ularning hududiy va ijtimoiy qatlamlari, yangi so’zlarning paydo bo’lishi kabi bir qator masalalarni o’z ichiga oladi. Semasiologiya, leksikografiya, onomasiologiya, etimologiya, frazeologiya, onomastika kabi bo’limlar leksikologiyaning tarkibiy qismlaridir. Fanning terminologiyasi

Доказательный фрагмент

«Tilshunoslik - murakkab fan bo’lib, u o’z ichiga bir necha fanlarni umumlashtirib, uzoq tarixiga ega bo’lib, rivojlanib kelmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tilshunoslik - murakkab fan bo’lib, u o’z ichiga bir necha fanlarni umumlashtirib, uzoq tarixiga ega bo’lib, rivojlanib kelmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tilshunoslik, termin, tadqiqot, taraqqiyot, texnologiya, leksikologiya, leksikologiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники