К содержанию
РецензированоUZ2026

XELAT KOMPLEKS BIRIKMALARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Marifjonova Masturaxon Ulug‘bek qizi · Rasulov Abdusamat Abdujabborovich

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Xelat komplekslar — bu metall ionlari va ko‘p ikki va undan ortiq dintatli organik moddalar (ligandlar) o‘rtasida hosil bo‘ladigan barqaror birikmalardir. Tibbiyotda ular organizmdagi og‘ir va zaharli metallarni tanadan chiqarish uchun qo‘llaniladi. Shu bilan birga dori vositalarini faol shaklga keltirishda, diagnostik vositalar sifatida va tanadagi minerallar yetishmovchiligini davolashda keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada xelat komplekslarning tibbiyotdagi asosiy vazifalari, ularning tuzilmalari va sodda reaksiyalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Xelat, EDTA, metall detoksikatsiyasi, temir tanqisligi, mineral o‘zlashtirish, rux, gemoglobin, tibbiy komplekslar. Kirish. Inson organizmi sog‘lom faoliyat yuritishi uchun turli kimyoviy elementlar muvozanatda bo‘lishi kerak. Ayniqsa, metall ionlari — temir, rux, magniy, mis kabi elementlar - ko‘plab biologik jarayonlarda asosiy vazifani bajaradi. Shu bilan birga, og‘ir metallar (masalan, qo‘rg‘oshin, simob) organizmga tushganda, jiddiy zaharlanishlarga olib kelishi mumkin. Ushbu metallarning tanada xavfsiz tarzda boshqarilishi uchun maxsus moddalar, ya’ni xelat komplekslar zarur bo‘ladi. Xelat komplekslar bu metall ionlari bilan barqaror birikma hosil qiluvchi organik moddalardir. Ular tibbiyotda zaharli metallarni chiqarish, dorilarning ta’sirini kuchaytirish, organizmdagi mikroelementlar yetishmovchiligini bartaraf etish va hatto diagnostika jarayonlarida ham keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada xelat komplekslarning tuzilishi, ularning tibbiyotdagi eng muhim vazifalari, keng tarqalgan reaksiyalar va real dorilarda qanday ishlatilishi haqida fikr yuritiladi. Xelat komplekslar nima? Xelat kompleks — bu metall ionlari (masalan, Fe²⁺, Zn²⁺, Pb²⁺) bilan ligandlar (masalan, EDTA, porfirin, aminokislotalar) o‘rtasida hosil bo‘ladigan barqaror halqasimon tuzilmalardir. Oddiy ko‘rinishi: Metall + LigandXelat kompleks} Misol: Pb2+ + EDTA4- = [Pb(EDTA)]2- Tibbiyotda xelat komplekslarning asosiy vazifalari. a) Og‘ir metallar bilan zaharlanishda (detoksikatsiya) Zaharli metallar (Pb, Hg, Cd) tanada fermentlarga zarar yetkazadi. EDTA, DMSA, BAL kabi xelatlovchi moddalar bu metallarga birikib, ularni siydik bilan chiqarishga yordam beradi. Reaksiya: Hg2+ + DMSA= [Hg(DMSA)] b) Temir tanqisligida o‘zlashtirishni yaxshilash Ba’zida temir oddiy shaklda ichakda so‘rilmaydi. Temirni xelatlangan shaklda, masalan temir bisglisinat tarzida berish uning samaradorligini oshiradi. Reaksiya: Fe2+ + Gly-Gly = [Fe(Gly-Gly)] c) Diagnostikada (MRI kontrast vositalari) 460 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” MRI tekshiruvlarida Gadolinium (Gd³⁺) ioni ishlatiladi. U tanada erkin bo‘lsa, zaharli hisoblanadi. Shu sababli uni xelatlash kerak. Reaksiya: Gd3+ + DTPA = [Gd(DTPA)]2- d) Saraton va surunkali kasalliklarda xelat terapiyasi Ba’zi hollarda temir yoki rux ortiqcha to‘planib, yallig‘lanish, oksidlovchi stress yoki o‘sma hujayralarning faollashuviga sabab bo‘ladi. Xelatlovchi dorilar yordamida bu metallar chiqariladi. Reaksiya: Fe3+ + Deferoksamin = [Fe(Deferoksamin)] 1-jadval Xelat komplekslarning tibbiy dorilar tarkibida qo‘llanilishi DORI NOMI FAOL MODDASI VAZIFASI Desferal Deferoksamin Temir ortiqligida xelat terapiya Calcium EDTA EDTA Qo’rg’oshin zaharlanishida Fergon Fe bisglisinat Temir tanqisligini davolash Gadovist Gd-kompleksi MRI contrast vositasi sifatida Xelatlarning yana bir foydali jihati — barqarorlik. Xelat komplekslar odatda barqarorroq bo‘ladi, chunki ular halqasimon tuzilmani hosil qilib, metall ioni bilan bir nechta nuqtada bog‘lanadi. Bu esa ularning tanadagi harakatini boshqarishni osonlashtiradi. Xulosa. Xelat komplekslar tibbiyotda beqiyos ahamiyatga ega: ular toksinlardan tozalaydi, muhim metallarni yetkazadi, diagnostik vosita bo‘lib xizmat qiladi va hatto saraton kabi og‘ir kasalliklarda ham qo‘llaniladi. Ularni chuqur o‘rganish zamonaviy davolash usullarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Goyer R.A. (1997). Toxic effects of metals. Annual Review of Nutrition. 2. Flora S.J.S. (2011). Chelation in metal intoxication. Indian J Med Res. 3. WHO (2007). Chelating agents in medicine and food. 4. Nielsen F.H. (2012). Chelated minerals in nutrition. Nutrition Reviews. 5. Bertini I. et al. (2007). Biological Inorganic Chemistry. 6. Aaseth J. et al. (2015). Chelation therapy in clinical toxicology. 7. Abbaspour N. et al. (2014). Iron supplementation. JRMS. 8. Lippard S.J., Berg J.M. (1994). Bioinorganic Chemistry. 9. Valko M. et al. (2005). Metal toxicity in cancer. Curr Med Chem. 10. FDA Drug Database – MRI contrast agents and metal chelators. 461

Доказательный фрагмент

«Xelat komplekslar — bu metall ionlari va ko‘p ikki va undan ortiq dintatli organik moddalar (ligandlar) o‘rtasida hosil bo‘ladigan barqaror birikmalardir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Xelat komplekslar — bu metall ionlari va ko‘p ikki va undan ortiq dintatli organik moddalar (ligandlar) o‘rtasida hosil bo‘ladigan barqaror birikmalardir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rux, xtibbiy komplekslar., mineral o‘zlashtirish, EDTA, temir tanqisligi, Xelat, metall detoksikatsiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники