К содержанию
РецензированоUZ2026

RAXIT. D VITAMINI YETISHMOVCHILIGI VA CHAQALOQLARDA UCHROVCHI SIMPTOMLAR

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Maxamadinova Feruza Abduqodirovna · Umirqo’lova Feruza.Abdusamatovna

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

This article discusses the importance of practical classes in teaching chemistry, their role in strengthening students' theoretical knowledge, as well as the problems encountered in the effective organization of practical classes and their solutions. Keywords: chemistry, practical class, experiment, student activity, laboratory, learning process, quality of education Kirish. Zamonaviy ta’lim jarayonida fanlarni chuqur va samarali o‘qitish, ayniqsa, tabiiy fanlar — jumladan, kimyo fanini o‘zlashtirishda amaliy mashg‘ulotlar muhim o‘rin tutadi. Nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy tajribalar orqali o‘quvchilarda ilmiy tafakkur, kuzatuvchanlik, tahlil qilish va xulosalash ko‘nikmalari shakllanadi. Kimyo — bu faqatgina nazariy bilim emas, balki modda va uning o‘zgarishlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib, tajriba asosida o‘rganiladigan fandir. Asosiy qism Amaliy darslarning o‘rni Kimyo darslarida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantiradi:Nazariy bilimlarni mustahkamlash: Tajribalar orqali olingan natijalar nazariy bilimlarning hayotiyligiga ishonch hosil qiladi. Amaliy ko‘nikma va malaka: Reaktivlar bilan ishlash, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, natijalarni qayd etish kabi amaliy malakalar rivojlanadi.Ijodiy va tanqidiy fikrlash: O‘quvchilar kimyoviy hodisalarni kuzatib, ularning sabab va oqibatlarini tushunishga harakat qiladi.Ilmiy fikrlash asoslari: Har bir tajriba bir ilmiy gipotezani sinovdan o‘tkazishdir, bu esa o‘quvchini ilmiy izlanishga yo‘naltiradi. Amaliy darslarni tashkil etishda uchraydigan muammolar 1. Moddiy-texnik baza yetishmasligi: Ko‘plab umumta’lim maktablarida zarur laboratoriya asbob-uskunalari va reaktivlar mavjud emas yoki yetarli emas. 2. O‘qituvchilarning malakasi: Ba’zida o‘qituvchilar tomonidan tajribalarni o‘tkazishda ishonch yetarli bo‘lmaydi, bu esa dars sifati va xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 337 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” 3. Vaqt yetishmovchiligi: O‘quv rejasida amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan vaqt ko‘pincha cheklangan bo‘lib, bu tajribalarni to‘liq o‘tkazishga to‘sqinlik qiladi. 4. Xavfsizlik muammolari: Kimyo darslarida xavfsizlik qoidalariga amal qilinmasa, bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 5. O‘quvchilarning passivligi: Ba’zan o‘quvchilar amaliy darslarga loqayd qaraydi, bu esa ularning bilim sifati va qiziqish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa. Kimyo fanini o‘qitishda amaliy darslar o‘quvchilarda chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega. Shuning uchun har bir o‘qituvchi amaliy mashg‘ulotlarga jiddiy yondashishi, ularga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishi zarur. Shu bilan birga, ta’lim muassasalarini kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash, xavfsizlikni ta’minlash va o‘quvchilarning faolligini oshirish ham dolzarb vazifalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 2. Jumaniyozova G. M., Tursunqulova D. D. Kimyo o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2017. 3. Jo‘rayev A. A., Axmedov B. B. Kimyo fanini o‘qitishda interfaol metodlar. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun kimyo fani bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturi. – Toshkent, 2022. 5. Муллажонов М.М. Школьный химический эксперимент. – Ташкент: Учитель, 1991. 6. Solihova D.M. Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishning nazariy asoslari. – Andijon: 2021. 7. Qodirov Sh.A. Tabiiy fanlarni o‘qitishda STEAM yondashuvi. – T.: Fan va texnologiya, 2023. 338

Доказательный фрагмент

«This article discusses the importance of practical classes in teaching chemistry, their role in strengthening students' theoretical knowledge, as well as the problems encountered in the effective organization of pract…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the importance of practical classes in teaching chemistry, their role in strengthening students' theoretical knowledge, as well as the problems encountered in the effective organization of pract… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chemistry, practical class, experiment, student activity, laboratory, learning, chaqaloqlar sog‘ligi, D vitamini yetishmovchiligi, profilaktika, pediatriya, suyak deformatsiyasi, raxit, liqildoq kech yopilishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники