Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ILK JADIDCHI AYOLLAR
ILK JADIDCHI AYOLLAR · Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna · Tursunova Shahzoda Mexriddinovna · Kalit so’zlar: Jadid · Diloro Yusupova
Современная наука и исследования · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidchilik harakati doirasida yuzaga kelgan ilk jadidchi ayollar faoliyati bilan bog’liq. Bundan tashqari bu maqolada o’zbek ayollarining ijtimoiy-siyosiy huquqlari va ularning jamiyatdagi o’rni ham tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Jadid, Xayriniso, Germaniya, Diloro Yusupova, Nozimaxonim. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar yangi madaniy va ma’rifiy harakat — jadidchilikni yuzaga keltirdi. Ushbu harakat milliy uyg‘onish, ta’lim-tarbiya, matbuot va adabiyot sohalarida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Jadidchilik harakati dastlab erkak ziyolilar tomonidan ilgari surilgan bo‘lsa-da, bu harakatda ayollar ham muhim rol o‘ynagan. Ilk jadidchi ayollar o‘z davrining murakkab sharoitlariga qaramay, millatni uyg‘otish, ayollarni ilmga chorlash, ijtimoiy tenglik va ta’lim sohalarida ilg‘or g‘oyalarni ilgari surdilar. Ular maktablar ochish, adabiyot yaratish, matbuotda faol ishtirok etish orqali jamiyat hayotiga ta’sir ko‘rsata oldilar. Bu ayollar ismi ko‘p hollarda tarix sahifalarida soyada qolgan bo‘lsa-da, ularning milliy taraqqiyotdagi o‘rni beqiyosdir. Jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan ayollarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: 1922-yilning kuzida Germaniyaga tahsil olish uchun Turkiston Respublikasi “Koʻmak” jamiyati tomonidan yoʻllangan 16 nafar talaba orasida Xayriniso Majidx onova alohida ajralib turadi. Qizlar uchun oddiy maktabga qatnashning oʻzi jiddiy qarshilikka uchrab turgan bir vaqtda ularning tahsil uchun uzoq xorijga yoʻl olishi ziyo lilar tomonidan ulkan jasorat sifatida baholanadi. Hatto, yosh shoir Botu Xayrinisoning Germaniyaga ketayotgani munosabati bilan “Ehtiyot boʻl, goʻzal qush” degan sheʼr bitadi. Xayriniso dastlab Miroboddagi yangi maktabda tahsil olib, rus va nemis tillarini oʻrgangan. Uning dunyoqarashi shakllanishida Turkiston jadid matbuotining, shuningdek, bu vaqtda birinchi oʻzbek xotin-qizlar bilim yurtida oʻqiyotgan opasi Oyposhshaxonning ham taʼsiri katta boʻlgan. 1922-yili “Turkiston” gazetasida chop etilgan Xayriniso Majidxonovaning maqolasida endigina 17 yoshni qarshilagan qizning Vatan istiqboli haqidagi orzu-istaklari oʻrin olgan. Maqolani oʻqir ekansiz, eng avvalo, oʻtgan asrning boshida yashagan bir oʻzbek qizining tafakkuri naqadar kengligi, Vatan taqdiri oldida oʻzini qanchalik daxldor sezishi koʻpchilikni hayratga solishi tabiiy. Muallif “Turkistonning dunyo savdo maydonida tutqon vaziyati XVII asrdan beri tuban darajada qolib keldi... XX asrning boshida ham qoʻshnimiz boʻlgan Eron xalqi siyosiy fikrlar bilan sugʻorilib, oʻz elida sanoat turgʻizish va chetlarning taʼsiridan qutulish yoʻlida qon toʻkkan muddatda bizning 633 Iyun, 2025-Yil Turkis ton tinch uxlamoqda edi... Faqat Russiyadan temir yoʻl kelib, savdo maydoni kengaydi... Bundan ochiq anglashiladirki, bizning moziyimizni porloq qilgʻon — elimizdan oʻtgan karvon yoʻli boʻlsa, istiqbolimizni porloq qilgʻuchi, elimizni jahon savdo maydonigʻa tutoshdirgʻuvchi ulugʻ temir yoʻldir. Ular bizning savdomizni kengaytur, bizga boyliq va obodliq berur va oʻzimizga katta sanoat turgʻazishga imkon ochar”. Xayriniso Majidxonova 1923-1924-yillarda Berlinda “Xorijliklar uchun nemis tilini oʻrganish” maktabida oʻqib, oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma oladi. 1924-1926-yillarda Darmshtadtdagi oʻqituvchilar seminariyasida nemis tili va adabiyoti yoʻnalishida oʻqiydi. Soʻng ikki yil amaliyotni Berlin shahridagi oʻquv muassasalarida oʻtab, oʻrta maxsus maʼlumot olgani toʻgʻrisidagi diplomni qoʻlga kiritadi. U Berlinda pedagogik amaliyot bilan birga mashhur doktor Fekkelmanning tibbiyot xodimlarini tayyorlovchi xususiy maktabida ham tahsil olgan. Xayriniso Majidxonova 1928-yili yurtimizga qaytib, tibbiyot sohasida oʻrgangan barcha yangiliklarni hayotga joriy qilishga bor kuch-quvvati bilan kirishadi. Hatto olis qishloqlardagi bolalar salomatligini oʻylab tashkil etgan bolalar koʻrigi koʻplab yurtdoshlarimiz eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Biroq buyuk maqsadlar yoʻlidan borayotgan Xayriniso Majidxonova navqiron 32 yoshida totalitar tuzumning qonli qatagʻoni girdobiga tortildi. 1937-yilning 13-sentyabrida “1922-1928- yillarda Germaniyada oʻqigan va 1928-yil SSSR hududiga josus sifatida qaytgan”, degan soxta ayblov bilan qamoqqa olingan. 1938-yilning 9-oktyabrida oʻtkazilgan mashʼum “Uchlik” sudi qoʻyilgan ayblarning hech biri isbotlanmaganiga qaramay, unga oʻlim jazosini belgiladi. Birinchi oʻzbek ayol huquqshunosi Diloro Yusupova esa otasi Sobirjon Yusupov bilan birga millatimiz huquqshunoslarining birinchi maktabini yaratishda jonboz lik koʻrsatgani bilan tariximizda oʻchmas iz qoldirdi. Diloro Yusupovaning hayoti otasining siyosiy qarashi tufayli taʼqib va quvgʻinlarda kechdi. U 1922-yil juda yoshligiga qaramay Buxoro Xalq Jumhuriyati tomonidan Moskvaga oʻqishga yuborilgan. U yerda Oʻzbek Maorif instituti qoshida taʼlim oladi. 1926-yilda Diloro Yusupova Toshkent komsomolining okru
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidchilik harakati doirasida yuzaga kelgan ilk jadidchi ayollar faoliyati bilan bog’liq.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidchilik harakati doirasida yuzaga kelgan ilk jadidchi ayollar faoliyati bilan bog’liq. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Diloro Yusupova, Xayriniso, Jadid, Nozimaxonim., Germaniya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025