К содержанию
РецензированоUZ2026

YUQUMLI KASALLIKLAR VA ULARNING TURLARI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Babayeva Mubina Nasim qizi · Boyqobilov Soatmurod Shuxratovich

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada yuqumli kasalliklarning inson salomatligiga ta'siri,ularning kelib chiqish sabablari hamda asosiy turlari yoritilgan. Unda bakterial, virusli, parazitar va zamburug'li kasalliklar toifalariga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, har bir turga oid keng tarqalgan kasalliklar misolida ularning belgilari, yuqish yo'llari va oldini olish choralari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Maqola sog'liqni saqlash sohasidagi profilaktik choralarni chuqurruq anglashga va yuqumli kasalliklar bilan kurashishda aholining xabardorlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so’zlar: inkubatsion davr, tuyaremiya, transmissiv infeksiyalar, epidemikparotit, toun mikroblari, zoonoz. Annotation. This article discusses the impact of infectious deseases on human health, their causes,and main types. Special attention is given to bacterial, viral, parasitic, and fungal diseases. Common examples are used to explain the symptoms, transmission methods,and preventive measures of each type. The article aims to deepen understanding of preventive healthcare measures and raise pubblic awareness in the fight against infectious diseases. Key words: incubation period, tularemia, vector-borne infection, mumps, plague bacillus, zoonosis. Аннотатция. В данной статье рассматривается влияние инфекционных заболеваний на Здоровье человека, причины их возникновения и основные вида. Особое внимание удалено бактериальным, вирусным, паразитарным и грибковым инфекциям. На примере распространённых заболеваний описаны симптомы, пути передачи и меры профилактики. Статья направлена на углубление понимания профилактических мер в области здравоохранения и повышение осведомлённости населения в борьбе с инфекционными болезнями. Ключевые слова: инкубационный период, туляремия, трансмиссивные инфекции, эпидемический паротит, возбудитель чумы, зооноз. KIRISH. Yuqumli kasalliklarning umumiy xususiyatlari. Yuqimli kasallik aslida lotincha (infecio) soʻzidan olingan boʻlib (ifloslanish) ma'nosini bildiradi. Inson organizmi bilan kasallik qoʻzgʻatuvchi mikrobning ma'lum sharoitda oʻzaro ta'siri oqibatida yuzaga keladigan oʻzgarishlar infeksion jarayon deb ataladi.Bu kasallik alomatlari yaqqol yoki biroz sezilarli darajada ifodalangan boʻlishi mumkin. Qanday darajada ifodalanishidan qat'i nazar, yuqumli kasallik bemor organizmida chuqur patofiziologik, immunologik va funksional oʻzgarishlar paydo boʻladi. Ba'zi hollarda kasallik mikroblariga inson organizmni befarq qaraydi.Mikrobga nisbatan immunoallergik javob reaksiyasi rivojlanmaydi.Kasallik alomatlari boʻlmaydi. Mikrob esa ma'lum vaqtgacha biror a'zoga joylashib olib, faqat laboratoriya tekshiruvidagina aniqlanadi.Masalan,difteriya tayoqchasi yoki meningo-kokklar odam tomogida ma'lum muddatgacha topilib tursa ham, kasallik alomatlari boʻlmasligi mumkin. Bunday holat bakteriya tashuvchanlik holati deyiladi. Odamda kasallik qoʻzgatuvchi mikrob bir marotabagina topilib, kasallik kuzatilmagan holat tranzitor( tasodifiy-organizmga tushfiyu, chiqib ketdi)bakteriya tashuvchilik deb hisoblanadi. Yuqumli kasalliklar oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat. 392 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” 1. Barcha yuqumli kasalliklar bemor orqali atrofdagi sogʻlom kishilarga yuqushi mumkin. Kasallikning atrofdagilarga yuqish ehtimoli kasallik turiga va kechish davriga bogʻliq. 2. Yuqumli kasalliklarda o‘ziga xoslik mavjud. Har bir kasallik ma’lum turdagi patogen mikrob tomonidan qo‘zg‘atiladi. Masalan, difteriyani difteriya tayoqchasi, qizamiqni — qizamiq virusi, vaboni—vabo vibrioni qo‘zg‘atadi. Hech qachon vabo vibrioni difteriyani qo‘zg‘atmaydi yoki aksincha ham bo‘lmaydi. 3.Yuqumli kasalliklar kechishida ma'lum davriylik kuzayiladi.Patogen mikrob odam organizmiga tushganidan soʻng ma'lum muddatgacha kasallik alomatlari koʻrinmaydi.Uni yuqumli kasallikning yashirin(inkubatsion)davri deb ataladi.Bu davr muddati turli kasalliklardan turlicha boʻladi. Masalan, grippda bir necha soatdan 2 kungacha, ich terlamada 2-3 hafta va hakazo. Keyingi davr kasallik alomatlari namayon boʻlgan davr hisoblanadi. Unda kasallikning umumiy alomatlari ham,har bir xastalikning oʻziga xos boʻlgan klinik alomatlari ham yuzaga chiqadi. Bu belgilar dastlab paydo boʻladi, rivojlanib avjiga yetadi va ma'lum muddatdan soʻng borib, yoqotadi. Kasallik alomatlari kamaya boshlagandan bemor oʻzini durustroq his qila boshlaydi.Bu tuzalish(rekonvalessensiya)davri boshlaganidan darak beradi. U koʻpincha sogʻayish davri bilan tugallanadi.Ayrim hollarda, bu davrda kasallik zoʻrayishi mumkin. Yuqumli kasalikllarda “to’la sog’ayish” deganida faqar kasallik alomatlarining to’la tugashi emas, balki bakteriolog sog’ayishi ham nazarda tutiladi. Chuqur bemor kasalliklar to’la forig’ bo’lganida, uning organizmidan patogen mikroblar ajralishi ham to’xtash kerak.Bemor tuzalganidan so’ng qilinadigan tahlilda(surtma yoki ekmalarda)patogen mikroblar 2-3 karra tekshirilganda topilmaslig

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yuqumli kasalliklarning inson salomatligiga ta'siri,ularning kelib chiqish sabablari hamda asosiy turlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yuqumli kasalliklarning inson salomatligiga ta'siri,ularning kelib chiqish sabablari hamda asosiy turlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
incubation period, tularemia, vector-borne infection, mumps, plague bacillus, tuyaremiya, transmissiv infeksiyalar, toun mikroblari, epidemikparotit, zoonoz., inkubatsion davr
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники