Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ENERGETIK ICHIMLIKLAR VA OSHQOZON SALOMATLIGI: KUCH BERADIMI YOKI ZAIF QILADIMI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · YOKI ZAIF QILADIMI
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
This article analyzes the harmful effects of cold carbonated energy drinks on the stomach. It focuses on the damage caused by caffeine, sugar, and carbon dioxide to the gastric mucosa. The study highlights how cold beverages lower stomach temperature, disrupt digestion, and may contribute to the development of gastritis and gastric ulcers. The increasing consumption of energy drinks among young people poses a threat to their health. The importance of a healthy lifestyle is emphasized, and a cautious approach to energy drinks is recommended. Keywords: energy drinks, stomach health, carbonated beverages, caffeine, gastritis, digestion, cold drinks, gastric ulcer, youth health, healthy lifestyle. Energetik ichimliklarning oshqozon va organizmga ta’siri. Bugungi kunda energetik ichimliklar, ayniqsa yoshlar orasida juda mashhur. Ularning tarkibida mavjud bo‘lgan kofein, shakar, karbonat angidrid va boshqa sun’iy qo‘shimchalar vaqtinchalik tetiklik va energiya berish uchun ishlatiladi. Biroq, bu ichimliklarning oshqozon va butun organizmga ta’siri haqida yetarlicha ma’lumot yo‘q emas. Ushbu maqolada energetik ichimliklarning oshqozon shilliq qavati, ovqat hazm qilish tizimi va umuman sog‘liqka bo‘lgan zararli ta’sirlari keng tahlil qilinadi. Tarkibiy moddalarning oshqozonga ta’siri. Energetik ichimliklarning asosiy faol komponenti – kofein. Kofein oshqozon kislotaliligini oshiradi, bu esa oshqozon shilliq qavatining himoya mexanizmlarini zaiflashtirib, gastrit va oshqozon yarasi rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, ichimliklardagi shakar miqdori yuqori bo‘lib, u oshqozon-ichak traktining mikroflorasini buzadi, bu esa ovqat hazm qilish jarayonini susaytiradi. Karbonat angidrid gazlari esa oshqozon devorini ichkaridan kengaytirib, bosimni oshiradi va natijada diskomfort, qorin shishishi va gaz 332 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” muammolariga sabab bo‘ladi. Energetik ichimliklarning sovuq holatda iste’mol qilinishi oshqozon haroratini pasaytirib, fermentlarning faoliyatini susaytiradi. Bu holat oshqozon-ichak tizimining ishlashini buzadi va ovqat hazm qilishdagi samaradorlikni pasaytiradi. Energetik ichimliklar va oshqozon refluks kasalligi (GERD). Energetik ichimliklarda mavjud bo‘lgan kofein va karbonat angidrid oshqozon kislotasining oshishini kuchaytiradi, bu esa o‘z navbatida oshqozon ostidagi qorin bo‘shlig‘iga kislota qaytishini (refluks) ko‘paytiradi. GERD — oshqozon kislotasi qizilo‘ngachga qaytishi natijasida yuzaga keladigan surunkali kasallik bo‘lib, bu ko‘krak qafasida achishish, yo‘tal va ovqat hazm qilishda noqulaylik keltirib chiqaradi. Energetik ichimliklar va oshqozon mikrobiomiga ta’siri. Oshqozon va ichak mikrobiomi — bu mikroorganizmlar jamoasi bo‘lib, u ovqat hazm qilish, immunitet va boshqa ko‘plab jarayonlarga ta’sir qiladi. Energetik ichimliklardagi yuqori shakar va sun’iy qo‘shimchalar mikrobiomning buzilishiga olib keladi. Bu esa oshqozon-ichak yo‘lining yallig‘lanishiga, ovqat hazm qilish muammolariga va allergik reaksiyalarga moyillikni oshiradi. Energetik ichimliklarning oshqozon haroratiga ta’siri va stress reaktsiyasi. Sovuq gazli ichimliklar oshqozon haroratini pasaytirib, organizmda stress reaktsiyasini keltirib chiqaradi. Bu esa oshqozon qattiq ishlashga majbur bo‘lib, ferment ishlab chiqarish jarayonida muammolar yuzaga keladi. Natijada ovqat hazm qilish sekinlashadi va oziq-ovqat to‘liq hazm bo‘lmay qoladi. Energetik ichimliklar va oshqozon qon tomirlariga ta’siri. Kofein qon tomirlarini qisqartiruvchi ta’sirga ega. Oshqozon devoridagi kichik qon tomirlari torayib, ozuqa va kislorod yetkazilishining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu oshqozon shilliq qavatining zaiflashishiga va yaralar hosil bo‘lish xavfini oshiradi. Energetik ichimliklar va oshqozon qattiqlashuvi (fibroz). Doimiy ravishda zararli moddalarga ta’sir qilgan oshqozon shilliq qavati asta-sekin qattiqlashishi mumkin — bu jarayon fibroz deb ataladi. Fibroz oshqozon faoliyatining pasayishiga, ovqat hazm qilishdagi qiyinchiliklarga olib keladi. Energetik ichimliklar va ichak mikroflorasi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, energetik ichimliklar tarkibidagi yuqori shakar va kofein miqdori ichak mikroflorasini buzadi. Bu esa nafaqat ovqat hazm qilishda muammolarni, balki umumiy immunitetning pasayishini ham keltirib chiqaradi. Organizmning himoya kuchi susayadi va yallig‘lanish jarayonlari kuchayadi. Energetik ichimliklar iste’moli va psixologik holat. Uzoq muddatli energetik ichimlik iste’moli organizmda asabiylikni kuchaytirib, uyqusizlikni yuzaga keltiradi. Bu holat oshqozon ish faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, oshqozon bezovtaligini kuchaytiradi. Energetik ichimliklar va oshqozon-ichak trakti yallig‘lanishi. 333 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” 1-rasm. Gastrit klinik belgilari. Uzoq muddatli va muntazam energetik ichimliklar iste’moli oshqozon va ichak shilliq qavat
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the harmful effects of cold carbonated energy drinks on the stomach.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the harmful effects of cold carbonated energy drinks on the stomach. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- energy drinks, stomach health, carbonated beverages, caffeine, gastritis, ovqat hazm qilish, oshqozon salomatligi, Energetik ichimliklar, gazli ichimliklar, gastrit, kofein, sovuq ichimliklar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025