Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AFROSIYOB – JONSIZ TUPROQ ICHIDA JONLANGAN TARIX
Xayrullayev Umidjon · Farhodjonova Ziyoda
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
O’zbekistonning qadim tarixida o’zining salmoqli o’rniga ega bo’lgan Afrosiyob Qadim Turonning markazi hisoblanib boy tariximizda muhim o’rinni egallaydi. Qadim Afrosiyob barcha afsona va rivoyatlarimiozda tilga olinadi. Kalit so’zlar: Turon, Shohnoma, Alp Er To’nga, eski shahar, devoriy rasm, arxeologik qoʻriqxona. Qadim zamonlar pinhon qoldirgan sirlarga boy yer osti qatlami ba’zan o‘z tilida so‘zlaydi. Afrosiyob — ana shunday jimjitlikni buzib, ming yillik tarixni tuproq orasidan ochib bergan maskanlardan biridir. Samarqandning shimoliy-sharqiy chekkasida joylashgan bu tepalik oddiy bir xaroba emas, balki butun Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining tarixiy yodgorligidir. Yillar, hatto asrlar o‘tishi bilan ko‘milgan, unut bo‘lgan bu maskan bugun arxeologlar, tarixchilar va sayyohlar uchun qimmatli xotira manbaiga aylangan. “Afrosiyob” deb nomlangan bu tepalik xalq xotirasida o‘ziga xos o‘rin egallagan. Eronlik shoir Firdavsiy o‘zining “Shohnoma” asarida bu nomni Turon podshosi sifatida tilga oladi. Ana shu afsonaviy nom bugungi kunda qadimiy Samarqand xarobalari ustiga singib ketgan. Bunday tarixiy joylar o‘tmish bilan bugun orasidagi ko‘prik, unutilgan haqiqatlarning jonlanish manbai. Afrosiyob –Shaharning mazkur qadimgi nomi miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda Turon davlatini boshqargan harbiy sarkarda va mashhur davlat arbobi Afrosiyob nomidan kelib chiqqan. Turkiy manbalarda u Afrosiyob Er Toʻngʻa, forsiy manbalarda Afrosiyob nomi bilan tilga olinadi1. Koʻpchilik mutaxassislar Afrosiyobni hozirga qadar afsonaviy timsol sifatida eʼtirof etadi. Ammo Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshgʻariy, Alisher Navoiyning asarlarida va yana koʻplab boshqa manbalarda u real tarixiy shaxs ekani qayd qilinadi. Afrosiyob nomi tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan XVII asrdan boshlab qoʻllaniladi. Afrosiyob hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutash keng tepaliklardan iborat boʻlib, uning maydoni 219 gektar. Tepalikning shimoli Siyob arigʻi bilan chegaralangan. Janubiy tomondan “eski shahar” deb atalgan qismi Samarqandga qoʻshilib ketgan2. Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Asosiy maʼlumotlar koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida qoʻlga kiritilmoqda. Arxeologik qazishmalar qalin madaniy qatlamlarning qanday boʻlganligiga aniqlik kiritish bilan birga boylar va kam bagʻallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning doʻkonlarini, koʻcha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan taʼminlanish tizimi aniqlashga yordam beradi. II jahon urushidan keyin Oʻz FA Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan A.I.Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari 1 Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma” asar 1 – jild . 2 O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi 1 – jild, 92 – bet. 606 Iyun, 2025-Yil oʻtkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi VI–V asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. Ya.Gʻ.Gʻulomovlar (1967–70) va V.A.Shishkin (1958–66) rahbarligida olib borilgan keng koʻlamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam namunalari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966-yil 13-iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks oʻrganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Afrosiyob “arxeologik qoʻriqxona” deb eʼlon qilinib, uni oʻrganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat universitetlari hamda Madaniyat vazirligining Sanʼatshunoslik instituti olimlari safarbar etildi. Aniq ilmiy reja asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning koʻp asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan boʻhronlar davri aniqlandi. Samarqand ixshidlarining shohona saroyi ochildi3. Nega aynan Afrosiyob deb nomlangan ? bu nomning kelib chiqishi haqida ikki xil qarash mavjud. Afsonaviy talqin : Firdavsiyning “Shohnoma”da Afrosiyobning oxirgi kunlarida bir g’or Ichida yashiringani va o’sha yerda halok bo’lgani haqida yozilgan. Ba’zilar bu g’orni aynan Afrosiyob tepaliklaridagi yer osti yo’laklari deb hisoblashadi. Shu sababli xalq og’zaki tarixida bu joy Afrosiyob nomi bilan ataladi4. Ilmiy – arxeologik talqin : Tarixchilarning fikriga ko’ra, “Afrosiyob” – bu afsonaviy nom bo’lib, aslida so’g’diy shaharning xarobalariga berilgan atama. Arxeologlar Afrosiyob tepaligidagi qazishmalarni shunchaki “qadimgi Samarqand” emas, Afrosiyob deb atashadi – bu tarixiy xotiradir5. 1989-yildan boshlab Afrosiyobni arxeologik jihatdan tadqiq etish ishiga fransuz arxeologlari – Pol Bernar, Frans Grene va boshqalar jalb etilgan. Fransuz arxeologik missiyasi Oʻzbekiston arxeologlari bilan birga Afrosiyobni oʻrganishda qatnashmoqda. Oʻzbek va fransuz olimlarining hamkorlikda olib borgan tadqiqot natijalari qadimgi Samarqand tarixiga oid qator masalalarga aniqlik kiritdi,
Доказательный фрагмент
«O’zbekistonning qadim tarixida o’zining salmoqli o’rniga ega bo’lgan Afrosiyob Qadim Turonning markazi hisoblanib boy tariximizda muhim o’rinni egallaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюO’zbekistonning qadim tarixida o’zining salmoqli o’rniga ega bo’lgan Afrosiyob Qadim Turonning markazi hisoblanib boy tariximizda muhim o’rinni egallaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Turon, Shohnoma, Alp Er To’nga, devoriy rasm, arxeologik qoʻriqxona., eski shahar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025