К содержанию
РецензированоUZ2025

UZOQ VA YAQIN XORIJIY MAMLAKATLAR PSIXOLOGIYASIDA EMOTSIONAL ZO‘RIQISH MUAMMOSINING O‘RGANILISHI

ZO‘RIQISH MUAMMOSINING O‘RGANILISHI · Husniddin Qobilov

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes how the problem of emotional stress in far and near foreign countries has been studied in psychology. In Western countries, emotional stress is studied more in the context of individual stress and burnout at work, while in near foreign countries, the role of socio-cultural factors and family support is of great importance. The research compared theoretical approaches and practical methods and showed the need to develop cross-culturally integrated stress management strategies. Keywords: emotional stress, stress, burnout, psychological health, cross-cultural research, social support, psychological stress management. Аннотация. В статье анализируется, как проблема эмоционального стресса в странах дальнего и ближнего зарубежья изучалась в психологии. В западных странах эмоциональный стресс изучается больше в контексте индивидуального стресса и выгорания на работе, тогда как в странах ближнего зарубежья большое значение имеет роль социокультурных факторов и поддержки семьи. В исследовании сравнивались теоретические подходы и практические методы, а также показывалась необходимость разработки кросс-культурно интегрированных стратегий управления стрессом. Ключевые слова: эмоциональный стресс, стресс, выгорание, психологическое здоровье, кросс-культурные исследования, социальная поддержка, управление психологическим стрессом. Hozirgi kunda globalizatsiya va zamonaviy hayotning shiddatli sur’atlari insonlarning psixologik holatiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shaxslar ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy bosimlarga duch kelib, natijada emotsional zo‘riqish — ya’ni stress, ruhiy bosim va charchoq holatlari ko‘paymoqda. Emotsional zo‘riqish insonning psixofiziologik salomatligini, ish unumdorligini va umuman hayot sifatini pasaytirishi bilan jamiyatda katta ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda [Lazarus, 1999; Maslach & Leiter, 2016]. Emotsional zo‘riqishni o‘rganish psixologiya fanining markaziy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlarda har xil nazariy va amaliy yondashuvlar asosida rivojlanmoqda. G‘arb mamlakatlarida asosan individual stress va uning ish joyidagi ko‘rinishlari, 599 Iyun, 2025-Yil emotsional charchoq va burnout holatlari keng o‘rganilsa, yaqin xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy- madaniy kontekst, oilaviy va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashi kabi omillar stressni boshqarish tizimlarining muhim qismi sifatida tadqiq etilmoqda [Chen et al., 2018; Bodalev, 2002]. Zamonaviy inson hayoti murakkab ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muhitda kechmoqda. Bu esa shaxs ongida turli emotsional reaksiyalarning, psixologik zo‘riqish holatlarining vujudga kelishiga olib kelmoqda. Emotsional zo‘riqish (stress) zamonaviy psixologiyaning eng ko‘p o‘rganilgan, eng murakkab va ko‘p qirrali tushunchalaridan biridir. Deyarli barcha mamlakatlarda ushbu holatga e’tibor berilmoqda, ammo har bir jamiyatning ijtimoiy-madaniy konteksti, iqtisodiy darajasi, psixologik maktablar rivoji va sog‘liqni saqlash tizimi uning yechimini turlicha yo‘llar bilan izlashga olib kelmoqda. Uzoq xorij mamlakatlari — AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya; va yaqin xorij mamlakatlari — Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston tajribasi bu borada o‘ziga xos model va yondashuvlarni taklif etadi. Psixologiyada stress tushunchasiga ilk asos solganlardan biri kanadalik olim Hans Selye bo‘lib, u stressni organizmning har qanday tashqi yoki ichki tahdidga fiziologik va psixologik moslashuv jarayoni deb ta’riflagan. U “umumiy moslashuv sindromi” modelini taklif qildi, bu uch bosqichdan iborat: xavotir (alarm), qarshilik (resistance), charchash (exhaustion). Ushbu model shunchalik keng tarqaldiki, bugungi kunda ham ko‘plab mamlakatlar psixologik klinikalari, stress diagnostikasi metodikasi aynan shu modelga tayangan holda ishlab chiqiladi. AQSh psixologiyasida emotsional zo‘riqishga bo‘lgan yondashuv ko‘p jihatdan kognitiv- behavioral yo‘nalish asosida shakllangan. Richard Lazarus tomonidan ishlab chiqilgan “kognitiv baholash nazariyasi” stressni odamning vaziyatga nisbatan bahosi asosida izohlaydi. Unga ko‘ra, odam biror hodisani xavfli deb baholasa, stress yuzaga keladi. Shuningdek, AQShda stressga qarshi kurashishda psixoterapiya, psixoanaliz, muqobil tibbiyot, ruhiy gigiyena va psixologik maslahatlar tizimi keng rivojlangan. Harbiylar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, ofis xodimlari va hatto bolalar uchun stressni kamaytirish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Davlat darajasida ham turli grantlar, ijtimoiy salomatlik loyihalari doirasida stress monitoringi amalga oshiriladi. Yevropa mamlakatlarida, ayniqsa, Germaniya va Skandinaviya davlatlarida stressga yondashuv ancha chuqur va tizimli. Bu davlatlarda ish joylaridagi ruhiy salomatlikka katta e’tibor beriladi. Germaniyada stress ish joyidagi psixososial xavf sifatida baholanadi va mehnat qonunchiligida bu muammo yuzasidan ish beruvchiga javobgarlik yuklatilgan. Shvetsiyada esa stress profilaktikasi

Доказательный фрагмент

«This article analyzes how the problem of emotional stress in far and near foreign countries has been studied in psychology.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes how the problem of emotional stress in far and near foreign countries has been studied in psychology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emotional stress, stress, burnout, psychological health, cross-cultural research, madaniyatlararo tadqiqotlar, psixologik salomatlik, psixologik stressni boshqarish., emotsional zo‘riqish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники