К содержанию
РецензированоUZ2025

O’ZBEK KOMPOZITORI X.AZIMOVNING XAYOTI VA IJODI

Shaxobiddinova Azizaxon Shavkatjon qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

The article highlights the life and work of Uzbek composer Kholmirza fayzullayevich Asimov. It is reported that the composer is not only a talented pianist, a talented composer, a passionate teacher, but also a leading methodologist in this field, who contributed to the development of Uzbek piano creativity. Keywords: composer, piano, ensemble, creative, fruitful, selfless activity. O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, mohir pedagog, sozanda va kompozitor X.Azimov san’atkor bo’lish istagida bolalaigidan musiqaga qiziqdi, shu sohada mashshaqqatli hayot va ijod yo’lini bosib o’tib, o’zbek yigitlari orasida ilk oliy ma’lumotli pianinochi, keyinchalik kompozitor sifatida tanildi. O’zbekistonda maxsus musiqa ta’limi hamda zamonaviy fortepiano ijrochiligining shakllanishi va rivojlanishiga Xolmirza Fayzullayevich Azimov katta hissa qo‘shdi. U mohir sozanda, jonkuyar ustoz, taniqli musiqa ijodkori va targ‘ibotchisi edi. Bo‘lajak san’atkor Namangan shahrida tavallud topib, musiqa bilim yurtida tahsil ko'rdi. Bilim yurtida o‘qishi davrida u ilk bor fortepianoda chalish ko‘nikmalarini o‘zlashtirdi. Keyinchalik fortepiano uning eng sevimli cholg'usiga aylanib qoldi. Yosh pianinochi maxsus fortepiano ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olishni davom ettirish maqsadida Toshkent davlat konservatoriyasiga o‘qishga kirdi. Xolmirza Azimov 1954 yilda o'zbek milliy kadrlaridan yetishib chiqqan birinchi pianinochi sifatida o‘qishni muvaffaqiyatli tugalladi. Ustoz oliy musiqa o‘quv yurtida umrining oxirigacha mehnat qilib, yuqori malakali mutaxassislarni tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatdi. o’qituvchi, dotsent, fakultet dekani, kafedra mudiri, ilmiy ishlar bo'yicha prorektor, professor lavozimlarida uning ibratli faoliyati musiqiy ta’lim samaradorligini oshirishga qaratildi. X. F. Azimovning 1960-70- yillarda ba’zan yakka, ko‘proq esa turli ixcham ansamblfar tarkibidagi sahna ijrochiligi orqali O‘zbekiston kompozitorlarining xilma-xil asarlari, shuningdek, chet el mumtoz musiqasi tez-tez yangrab turdi. Xolmirza Fayzullayevich Azimov nafaqat mohir 592 Iyun, 2025-Yil pianinoshi, iqtidorli kompozitor, jonkuyar muallim, balki mazkur sohada yetakchi uslubiyotchi- olim sifatida respublikamizda keng tanildi. U musiqa ta’limining boshlang‘ich, o‘rta va oliy bosqichlarida ko‘p yillar mobaynida samarali mehnat qilib, o‘ziga xos maktab yaratishga muvaffaq bo‘ldi. X.F.Azimov ko‘lami keng, serqirra va fidokorona faoliyati uchun ,,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Taniqli ustoz bo‘lajak musiqachilarda kasb ko‘nikmalarini hosil qilish bilan bir vaqtda fortepiano cholg‘usi vositasida bolalar va o‘smirlaming umummusiqiy qobiliyatini o‘stirish, badiiy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish- ga alohida diqqat-e’tibor qaratdi. Shu bilan birga X.Azimov jahon mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda o‘zbek milliy kuy-ohanglari zaminida fortepiano uchun yaratilgan, qayta ish- langan yoki unga moslashtirilgan, o‘quv jarayonida turli maqsadlarga yo‘naltirilgan qiziqarli, jarangdor asarlar bilan o‘quv dasturlarini boyitishga munosib hissa qo‘shdi. Bu borada atoqli san’atkor mavjud misollar bilan kifoyalanmay, o‘nlab ol7bek xalq kuy va qo‘shiqlarini fortepiano uchun moslashtirdi, qayta ishladi, yosh sozandalarga bag‘ishlab katta-kichik shakllarda mazmundor asarlar bastaladi. U ilk bor o‘zbek musiqasi asosida "Fortepiano darsligi"ni yaratib, 1971 yilda nashr ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng ham talabchan muallif darslik ustida ilmiy-ijodiy izlanishlarni davom ettirdi, uni yangi-yangi, qisman o‘zi ijod etgan musiqiy namunalar bilan to‘ldirib bordi, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqdi. Xolmirza Azimov bolalar musiqa maktabida bir necha yillar davomida o‘qituvchilik qilib, o‘z darsligini amaliy sinovdan o‘tkazdi. Bu sa’i-harakatlar natijasida nisbatan mukammal, hozirgi zamon talab va ehtiyojlarini qondira oladigan, o‘zbek pianinochilarini tarbiyalashda qo‘l keladigan darslikning yangi qo‘lyozmasi tayyorlandi. Afsus, uning nashrini ko‘rish muallifga nasib etmadi.

Доказательный фрагмент

«The article highlights the life and work of Uzbek composer Kholmirza fayzullayevich Asimov.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article highlights the life and work of Uzbek composer Kholmirza fayzullayevich Asimov. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
composer, piano, ensemble, creative, fruitful, selfless activity, serqirra, fidokorona faoliyat., ansambl, kompozitor, fortepiano, ijodkor
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники