К содержанию
РецензированоUZ2025

BUXORO YAHUDIYLARI TARIXIGA BIR NAZAR

Sadullayev Umidjon Shokirovich · Salimova Parvinabonu Ravshan qizi

Современная наука и исследования · 1 · 551-556 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada yahudiylar haqida tarixiy faktlar va ularning Buxoroga qanday ko’chib kelishi, Buxoro yahudiylari deb nom olishi va qanday mashg’ulotlar bilan shug’ullanganligi, sovet davridagi yahudiylarning ijtimoiy-siyosiy huquqlari va ularning jamiyatdagi o’rni tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Buxoro yahudiylari, sof yahudiy, haqiqiy yahudiy, rus yahudiylari, ashkenaz, diaspora, karaim, ravvin. Buxoro yahudiylari tarixi asrlarga borib taqaladigan dunyodagi eng qadimiy yahudiy jamoalaridan biri hisoblanadi. Ikki ming yildan ortiq vaqt davomida bu jamoa o'z e'tiqodi va milliy o'ziga xosligini saqlab qolishdi. Yahudiylik dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Yahudiylik miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan yakkaxudolik g’oyasini targ’ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo’lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylar O’rta Osiyoga qadim zamonlardan ko’chib kelganlar. Ularning ko’chib kelishlari haqida turli xil rivoyatlar mavjud. Miloddan avvalgi 586 yilda Bobil shohi Navuxodonosor deyarli ikki yillik qamaldan so'ng Quddusni bosib oldi va uning xazinalari Bobilga olib ketildi. Yahudiya qirolligi o'z faoliyatini to'xtatdi. Quddusdan va mamlakatning boshqa shahar va qishloqlaridan yahudiylarni ommaviy quvg'in qilish sodir bo'ldi. "Va yahudiylar o'z yurtlaridan surgunga ketishdi", deyiladi. Hunarmandlar, bilimdonlar, savdogarlar, taxminan 50 ming kishi Bobilga olib ketilgan. Birinchi ko‘chmanchi yahudiylar Buxoroga VII asrda sosoniylar Eronda mag‘lubiyatga uchragan va u yerda xalifalik hokimiyati o‘rnatilgach, ko‘chishni boshlagan. Ular eronlik qochqinlar bilan birga bu yerga qochib, shu yerda o‘z qarorgohlarini tashkil etishgan. Ular sosoniylarning rasmiy tili boʻlgan pahlaviy tilida, qadimgi soʻgʻd tili lahjasida soʻzlashgan. Keyinchalik Buxoroda yangi eroniy dari tili yaratildi va ular uni tezda o'zlashtirdilar, lekin pahlaviy tilining elementlarini saqlab qoldilar. Shuning uchun ularning tili ahamoniylarning qadimgi eron tili, pahlaviy va dari tillari bilan turkiy til elementlarining qorishmasidan iborat. U hozirgi tojik tilining asosiga aylandi. Shuning uchun Afg'oniston va Pokistonning shimoliy hududlarida yashovchi haqiqiy tojiklar butunlay boshqa tillarda, mahalliy lahjalarda gaplashadi. Yahudiy xalqining bir qismi o’lkadan haydab chiqarildi. Bu esa yahudiylarning Osiyo o’lkalari bo’ylab tarqalib ketishiga sabab bo’ladirta . Hatto miloddan avvalgi VIII asrlarda ba’zi yahudiylar Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o’lkalarda boshpana topganliklari haqida ham ma’lumotlar bor. Fors davlati ma’lum muddat Osiyoni o’z hukmi ostida tutib turgan va xuddi shu davrda yahudiylarning ko’chib kelishi boshlangan. Arab tarixchilarining ma’lumotlariga ko’ra, Sharqda yahudiylar tomonidan “Yahudiya” deb ataladigan shaharlar qurilgan. Shunday shaharlardan biri Marv shahri yaqinida bo’lgan. 2. X-XIII asrlar Buxoro yahudiylari uchun ma’naviy-ruhiy jihatdan o’sish davri bo’ldi. Ular Iroq yahudiy markazidan uzoqda, O’rta Osiyo hududlarida yahudiylikka oid qarashlarini rivojlantirdilar va Tavrot qonunlariga moslashtirdiladi. IX-X asrlarda O’rta Osiyoda karaimlar deb 578 Iyun, 2025-Yil ataladigan yahudiy sektasi paydo bo’ladirta . Bu sekta tarafdorlari faqat Tavrotni tan olar, Talmudni esa inkor qilar edilar. X asr O’rta Osiyo karaimlarining ko’zga ko’ringan rahnamolaridan biri g’aznalik Menexem Talmud tarafdorlariga qarshi o’z fikrlarini isbotlash uchun Iskandariyaga safar qilgan. Karaimlar sektasi namoyandalaridan yana biri Xivi al-Balxiy ko’plab asarlar yozib, ularda Talmudni tanqid qilgan va uning ishonchliligiga shubha bilan qaragan. Arablar tomonidan bosib olingan Buxoro markazlashgan Somoniylar, keyinroq qoraxoniylar, Anushtegeniylar (Xorazmshohlar) davlatining poytaxtiga aylandi va yahudiylarning amalda ikkinchi vataniga aylandi. Ularda savdo va hunarmandchilik rivojlangan. Bu yerdan Turkistonning boshqa shaharlariga joylasha boshladilar. Ularning ibodatxonalar bilan jamoalari Shahrisabz, Shirobod, Hisor, Samarqandda paydo boʻlgan. Amir Temur tashabbusi bilan Buxoroga yahudiylarning yangi guruhi keldi. Ularning aytishicha, Sherozda (Eron) Amir Temurga ajoyib go'zallikdagi ipak mato sovg'a qilingan. Uni yasagan hunarmandlarga qiziqib qoladi. Ma’lum bo‘lishicha, hunarmandlar yahudiylar ekan. Amir Temur ularni Buxoroga ko‘chib o‘tishni taklif qilganida, yahudiy hunarmandlari bir shart qo‘ydilar: agar bir vaqtning o‘zida o‘nta oilaga ruxsat berilsa, ko‘chib ketishadi, chunki “ularning qonunlariga ko‘ra, namozni kamida o‘n nafar voyaga yetgan erkak ishtirokida o‘qish mumkin”. Temur rozi bo'ldi. Buxoroga o‘nta mohir bo‘yoqchilar oilasi ko‘chib kelgan. Ular Buxoro amirligi davrida sanoatning alohida tarmogʻi: ipak va ipni boʻyash uchun boʻyash sexlarini yaratdilar. XX asrning oxiriga kelib, Buxoro yahudiy jamoasi 8000 ga yaqin, yaʼni shahar aholisining oʻn ikki foizini tashkil etdi va Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand, Qoʻqon, Andijon, Margʻilon va Navoiy shaharlaridag

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yahudiylar haqida tarixiy faktlar va ularning Buxoroga qanday ko’chib kelishi, Buxoro yahudiylari deb nom olishi va qanday mashg’ulotlar bilan shug’ullanganligi, sovet davridagi yahudiylarning ijtimoiy-…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yahudiylar haqida tarixiy faktlar va ularning Buxoroga qanday ko’chib kelishi, Buxoro yahudiylari deb nom olishi va qanday mashg’ulotlar bilan shug’ullanganligi, sovet davridagi yahudiylarning ijtimoiy-… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
karaim, ashkenaz, ravvin., haqiqiy yahudiy, sof yahudiy, Buxoro yahudiylari, diaspora, rus yahudiylari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники