К содержанию
РецензированоUZ2025

TA’LIM TRANSFOTMASIYASI SHAROITIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSTSIYLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGOGIK ZARURIYATI

O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSTSIYLARINI · RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGOGIK ZARURIYATI · Beknazarova Muxlisa

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article examines the pedagogical necessity of developing professional competencies of future primary school teachers in the context of educational transformation. The competencies, pedagogical conditions and development directions necessary for teachers to successfully function in the modern education system are analyzed. The article emphasizes the importance of ensuring the professional development of teachers, the use of innovative approaches and a practice-oriented educational process. Keywords: educational transformation, primary school teachers, professional competencies, pedagogical conditions, innovative approaches, professional development, practice- oriented education. Kirish. Hozirgi vaqtda ta’limni modernizatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish o‘qituvchilarning kasbiy, shaxsiy va ijodiy salohiyatini yangilashni taqozo etmoqda. Bunga sabab jadallik bilan rivojlanib, yangilanib borayotgan axborot asrida ma’lumotlarning tez eskirishi, ishchi kuchini texnika bilan o‘rin almashinishi, sun’iy intellektning insonlar vazifasini bir qismini bajargan holda o‘z ustida ishlamaydigan xodimga o‘rin qoldirmayotgani va inson tomonidan bajarilayotgan ko‘p ishlarni kompyuterlashtirilayotganini misol qilib keltirishimiz mumkin. Zamonaviy jamiyatda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, uning yuqori rivojlanish dinamikasi, ijtimoiy ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, tubdan yangi texnikalarni joriy etish, ta’limni rivojlantirishga qodir 575 Iyun, 2025-Yil bo‘lgan faol va ijodiy shaxsni tarbiyalash zarurati bilan to‘qnashadi. O‘zini o‘zi rivojlantirish, tarbiyalash, yangi ma’lmotlarni mustaqil ravishda idrok etish va baholash, qarorlar qabul qilish, yangi professional g‘oyalarni yaratish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbi va shaxsi oldida turgan muhim vazifasidir. Ana shunday insongina jamiyatni taraqqiyotning yangi chegaralari sari yetaklay oladi. Ta’lim transformatsiyasi jarayoni, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun zamonaviy ta’lim tizimida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolada pedagogik shart- sharoitlar, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va metodologiyalari ko‘rib chiqiladi. 1. Pedagogik Shart-sharoitlar Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda bir qator pedagogik shart-sharoitlar mavjud: • Ta’lim dasturlari va standartlari: Zamonaviy ta’lim dasturlari, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bu dasturlar o‘qituvchilarga yangi pedagogik texnologiyalarni, innovatsion metodlarni o‘zlashtirish imkonini beradi. • O‘qitish jarayonida amaliyot: O‘qituvchilarning amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limi, ularning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirishda muhim ahamiyatga ega. Amaliyot davomida o‘qituvchilar real sharoitlarda o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va tajriba orttirishlari mumkin. • O‘z-o‘zini baholash va refleksiya: O‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini baholash va refleksiyalash orqali o‘z kompetensiyalarini yanada rivojlantirishi mumkin. Bu jarayon o‘z-o‘zini anglash va professional o‘sishga olib keladi. 2. Kasbiy Kompetensiyalar V.I. Baydenko “kasbiy kompetentlik” tushunchasini quyidagicha tavsiflagan: o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yuritish uchun zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarga, kasbiy muammolarni qisman hal etishda bir vaqtda avtonomik va egiluvchanlik xususiyatlarga ega bo‘lish; kasbiy shaxslararo muhitda hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish; insonga hozirgi zamon mehnat muhitida ish faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar, xususiyatlar va ko‘nikmalarning integrallashgan birlashuvi; faoliyat mezoni (sifat o‘lchovi), qo‘llash sohasi, talab etiladigan bilimlarni o‘z ichiga olgan standartlarni loyihalash tuzilmasi.(2,72). Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlarni umumlashtirgan holda V.I.Baydenko kasbiy kompetentlikni ish-faoliyat talablariga mos ravishda harakat qilishga, duch kelinadigan muammolarni mustaqil ravishda hal qilishga, shu bilan bir qatorda o‘z ish-faoliyati natijalari, ya’ni mos ko‘nikma va malaka, texnik usullarni baholay olishga tayyorligi va qobiliyati sifatida tushunadi. Pedagog olimlarning fikricha, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari quyidagi funksional komponentlarni bilishi kerak: o‘quv materiallarini tayyorlash va taqdim qilish; o‘quvchilarni bilim va shu bilan birga tarbiya olishga qiziqtira olish; o‘quvchilarda uchraydigan turlicha kamchiliklarni bartaraf etishiga ko‘maklashish; muntazam ravishda o‘quvchilarni nazoratiga olish. 576 Iyun, 2025-Yil Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • Pedagogik kompetensiya: O‘qituvchilar o‘z talabalariga ta’lim berish jarayonida pedagogik bilimlarni sama

Доказательный фрагмент

«This article examines the pedagogical necessity of developing professional competencies of future primary school teachers in the context of educational transformation.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the pedagogical necessity of developing professional competencies of future primary school teachers in the context of educational transformation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
educational transformation, primary school teachers, professional, kasbiy kompetensiyalar, pedagogik shart-sharoitlar, professional rivojlanish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, innovatsion yondoshuvlar, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim., ta’lim transformatsiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники