К содержанию
РецензированоUZ2025

KO’HNA VA BOQIY BUXORONING TARIXIY OBIDALARI

Rahmonova Sanoat · Nabiyeva Marjona Sulaymonovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Boqiy Buxoroning tarixiy obidalari haqida ma’lumotlar berilgan. Tarixiy obidalar bugungi kunda ham o’zining ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Aksincha qanchadan qancha xorijiy turistlarni jalb qilib, nafaqat O’zbekistonni nomini butun dunyoga mashhur qilibgina qolmay, balki iqtisodiy jihatdan ham sarmoya daromat keltirib turibdi. Kalit so’zlar: Minorai kalon, Mir Arab madrasasi, Labi hovuz, Sitorai Mohi Xosa. Minorai kalon - bu Buxoro shahridagi me'moriy yodgorlik bo'lib, Poyi Kalon me'moriy ansamblining bir qismi hisoblanadi. Minora 1127-yilda Qoraxoniylar davlati hukmdori Arslonxon tomonidan qurilgan. Ko‘rkam inshhot Baqo ismli mahalliy meʼmor tomonidan qurilgan. Minoraning balandligi – 47,5m Kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa- koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 105 pillapoya aylanma zina orqali chiqiladi. Minorai Kalonning asosiy vazifalari quyidagilar: 1. Din ishlari: Minorai Kalon Poyi Kalon masjidiga aholini bayram va juma namozlariga chaqirish uchun ishlatilgan. 2. Kuzatuv: Minorai Kalon urush va tinchlik paytida dushmanni kuzatish uchun ham ishlatilgan. 3. Asosiy joy sifatida: Minorai Kalon Buxoro shahrining markazi boʻlib, shahar hayotida muhim rol oʻynagan. 1924- yilda tanasi va muqarnaslari taʼmir etilgan. 1960-yil Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib taʼmirlangan. 1997-yil Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan Minorai Kalonda taʼmirlash ishlari olib borildi. Minorai Kalon Buxoro shahrining noyob va koʻhna yodgorliklari qatoridan asosiy oʻrin egallagan. Mir Arab madrasasi - Mir Arab (asl ismi Sayyid Abdulloh Yamaniy) diniy ulamo . Naqshbandiya tariqati tarbiyachisi. Ubaydullaxonning piri hisoblangan. Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o’zining ma’naviy ilhomchisi Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo’lgan din peshvosi Abdulla Sabroniy tomonidan qo’llab – quvvatlanadi. U Ubaydullaxonning do’sti ham edi. Ubaydullaxon safaviylar ustidan erishgan g’alabasini Mir Arabga bag’ishlab 1533-1536-yillarda Buxoroda uning nomi bilan mashhur madrasa qurdiradi. Mir Arab madrasasi hali hamon ilm- ma’rifat o’chog’i hisoblanadi. Mir Arab Shahar markazida Shahristonda joylashgan bo’lib, ikki ulkan gumbazi bilan boshqa tarixiy binolardan ajralib turadi. Bino to’rt qavatdan iborat bo’lib, unda 114 ta xona bor. Madrasaning ichki qismi ham ajoyib tarzda loyihalashtirilgan. Hujralarni to’rtta ulkan peshtoq ajratib turadi. Madrasa O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida bo’lib , 571 Iyun, 2025-Yil sho’rolar davrida diniy o’quv yurti faoliyati vaqtincha to’xtatilgan, 1945- yilda yana tiklangan. O’quv muddati 4 yil . Kuzgi bo’limiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan o’rta va to’liqsiz o’rta ma’lumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumta’lim fanlari o’qitiladi. Talabalarga arab, ingliz, rus va fors tillari ham o’rgatiladi. 1976-yil 8-aprel va 17-mayda bo’lib o’tgan qattiq zilziladan so’ng Madrasa gumbazlari, peshtoqi, hovli ichidagi peshtoqi ham shikastlandi. Shundan so’ng 1976-1977- yillar davomida katta gumbazlar va ichki hovli peshtoqalari qaytadan ta’mirlandi. Ustalar – Il’ya Gontar va Baqo Sultonov, me’mor ustalar- Ochil Bobomurodov, Aminjon Salomov, Mubin Mo’minov va Sayfullo Norovlar bu ishda faollik ko’rsatdilar. 1997 – yilda Buxoroning 2500 yilligi bayrami arafasida Mir Arab madrasasining bosh fasadi, oldingi qismi usta Qurbon Abdualiev tomonidan ta’mirlandi. Hozirgi kunda Mir Arab madrasasining qadamiy arabcha yozuvlari va sirli koshin gullari o’rganilib , qaytadan ta’mirlanmoqda. Labi hovuz (“hovuz bo‘yida”, “havza bo‘yida”) — Buxoroning markaziy maydonlaridan biri bo‘lmish me’moriy ansambr XVI — XVII asrlarda yaratilgan. Asr o‘rtalarida Labi Hovuz jonli savdo maydoni bo‘lgan, sababi, bosh savdo ko‘chasining savdo gumbazlariga yaqinligi (ulardan biri maydondan 200 metr masofada joylashgan) va Buxorodagi qurilishlarning nihoyatda zichligidir. Labi Hovuzda saqlanib qolgan ilk inshoot 1569 - yilga tegishli bo‘lib, u shayboniylarning mansabdorlaridan bo‘lmish Abdullaxon II ning O‘rta Osiyoda yirik Ko‘kaldosh madrasasini qurilishi haqidagi buyrug‘i bilan boshlangan. 1619-1620 - yillar boshlarida vazir Imomqulixon davrida o‘zbeklarning arlat sulolasi vakili bo‘lmish Nodir Devonbegi tashabbusi va mablag‘iga qurilgan. 1623-yil vazir Nodir Devonbegi tomonidan keyinchalik Devonbegi madrasasiga aylangan karvonsaroy binosi qurdiriladi. 20 yillar Buxoroning ko‘plab boshqa hovuzlari kabi ko‘pchilik tomonidan barpo qilingan hovuz mo’jizaviy tarzda qurishdan to‘xtaydi, hovuzning saqlanib qolishida ansamblning badiiy qimmati katta rol o‘ynagan. “Sitorai Mohi Xosa” majmuasi amir Nasrulloxon davri (1826−1860-yillar) da bunyod etila boshlagan bo‘lsa-da, hozirgi soz inshootlarning deyarli bari Buxoroning so‘nggi amiri — Said Olimxon zamonida qurilgan. Buxoro hukmdorlari bu joyni suyukli rafiqala

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Boqiy Buxoroning tarixiy obidalari haqida ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Boqiy Buxoroning tarixiy obidalari haqida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Labi hovuz, Mir Arab madrasasi, Minorai kalon, Sitorai Mohi Xosa.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники