Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNING HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI
BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNING · HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI · Mamadiyeva Shoxruza
Современное образование и развитие · 3 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada innovatsiyalar iqtisodiyotni, shu jumladan tadbirkorlikni rivojlantirishning eng xarakterli jihatlaridan biriga aylanib borayotganligi hamda bozor rivojlanishini tezlashtiruvchi omil sifatida yoritilgan. Kalit so‘zlar: Innovatsiya, kapital, innovatsion jarayon, innovatsion strategiya, innovatsion tadbirkorlik, ishlab chiqarish omillari. Hozirgi vaqtda innovatsiyalar tadbirkorlikni rivojlantirishning eng xarakterli jihatlaridan biriga aylanib bormoqda. Innovatsion jarayonda jiddiy rol o‘ynaydigan hamda innovatsiyalarni korxonalar uchun strategik resursga aylantiradigan xalqaro kapital bozori kengayib bormoqda, bu boradagi yangi moliyaviy tuzilmalar unga yordam bermoqda. Ayni vaqtda shakllanayotgan yangi iqtisodiyot ko‘p hollarda “innovatsion iqtisodiyot” deb nomlanadi, bu esa o‘z novbatida innovatsiyalarning iqtisodiyotdagi rolini ta’kidlaydi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, innovatsiyalarga ko‘pincha odamlarning bevosita salbiy munosabati va pozitsiyasi to‘sqinlik qiladi. Biroq, O‘zbekistonda butun jamiyat innovatsion jarayonlarga ijobiy munosabat va qo‘llab-quvvatlashni bildirib kelmoqda, lekin aslida tadbirkorlarning faqat kichik bir qismi innovatsion tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan innovatsion tadbirkorlar bilan bog‘lanishi mumkindir. Hamma ixtirolar ham aslida innovatsiyaga aylanmaydi. Innovatsiyalar foyda keltiradigan va bozor talabini qondiradigan ixtirolar hisoblanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ilm-fan tufayli amalga oshadigan g‘oya paydo bo‘ladi va keyingi qadam bu g‘oyani tijoratlashtirish bo‘lib, ixtironi innovatsiyaga aylantiradi, daromad keltiradi. Unda shunday deyilgan: agar ilm-fan pulni bilimga aylantiradigan jarayon bo‘lsa, innovatsiya bu bilimlarni qo‘shilgan qiymat bilan pulga o‘zgartiradigan Выпуск журнала №-27 Часть–6_Июнь –2025 181 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT jarayondir. Tadbirkorlikning rivojlanishida ilmiy-texnikaviy yangiliklar asosiy omil sifatida yuzaga chiqadi. Innovatsiyalar iqtisodiy muhitni o‘z tendensiyasidan yuqori tendensiyaga o‘zgartirib, hayajonni keltirib chiqaradi, ya’ni optimistik muhitni shakllantirib boradi. Boshqa tomondan olganda, ta’lim va malakaning yaxshilanishi tufayli ishchi kuchi va boshqaruvning malaka darajasi oshib boradi. Vaqt o‘tishi bilan, ishlab chiqarishning texnologik darajasiga yuqori darajada erishish bilan, ishchi kuchining innovatsion xususiyatlari eng tez o‘sadigan xususiyatlardir, sababi malakali ishchi kuchi nafaqat yangi texnologiyalarni tezroq o‘zlashtiradi va ulardan samaraliroq foydalanadi, balki ishlab chiqarishda ham bu texnologiyalarni yaratadi. Eng asosiysi, el-yurtimiz o‘rtasida va davlat idoralarida tadbirkorlarga nisbatan munosabat o‘zgardi, jamiyatda ularning obro‘si va mavqei kun sayin tobora ortib bormoqda. Natijada ichki va tashqi bozorda o‘z mustahkam o‘rniga, nufuzi va brendiga ega bo‘lgan haqiqiy tadbirkorlarimiz sinfi shakllana boshladi. Masalan, birgina Namangan viloyatida – “Chust Textile” (aka-uka Ismatullayevlar), “Art Soft Holding” (aka-uka Boboxonovlar), Toshkent shahrida – “Techno export” (Sherzod Qosimov), Toshkent viloyatida – “New Way Industries” (Sardor Abbosxonov), Samarqandda – “Oxalik Oltin Bog‘i Mevasi” (Olim Soliyev) kabi korxonalar o‘z faoliyatini “nol”dan boshlab, hozirgi kunda 10-15 million dollarlik mahsulot eksport qilmoqda. Ayni paytda ularning har biri minglab ish o‘rinlarini yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylangani diqqatga sazovordir. Xabaringiz bor, kambag‘allikni qisqartirish, “mahallabay” ishlab, joylarda o‘sish nuqtalarini aniqlash, ishsizlikni kamaytirish, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha katta marralarni belgilab olganmiz. Bu borada davlat idoralari va xizmat ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlar tadbirkorlar bilan har kuni yaqin hamkorlikda ishlab, ularga amaliy yordam ko‘rsatishi shart. bugungi muloqotga tayyorgarlik jarayonida ko‘plab savol va takliflar tushgani sababli murojaatlarning qabul muddatini 1 avgustdan 10 avgustga qadar, ya’ni 10 kunga uzaytirishga majbur bo‘ldik. Tadbirkorlardan 15 mingdan ortiq savol, taklif va tashabbuslar kelib tushdi va shu kungacha joylarda ularning ko‘pchiligi hal etildi. Выпуск журнала №-27 Часть–6_Июнь –2025 182 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ayniqsa, Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida ishlar tizimli tashkil qilinib, tadbirkorlarimizning 90 foiz muammolari qisqa fursatlarda hal qilib berilgani, albatta, quvonarli hol. Qayerda muhit yaxshi bo‘lsa, hudud va tarmoq rahbarlari Prezident talabini to‘g‘ri tushungan bo‘lsa, o‘sha yerda ish uslubi, tadbirkorlarga munosabat o‘zgargan. Aksincha, tadbirkorning dardi bilan yashamagan, ular ko‘targan muammolarning ichiga kirmasdan, ko‘mak bermagan rahbarlar faoliyatiga esa, xalqimizning o‘zi baho beradi va bunday rahbarlarga bizning safimizda o‘rin yo‘q va kelajakda ham shunday bo‘ladi. Bir narsani barchamiz aniq tushunib olishimiz lozim. Tadbirkorlarimizning ushbu murojaatlari – amaldagi islohotlarimiz ko‘zgusidir. Shu bois har bir vazir
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada innovatsiyalar iqtisodiyotni, shu jumladan tadbirkorlikni rivojlantirishning eng xarakterli jihatlaridan biriga aylanib borayotganligi hamda bozor rivojlanishini tezlashtiruvchi omil sifatida yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada innovatsiyalar iqtisodiyotni, shu jumladan tadbirkorlikni rivojlantirishning eng xarakterli jihatlaridan biriga aylanib borayotganligi hamda bozor rivojlanishini tezlashtiruvchi omil sifatida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kapital, ishlab chiqarish omillari., innovatsion strategiya, innovatsion tadbirkorlik, Innovatsiya, innovatsion jarayon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025