Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH
TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH
Современное образование и развитие · 97-99 · 2025
Аннотация
В статье представлены результаты исследования литературы, показывающие, что развитие малого бизнеса является одной из важнейших мер повышения уровня жизни населения. Ключевые слова: предпринимательство, экономика, хозяйство, прибыль, уровень жизни, социальная защита, занятость, безработица, инновационная экономика, рыночная конъюнктура. Annotation: This article presents the results of a literature study that demonstrates that the development of small businesses is one of the most important measures to improve the living standards of the population. Keywords: entrepreneurship, economy, economy, profit, standard of living, social protection, employment, unemployment, innovative economy, market conditions. Kirish va mavzuning dolzarbligi. Kichik tadbirkorlik uzoq davrlar mobaynida inson xo‘jalik faoliyati va uning ijtimoiy hayotining tarkibiy qismi hisoblangan. Qadim zamonlardan kichik tadbirkorlikning ijti¬moiy-jamoa instituti sifatida, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar hamda foydali faoliyat sifatida mavjudligi – bularning barchasi birgalikda insoniyat jamiyati va turmushining zaruriy Выпуск журнала №-28 Часть–2_Июнь –2025 84 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT sharti hisoblanib kelingan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, aynan kichik tadbirkorlik jamiyatning rivojlanish darajasini nafaqat uning ishlab chiqarish kuchlari nuqtayi nazaridan, balki ma’naviy va ma’rifiy holatini inobatga olgan holda egalladi, desak, xato bo‘lmaydi. Dunyo mamlakatlarining ilg‘or tajribasi shundan dalolat beradiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat ijtimoiy taraqqiyotiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatib, millat iqtisodiyotining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi . Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat ijtimoiy taraqqiyotidagi alohida, o‘ziga ahamiyati shundan iboratki, u aholi daromadlarining shakllanishida, mehnatga layoqatli kishilarni ish bilan ta’minlashda, qashshoqlik va nochorlikni bartaraf etishda, o‘rta hol aholi qatlami saflarini kengaytirishda, haqiqiy ishbilarmonlarni ro‘yobga chiqarish muammosini hal etishda aholining turli tuman tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talablarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. U insonning yaxshi va farovon turmush kechirishiga bo‘lgan tabiiy intilishlari bilan uning o‘zida mujassamlashgan potensial imkoniyatlari va salohiyati o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni ta’minlash asosida barcha sotsial guruxlarni qanoatlantiradigan ijtimoiy muhit tug‘diradi, shaxs, davlat va jamiyat iqtisodiy manfaatlarini uyg‘unlashtiradi va, shu tariqa, jamiyatda ijtimoiy adolat va siyosiy barqarorlik o‘rnatishga ko‘maklashadi. Uning mamlakat iqtisodiy yuksalishidagi ahamiyati esa yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi va o‘sish sur’atlarining jadallashuvida (mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda), bozorda raqobat muhitini kuchaytirishda, milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini shakllantirishda, beqaror bozor tizimining moslashuvchanligini oshirishda, ilmiy-texnika taraqqiyotini yangi marralarga olib chiqishda, yirik korxonalarga kerakli mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish orqali ularning uzluksiz ishlashini ta’minlashda, yangi ish o‘rinlarini yaratish, resuslardan unumli foydalanish, davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish kabilarda o‘z ifodasini topadi. Adabiyot tahlili. Mamlakatning postindustrial jamiyat sari yuksalib borishi milliy iqtisodiyotda o‘ziga xos tarkibiy o‘zgarishlarni taqozo etadi. Ushbu jarayonlar ayniqsa qishloq xo‘jaligida muammoli va og‘ir kechdi. Chunki bozor iqtisodiyoti Выпуск журнала №-28 Часть–2_Июнь –2025 85 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ham xuddi boshqa soha va tarmoq tadbirkorlari singari keskin raqobat muhitida tabiiy ravishda resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslikka majbur. Qishloq joylarda iqtisodiy islohotlar natijasi bo‘lgan bunday o‘zgarishlar ushbu tarmoqda rejali, ma’muriy-buyruqbozlik tizim davrida ortiqcha band bo‘lgan mehnat resurslarining bir qismini qisqartirish, ya’ni ularni ishdan bo‘shatish muammolarini keltirib chiqardi. Bu jarayon esa, o‘z navbatida, qishloq aholisini ish bilan ta’minlash muammolarini keskinlashtirdi. Real voqelikda yuzaga kelgan bunday murakkab va dolzarb muammoni hal etishning asosiy yo‘li – kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday mas’uliyatli vazifani ushbu sektorgina o‘z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, kichik tadbirkorlik subyektlari iste’mol talabining o‘zgarishlariga hammadan tez moslashadi, bozor kon’yukturasi va vaziyatning tebranishlariga muvofiq tarzda o‘z faoliyati yo‘nalishini tez va nisbatan asoratsiz o‘zgartira oladi. Kichik tadbirkorlikning o‘ziga xos ustunliklaridan yana biri shundaki, u o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun kamroq resurs talab qiladi va bankrot bo‘lgan holda jamiyat uchun talofotli iqtisodiy oqibatlarga olib kelmaydi. Kichik korxonalarda hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarida faoliyat
Доказательный фрагмент
«В статье представлены результаты исследования литературы, показывающие, что развитие малого бизнеса является одной из важнейших мер повышения уровня жизни населения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье представлены результаты исследования литературы, показывающие, что развитие малого бизнеса является одной из важнейших мер повышения уровня жизни населения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- entrepreneurship, economy, economy, profit, standard of living, innovatsion iqtisodiyot, уровень жизни, unemployment, ishsizlik, социальная защита, innovative economy, iqtisod, прибыль, рыночная конъюнктура., хозяйство, bozor kon’yukturasi., xo‘jalik, предпринимательство, bandlik, manfaat, tadbirkorlik, market conditions., инновационная экономика, turmush darajasi, экономика, безработица, employment, ijtimoiy himoya, social protection, занятость
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025