К содержанию
РецензированоUZ2026

XAUDAK SUVIDAN AJRATIB OLINGAN TUZLAR ARALASHMASI TARKIBINI RENTGEN FLORESAN ANALIZATORI ASOSIDA O`RGANISH.

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Ushbu tadqiqot ishi yerosti sho`r suvlari tarkibini o`rganishga bag`ishlangan bo`lib, obyekt sifatida Xaudak yerosti suvi olingan va uning elementar tarkibi rentgen floresan analizatori asosida tahlil qilindi. Namunalarda eng ko`p miqdorda uchraydigan elementlardan Cl - 91-93 %, Ca – 5-6 %, va Al 0,5-1,5 % oralig`ida ekanligi ma`lum bo`ldi. Kalit so`zlar: Xaudak suvi, Uchqizil va Kakaydi suvlari, rentgen floresan. Kirish. Hozirgi kunda tarkibida turli xil ionlari bo`lgan yerosti va yerusti suvlari tarkibiga qarab turli xil sanoat maqsadlari uchun o`rganilib, mahsulot ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek yod va yod-brom uchun Xaudak, Kakaydi, Uchqizil (Surxondaryo viloyati) yerosti suvlari ham sanoat uchun muhim suvlardan hisoblanadi. Asosiy qism. Surxondaryo artezian havzasida kuchli vodorod sulfidli, yodli suvlarning 3 ta konlari aniqlandi va oʻrganildi, ularning hosil boʻlishi neft konlari va neftli jinslar bilan ham bogʻliq: Uchqizil, Xaudak, Kakaydi va Oʻrtabuloq — tarkibida yod va brom boʻlgan obyektlardir. Surxondaryo havzasi suvlarida yod miqdori 17,4-24,34 mg/l, brom 313,2-426,4 mg/l, pH 5,1-6,7, harorat 39 - 76°C, ni tashkil qiladi, minerallashuvi esa koniga qarab 142,9-283,0 g/l. Xaudag konining Kattaqum-2 qudug'i, Uchqizil yer osti sho'r suv konlari, Kakayti va O'rtabuloq yer osti sho'r suv konlari anion turiga ko'ra: bikarbonat, sulfat, xlorid hamda kationiga ko'ra: kaltsiy-magniy-natriy kationlari konsentratsiyasi yuqori hisoblanadi. Yod va brom tarkibiga ko'ra bu suvlar sanoat suvlari hisoblanadi [1]. Uchqizil, Xaudag, Kakayti va Oʻrtabuloq — tarkibida yod va brom boʻlgan obyektlardir. [2]. Xaudak yerosti suvi tarkibi jihatidan yod ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday suvlar tarkibida yod miqdori 21 mg/l dan yuqori bo`lib, bu suv qazib olingach ma`lum vaqt (2-5 sutka) davomida quyoshning ultrabinafsha nurlari ta`sirida qolganda tarkibidagi yod ionlari oksidlanib havoga chiqib ketadi. Bu suvdan 2 ta namuna olindi va 20-30 ℃ da quyosh nurlari ta`sirida 7 kun davomida bug`lantirildi. Natijada idish tubida qolgan cho`kma, tuz tarkibi rentgen floresan analizatorida analitik tahlil qilindi (1,2-rasmlar; 1,2-jadvallar) 1-rasm. Xaudak suvidan ajratib olingan 1-namuna tuzning rentgen floresan analizatori asosida olingan spektr rasmi. 304 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” 1-jadval Xaudak suvidan ajratib olingan 1-namuna tuzning rentgen floresan analizatori asosida olingan miqdoriy natijasi. Analyte Result (%) [3 sigma] Proc.Calc. Line Int.(cps/uA) Cl 92.683 % [ 0.287] Quan-FP ClKa 32.2565 Ca 5.206 % [ 0.076] Quan-FP CaKa 1.3996 Al 1.020 % [ 0.158] Quan-FP AlKa 0.0266 Si 0.323 % [ 0.046] Quan-FP SiKa 0.0285 Sr 0.195 % [ 0.002 Quan-FP SrKa 7.5665 K 0.190 % [ 0.039] Quan-FP K Ka 0.0309 Fe 0.169 % [ 0.005] Quan-FP FeKa 1.1920 Br 0.152 % [ 0.004] Quan-FP BrKa 4.5456 Cu 0.031 % [ 0.004] Quan-FP CuKa 0.4162 Zn 0.030 % [ 0.004] Quan-FP ZnKa 0.4753 2-rasm. Xaudak suvidan ajratib olingan 2-namunadagi tuzning rentgen floresan analizatori asosida olingan spektr rasmi. 2-jadval Xaudak suvidan ajratib olingan 2-namuna tuzning rentgen floresan analizatori asosida olingan miqdoriy natijasi. Analyte Result (%) [3 sigma] Proc.Calc. Line Int.(cps/uA) Cl 91.536 % [ 0.269] Quan-FP ClKa 36.076 Ca 5.903 % [ 0.076] Quan-FP CaKa 1.8160 Al 0.858 % [ 0.146] Quan-FP AlKa 0.0252 Si 0.483 % [ 0.047] Quan-FP SiKa 0.0485 Fe 0.348 % [ 0.005] Quan-FP FeKa 2.7751 S 0.327 % [ 0.011] Quan-FP S Ka 0.2055 K 0.243 % [ 0.034] Quan-FP K Ka 0.0453 Os 0.096 % [ 0.010] Quan-FP OsLa 0.6580 Pb 0.060 % [ 0.006 Quan-FP PbLb1 0.7684 Zn 0.056 % [ 0.004] Quan-FP ZnKa 1.0023 Br 0.041 % [ 0.002] Quan-FP BrKa 1.3906 Sr 0.032 % [ 0.002 Quan-FP SrKa 1.3957 Cu 0.012 % [ 0.003] Quan-FP CuKa 0.1825 Rb 0.003 % [ 0.002] Quan-FP RbKa 0.1274 305 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” Xaudak suvidan olingan namunalar tarkibi jihatdan deyarli bir xil. Namunalar tarkibidagi elementlarning asosiy qismida miqdor jihatidan konsentratsiyalar ham bir-biriga yaqin. Tuzlar tarkibida Cl ning konsentratsiyasi 90 % dan yuqoriligi namunalar tarkibida NaCl tuzi miqdori yetakchilik qilishini anglatadi. Bunda ultrabinafsha nurlarning oksidlovchilik xossasini namunalar tarkibidagi yodning mavjud emasligidan ham bilish mumkin. Uning tarkibidagi asosan yod va brom elementlari mavjudligi va miqdorini aniqlash maqsadida analiz ishlari olib borildi. Bu suv tashqi tomonlama ko`rinishi biroz xiralik holatida bo`lib, uning tarkibidagi temir birikmalari asta sekinlik bilan gidrolizlanib, cho`kmaga tushishi bilan bog`liq. Analiz natijasiga ko`ra neft suvi tarkibida xlorli birikmalar miqdori yuqori. Uning tarkibida brom 0,03 % ni tashkil etib, yod mavjud emas. Suv tarkibidagi bromni sanoat miqyosida ajratib olish imkoniyatlari mavjud. Xulosa. Xaudak suvi namunalaridan olingan tuzlar rentgen floresan analizatoridan foydalangan holda ta

Доказательный фрагмент

«Ushbu tadqiqot ishi yerosti sho`r suvlari tarkibini o`rganishga bag`ishlangan bo`lib, obyekt sifatida Xaudak yerosti suvi olingan va uning elementar tarkibi rentgen floresan analizatori asosida tahlil qilindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tadqiqot ishi yerosti sho`r suvlari tarkibini o`rganishga bag`ishlangan bo`lib, obyekt sifatida Xaudak yerosti suvi olingan va uning elementar tarkibi rentgen floresan analizatori asosida tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rentgen floresan, Xaudak suvi, Uchqizil va Kakaydi suvlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники