Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARIX DARSLARIDA DRAMATIZATSIYA VA ROLLI O‘YINLARDAN FOYDALANISH
Sharapatova Aykúmis Askarovna · Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada tarix darslarida dramatizatsiya va rolli o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etilgan. Interfaol metod sifatida bu usullar o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, tarixiy voqealarni chuqur anglash, tanqidiy fikrlash, empatiya va ijodkorlik kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Vygotskiy va Piaget nazariyalari asosida dramatik yondashuvlarning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, dramatizatsiya va rolli o‘yinlarni dars jarayonida samarali qo‘llashga doir tavsiyalar keltirilgan. Kalit so’zlar: Tarix ta’limi, dramatizatsiya, rolli o‘yin, interfaol metodlar, Vygotskiy nazariyasi, Piaget nazariyasi, tanqidiy fikrlash, empatiya, ijodkorlik, o‘quvchi faolligi. Bugungi kunda tarix fanini o‘qitishda interfaol yondashuvlar, xususan, dramatizatsiya va rolli o‘yinlardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ushbu usullar nafaqat darsni qiziqarli qiladi, balki o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularning mavzuni chuqurroq anglashiga va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Aksariyat an’anaviy darslarda o‘quvchilar faqat tinglovchi rolida qolib ketadi. Shunday holatlarning oldini olishda zamonaviy pedagogik vositalar, ayniqsa, dramatizatsiya va rolli o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi. Dramatizatsiya — bu tarixiy voqealarni sahnada jonlantirish orqali o‘rganishdir. Bu usulda o‘quvchilar maxsus tayyorlangan ssenariy asosida o‘z rollarini ijro etadilar. Eng muhimi — ular bu jarayonda ijodiy yondashadi, obrazga kirishadi, tarixiy shaxslarning ruhiy holati, qarashlari va motivlarini tushunishga harakat qilishadi. Vygotskiyning madaniy-tarixiy nazariyasida ta’kidlanganidek, o‘yin bolalarning bilim olishida va ijtimoiy rivojlanishida asosiy vositalardan biridir. Rolli o‘yinlar esa o‘quvchilarga ma’lum tarixiy shaxsning (masalan, Amir Temur, dehqon, askar yoki olim) rolini tanlab, uning nomidan chiqish imkonini beradi. Bu usul dramatizatsiyaga qaraganda ko‘proq erkinlik va improvizatsiyani talab qiladi. Rolli o‘yin orqali o‘quvchi tarixiy vaziyatni o‘z fikrlari asosida qayta tiklaydi, muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish, empatiya kabi ko‘nikmalarni egallaydi. Piaget fikricha, o‘yinlar bola tafakkuri va dunyoni anglashining muhim tarkibiy qismi sanaladi. 1)Tarix darslarida dramatizatsiya va rolli o‘yinlardan foydalanishning didaktik va pedagogik afzalliklari Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilimlarni faqat yodlab olishi emas, balki chuqur anglashlari, mustaqil fikrlashlari va faol ishtirok etishlari asosiy maqsad sifatida qaralmoqda. Shu nuqtayi nazardan, tarix fanini o‘qitishda dramatizatsiya va rolli o‘yinlar kabi interfaol metodlardan foydalanish samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi. Ushbu usullar quyidagi pedagogik afzalliklari bilan ajralib turadi: 1 53 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ a. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga jalb etilishini ta’minlaydi Dramatik sahnalar va rolli o‘yinlar orqali dars jarayoni jonlanadi, o‘quvchilar passiv tinglovchi emas, balki faol ishtirokchiga aylanadilar. Bunday yondashuv orqali o‘quvchi darsning markazida turadi va ta’lim jarayonida o‘zining individual ishtirokini his etadi. Joyce va Weil ta’kidlaganidek, dramatizatsiya – bu o‘quvchining bilishga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytiruvchi kuchli vositadir. b. Tarixiy voqealarning mohiyatini chuqur anglashga yordam beradi Rolli o‘yinlar va sahnalashtirish o‘quvchilarga tarixiy voqealarni “boshdan kechirish” imkonini beradi. Bu jarayonda ular nafaqat faktlarni yodlab oladi, balki voqealarning ijtimoiy, siyosiy va madaniy kontekstini tushunishga intiladi. Bunday tajriba asosida ular sabab-oqibat bog‘liqliklarini yaxshiroq tushunadi va tarixiy tafakkur shakllanadi. c. Tanqidiy va analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi Rolli o‘yinlar o‘quvchini qaror qabul qilish, muammolarni aniqlash va ularga yechim topish jarayoniga faol jalb etadi. Har bir obraz orqali turli nuqtai nazarlarni tahlil qilish, voqealarga turlicha yondashuvlarni ko‘rib chiqish tanqidiy fikrlashni shakllantiradi va mustahkamlaydi. Bu esa o‘quvchining faqat tarix fanidagina emas, balki hayotiy vaziyatlarda ham mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini oshiradi. d. Empatiya va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantiradi O‘quvchi rolli o‘yinda tarixiy shaxs yoki oddiy inson sifatida qatnasharkan, o‘sha davr muhitini, ijtimoiy sharoitlarni, ruhiy holatni his qilishi, boshqalarning nuqtai nazarini tushunishi lozim bo‘ladi. Bu esa empatiya — boshqalarning holatini anglay olish va hissiy javob bera olish qobiliyatini rivojlantiradi. Shu bilan birga, bunday darslar jamoada ishlash, tinglash, murosaga kelish va muloqot qilish kabi ijtimoiy ko‘nikmalarning shakllanishiga xizmat qiladi. e. O‘quvchilarning ijodkorligini rag‘batlantiradi Dramatizatsiya orqali o‘quvchilar sahna ko‘rinishlarini yaratishda faol ishtirok etadilar: ular obraz tanlaydi, rollarga kiradi, kos
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada tarix darslarida dramatizatsiya va rolli o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada tarix darslarida dramatizatsiya va rolli o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijodkorlik, Tarix ta’limi, o‘quvchi faolligi., empatiya, dramatizatsiya, interfaol metodlar, Vygotskiy nazariyasi, Piaget nazariyasi, rolli o‘yin, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025