Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY IQTISODIY DAVRDA JAHONDA “YASHIL IQTISODIYOT” HAMDA “YASHIL MOLIYA” TIZIMINING O’RNI
Raxmonqulova Nafisa Olimjon qizi · Qobilova Charos Azizbek Qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi insoniyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, uning iqtisodiyot va moliyaviy sektor uchun xavfliligi darajasi ortib bormoqda. 2024-yil yakuniga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 387 ta yirik tabiiy ofat ro‘y bergan bo‘lib, bu holatlarning iqtisodiy zarari 360 milliard AQSh dollariga teng bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin Bu borada iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari iqlim o‘zgarishi risklarining ta’siriga ko‘proq moyil bo‘lib, ularga qishloq xo‘jaligi sektori, qurilish, energetika, savdo, transport, turizm hamda moliya sektori kabilarni kiritishimiz mumkin. Atrof-muhitni muhofaza qilish va global isishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun katta hajmdagi mablag‘ talab etilishi bois, iqlim o‘zgarishi risklarining oqibatlarini bartaraf etish jarayonida moliya bozorining ishtiroki eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Kalit so’zlar: hudud, ishlab chiqarish, ijtimoiy infratuzilma, reyting. Hududlarni rivоjlantirish davlat bоshqaruvining asоsiy maqsadi iqtisоdiy va ijtimоiy barqarоrlikni ta’minlash, jahоn bоzоrlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himоya qilish, fuqarоlar darоmadlarini huquqiy jihatdan qayta taqsimlash, mulkiy munоsabatlarni uyg‘unlashtirish, mavjud tartibni mustahkamlash, bоshqaruvni demоkratlashtirish, davlat bоshqaruvi оrganlarining tranzitini ta’minlashdan ibоrat. Hududiy rivоjlanish davlat bоshqaruvi оbyekti sifatida о‘ziga хоs tuzilmasi, madaniyati va rivоjlanish darajasiga ega bо‘lgan о‘zarо bоg‘liq elementlarning murakkab tizimi bо‘lib, u davlatdagi ijtimоiy-iqtisоdiy vaziyatga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi va uning samarali meхanizmlarini amalga оshirishga bevоsita bоg‘liqdir. Hududiy iqtisоdiyоtda bоzоr о‘zgarishlarini faоllashtirish, hududiy rivоjlanishni davlat tоmоnidan bоshqarish meхanizmlari va vоsitalarini о‘zgartirish, mahalliy hоkimiyat оrganlarining о‘zarо hamkоrligi tizimini samarali tashkil etish davlat hamda uning hududlari о‘rtasidagi sheriklik tamоyiliga asоslangan оptimal bоshqaruv mоdellarini izlashni taqоzо etadi. Bundan kо‘rinadiki, hududlarni yanada rivоjlantirish yо‘nalishlaridan biri hududlarni rivоjlantirishni strategik rejalashtirishning asоsiy ustuvоr yо‘nalishlarini innоvatsiyalar asоsida belgalashdir, jumladan1: Jahon iqtisodiyoti va ayrim davlatlar iqtisodiyoti samaradorligini oshirish muammosi yashil iqtisodiyot tamoyillaridan keng foydalanish asosida barqaror rivojlanish muammosini hal qilish bilan uzviy bog‘liqdir. Iqtisodiy rivojlanishning ekologiyasi oxir-oqibat yangi fanni (ilmiy bilimlarning bir tarmog‘i) – iqtisodiyot va ekologiya muammolarining yaqin munosabatlariga asoslangan yashil iqtisodiyotni yaratdi. Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiyot va ekologiya, ushbu sohadagi muammolar nisbati to‘g‘risida qaror qabul qilish va ekologik iqtisodiyotning mohiyatini va uning iqtisodiy o‘sish sharoitida barqaror rivojlanish bilan bog‘liqligini shakllantirishga 1 Prezidentimizning 2020-yil 1-maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ4702-son qarori. https://lex.uz/docs/4803531 509 Iyun, 2025-Yil urinishlar hali ham bir xil fikrga olib kelmadi. Yashil (ekologik yo‘naltirilgan) iqtisodiyotning kelishilgan ta’rifi hali ham mavjud emas, ekologik barqaror rivojlanish uchun ham xuddi shunday ta’riflarning yo‘qligi yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish manfaatdor tomonlarning rivojlanish potensialini cheklab, ularning barcha afzalliklaridan foydalanishga imkon bermaydi. Umuman olganda, yashil iqtisodiyot tabiiy muvozanatni saqlash bilan bevosita bog‘liqligi tan olingan, bu esa uni “inson – tabiiy muhit”munosabatlari jamlanmasida ko‘rib chiqishni talab qiladi. Yashil iqtisodiyot paydo bo‘lishidan oldin va keyin u bilan ko‘p o‘xshashliklarga ega bo‘lgan ba’zi tushunchalar mavjud: ekologik yo‘naltirilgan o‘sish, yashil o‘sish, kam uglerodli rivojlanish, oqilona o‘sish, ekologik yo‘naltirilgan iqtisodiyot, bio-iqtisodiyot, barqaror iqtisodiyot va boshqalar.Iqtisodiyot va tabiiy muhit bilan bog‘liq tushunchalarni birlashtirishning mumkin emasligi yashil iqtisodiyotning mohiyatini tushunishga to‘sqinlik qiladi. Respublikamizda va butun dunyoda hozirgi davrda yashil iqtisodiyotning asosiy muammolari o‘rganilib borilmoqda. Ushbu muammoning rivojlanish darajasi, yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi munosabatlar va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri masalasi jahon ilmiy adabiyotlarida to‘liq ko‘rib chiqilmoqda. Ilmiy asarlari ekologik iqtisodiyot muammolariga bag‘ishlangan olimlar orasida Annon (1996, 2001), Asafu-Adaye J. (2005), Biely K. (2014) Boulding K.E. (1966), Brown L. (2001), Cai W. Wang C., Chen J. &Wang S. (2011), Cato Molly (2009), Cook S., Smith K. & Utting P. (2012), Costanza R. (1991, 1997), Friedman T.L. (2009), Georgescu-Roegen N. (1978), (1993), Goodstein E. (1999), Hamilton K.&G. Ruta (2006), Heal G. (2012), Hey C. (2005), Hobson K. (2013), Howarth R.B. (1997), Jacobs M. (1991), Jänicke M.
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi insoniyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, uning iqtisodiyot va moliyaviy sektor uchun xavfliligi darajasi ortib bormoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda global iqlim o‘zgarishi insoniyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, uning iqtisodiyot va moliyaviy sektor uchun xavfliligi darajasi ortib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- hudud, ishlab chiqarish, reyting., ijtimoiy infratuzilma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024