К содержанию
РецензированоUZ1990

TAEKWONDONING JISMONIY TARBIYADAGI ROLI VA AHAMIYATI

Muratova Mexriban Xojambergenovna

Современная наука и исследования · 2 · 1990

Аннотация

Mazkur maqolada Taekwondo sport turining jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda bu sport turining yosh avlodning sog‘lom jismoniy rivojlanishi, ruhiy barqarorligi, intizom va axloqiy tarbiyasiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri tahlil qilingan. Taekwondo mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarda jismoniy sifatlar bilan birga ma’naviy qadriyatlar – o‘ziga ishonch, sabr-toqat, hurmat va o‘zini boshqarish kabi fazilatlar shakllanishi bayon etilgan. Shuningdek, bu sport turining jismoniy tarbiya darslarida qo‘llanishi va uning pedagogik afzalliklari haqida ham so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Taekwondo, Jismoniy tarbiya, Sport tarbiyasi, Intizom, Sog‘lom turmush tarsi, Yoshlar tarbiyasi, Ruhiy barqarorlik, O‘zini boshqarish, Pedagogik ahamiyati. Kirish: Jismoniy tarbiya har bir insonning sog‘lom yashash tarzi, harakat faolligi va psixologik barqarorligini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Turli sport turlari orasida taekvondo nafaqat jismoniy rivojlanish, balki ma’naviy-axloqiy tarbiyani ham o‘z ichiga olgan noyob yo‘nalish hisoblanadi. O‘zbekistonda taekvondo 1990-yillardan boshlab faol rivojlanib kelmoqda. Hozirda WT (World Taekwondo) yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab sport maktablari, seksiyalar va federatsiyalar faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo va jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Taekvondo mashg‘ulotlari inson organizmining barcha tizimlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishda katta rol o‘ynaydi. Umumta’lim maktablari va sport maktablarida taekvondo elementlarini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga kiritish orqali: • Sportga qiziqish ortadi; • Sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish mumkin; • Tana rivojiga kompleks ta’sir ko‘rsatadi; • Darslar samaradorligi oshadi. Taekwondo — bu Koreyada paydo bo‘lgan qadimiy jang san’atiga asoslangan zamonaviy sport turi hisoblanadi. Uning ildizlari miloddan avvalgi davrlarga, ya’ni Koreya yarim orolida mavjud bo‘lgan "taekkyon" va "subak" nomli jang san’atlariga borib taqaladi. Ular jangovar tayyorgarlikni rivojlantirish, o‘zini himoya qilish va jangovar madaniyatni saqlash maqsadida qo‘llanilgan. 1940–1950-yillar oralig‘ida bir necha koreys ustozlari turli jang san’atlarini o‘rganib, ularni yagona tizimga keltirishga harakat qilishdi. 1955-yilda general Choi Hong-hi boshchiligida bu yangi tizimga "Taekwondo" nomi berildi. Bu so‘z koreys tilida: • "tae" – oyoq bilan zarba berish, • "kwon" – qo‘l bilan zarba berish, "do" – yo‘l, hayot falsafasi degani bo‘lib, birgalikda “qo‘l va oyoq san’ati yo‘li” degan ma’noni anglatadi. Taekwondo tez orada Janubiy Koreyada milliy sport sifatida tan olinib, maktablar, harbiy qismlar va sport klublarida keng yoyildi. 1973-yilda Jahon Taekwondo Federatsiyasi (World Taekwondo – WT) tashkil etildi. Shu yildan boshlab xalqaro musobaqalar o‘tkazila boshlandi. 1689 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 1988-yilda Seulda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida Taekwondo ko‘rgazmali sport turi sifatida namoyish qilindi. 2000-yildan boshlab esa rasmiy Olimpiya sport turiga aylandi. Bugungi kunda bu sport turi 200 dan ortiq mamlakatda millionlab sportchilar tomonidan shug‘ullaniladi. Taekvondoning texnika va taktik usullari Taekvondo – bu kurash san’atining o‘ziga xos tarmog‘i bo‘lib, unda texnika va taktikaga alohida e’tibor qaratiladi. Har bir harakat, zarba yoki mudofaa usuli aniq, muvofiqlashtirilgan va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. 1. Texnik usullar (Texnika) Texnika — bu sportchining jang vaqtida qo‘llaydigan jismoniy harakatlar to‘plami bo‘lib, ular quyidagilarga bo‘linadi: a) Zarba usullari: Ap chagi (to‘g‘ri oyoq zarbasi oldinga); Dolyo chagi (yon tomon aylana zarba); Yop chagi (yon tomonga kuchli zarba); Twichagi (orqa oyoq bilan aylana zarba); Naryo chagi (tepadan pastga tushuvchi zarba). b) Qo‘l zarbalari (chegara ichida ruxsat etilgan): Jirugi – to‘g‘ri musht bilan zarba; Makki – zarbalarni qaytarish, himoya usullari; Momtong jirugi – ko‘krak sohasiga to‘g‘ri zarba. c) Mudofaa harakatlari: Zarbalardan qochish (dodge); Bloklash (blok); Oyoq almashinuvi va chap-o‘ng qadamlar bilan pozitsiyani o‘zgartirish. 2. Taktik usullar (Taktika) Taktika — bu texnik usullardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, raqibning harakatini tahlil qilish va uni yengish yo‘llarini topish san’atidir. Taekvondoda quyidagi taktika usullari keng qo‘llaniladi: a) Faol hujum taktikalari: Tezkorlik bilan oldinga intilib zarba berish; Raqibni orqaga chekinishga majbur qilish; Kombinatsiyalangan zarbalar (masalan: dolyo chagi → ap chagi). b) Mudofaa va qarshi hujum (kontraatakiya): Raqib zarba bergan paytda orqaga qadam tashlab zarba qaytarish; Blokdan so‘ng darhol javob zarbasi berish; Taktik kutish: raqibni charchatib, so‘ng hujum qilish. c) Fintlar va chalg‘ituvchi harakatlar: Soxta harakatlar bilan raqibni adashtirish; Zarba berayotganday ko‘rsatib, boshqa yo‘nalishda zarba berish; Harakat yo‘nalishini kutilmaganda o‘zgartirish. d) Masofa

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Taekwondo sport turining jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Taekwondo sport turining jismoniy tarbiya tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Yoshlar tarbiyasi, Sport tarbiyasi, O‘zini boshqarish, Ruhiy barqarorlik, Sog‘lom turmush tarsi, Pedagogik ahamiyati., Taekwondo, Jismoniy tarbiya, Intizom
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники