Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANK TIZIMINING RIVOJLANISHI VA IQTISODIY O‘SISHDAGI RO’LI
Ibroximov Shoxumirza G’anijon o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada banklarning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Bank xizmatlarini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish dolzarb masala sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqola O‘zbekiston bank sektorining islohoti va istiqbollari haqida ham ma’lumot beradi. Kalit so‘zlar: bank tizimi, moliyaviy barqarorlik, raqamli bank xizmatlari, iqtisodiy o‘sish, tijorat banklari, investitsiya, O‘zbekiston iqtisodiyoti. Kirish: Zamonaviy iqtisodiyotda banklar asosiy moliyaviy vositachilar sifatida e’tirof etiladi. Ular iqtisodiy subyektlar o‘rtasida moliya harakatini ta’minlaydi, jamg‘armalarni safarbar qiladi va kapital oqimini yo‘lga qo‘yadi. Ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar uchun samarali bank tizimi iqtisodiy barqarorlik va o‘sishning asosiy omilidir. Banklar zamonaviy iqtisodiy tizimda moliyaviy vositachilar sifatida muhim o‘rin egallaydi. Ular jamg‘armalarni safarbar etish, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish, to‘lov tizimlarining ishlashi hamda pul muomalasini tartibga solishda asosiy funksiyalarni bajaradilar. Ushbu maqolada tijorat banklarining iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissasi, raqamli bank xizmatlarining ommalashuvi, shuningdek, bank islohoti va moliyaviy barqarorlik masalalari tahlil qilinadi. O‘zbekiston bank tizimining so‘nggi yillardagi holati ham misol sifatida keltirilgan.[1] Banklarning asosiy funksiyalari - Jamg‘armalarni yig‘ish va qayta taqsimlash - Kredit ajratish orqali investitsiya faolligini rag‘batlantirish - To‘lov tizimlarini tashkil etish va yuritish - Pul muomalasini tartibga solish Bank deb, pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit- hisob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasaga aytiladi. Banklar paydo bo'lishining asosi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining yuzaga kelishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tu- zumlarda banklarning mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.Bank» italyancha «banca» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», aniqrog‘i, «pulli stol» ma’nosini anglatadi. 0‘rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustiga qo‘yib hisob-kitob qilishgan. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilar «bancherii», deb atalgan.[2] Bank tizimining iqtisodiy o‘sishdagi roli. Banklar iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan likvidlikni ta’minlaydi. Ular tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga hissa qo‘shish hamda infratuzilmaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida bank tizimi har bir davlat iqtisodiyotining ajralmas va asosiy komponenti sifatida namoyon bo‘lmoqda. Banklar nafaqat moliyaviy vositachilar, balki iqtisodiy barqarorlik va o‘sishning bosh harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi. Ularning faoliyati jamg‘armalarni safarbar qilish, investitsiyalarni moliyalashtirish, moliyaviy xizmatlarni taklif etish va pul muomalasini boshqarish orqali umumiy iqtisodiy faollikka bevosita ta’sir qiladi.[3] 1669 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Raqamli bank xizmatlarining o‘rni: So‘nggi yillarda texnologik taraqqiyot bank xizmatlarini raqamlashtirishni jadallashtirdi: Raqamli bank tizimi zamonaviy iqtisodiyotning yuragi desa, mubolagʻa bo‘lmaydi. Uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: Moliyaviy xizmatlarga kirishning kengayishi - Aholi, ayniqsa chekka hududdagilar, anʼanaviy bank bo‘limlariga bormasdan hisob ochishi, kredit olishi yoki to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. Qulaylik va tezkorlik - Har bir foydalanuvchi mobil ilova yoki veb-platforma orqali 24/7 moliyaviy xizmatlardan foydalanadi. Navbatlar, vaqt sarfi, hujjatlar bilan ovora bo‘lish – bular o‘tmishdagi gaplar.[4] Xavfsizlik va shaffoflik - Zamonaviy raqamli texnologiyalar (masalan, biometrik autentifikatsiya, blokcheyn) orqali foydalanuvchilarning ma’lumotlari himoyalanadi va moliyaviy operatsiyalar kuzatuvchan bo‘ladi.[5] - Mobil ilovalar orqali onlayn to‘lovlar va tranzaksiyalar - Internet-bank tizimlari orqali hisoblarni boshqarish - Blokcheyn texnologiyalari va kriptovalyutalar bilan tajriba O‘zbekistonda bank tizimi: islohotlar va istiqbollar. O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab bank sektori tubdan isloh qilinmoqda:O‘zbekiston bank tizimida 33 ta bank, jumladan, 12 ta davlat ulushiga ega, shuningdek, 15 ta xususiy va 5 ta xorijiy banklar mavjud. 1 noyabr holatiga ko‘ra, banklar aktivlari 39 mlrd dollarni (419 trln so‘m) tashkil etib, ularning 82 foizi davlat banklariga tegishli. Banklarning majburiyatlari 33 mlrd dollarga (352,6 trln so‘m) yetdi, shundan 40 foizini depozitlar tashkil etadi. Banklarning umumiy kapitali 6,2 mlrd dollar (66 trln so‘m) darajasida bo‘lib, shundan 81 foizi davlat banklari kapitaliga to‘g‘ri keladi. Davlat ulushini kamaytirish va xususiy sektor ulushini oshiris
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada banklarning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada banklarning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O‘zbekiston iqtisodiyoti., bank tizimi, raqamli bank xizmatlari, moliyaviy barqarorlik, tijorat banklari, investitsiya, iqtisodiy o‘sish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024