К содержанию
РецензированоUZ2025

ROLANDIK EPILEPSIYA: KLINIK XUSUSIYATLARI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH USULLARI

DAVOLASH USULLARI · Ma’rufjon Muxtarov Erkinjon o‘g‘li

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan, benign (yengil) kechuvchi epilepsiya turi – Rolandik epilepsiyaning (BECTS) klinik belgilari, elektroensefalografik xususiyatlari va davolash yondashuvlari yoritilgan. Maqolada mazkur sindromning asosan 3–13 yoshli sog‘lom rivojlanayotgan bolalarda uchrashi, odatda tungi tutqanoqlar bilan namoyon bo‘lishi, shuningdek EEGda centrotemporal zonalarda “spike-and-wave” to‘lqinlar aniqlanishi kabi mezonlar muhokama qilingan. Rolandik epilepsiya ko‘pincha o‘z-o‘zidan remissiyaga uchrashi bilan ijobiy prognozga ega bo‘lsa-da, ayrim bemorlarda e’tibor yetishmovchiligi, nutq muammolari va psixologik noqulayliklar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, maqolada zamonaviy davolash yondashuvlari, individual terapiya rejalari va psixopedagogik qo‘llab-quvvatlash zarurati haqida so‘z boradi. Ushbu tadqiqot rolandik epilepsiyaning erta aniqlanishi va kompleks yondashuv asosida samarali boshqarilishini ta’minlashga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Rolandik epilepsiya, BECTS, tutqanoq, klinik simptomlar, EEG diagnostikasi, benign epilepsiya, bolalar nevrologiyasi, dori bilan davolash, psixologik ta’sir, nutq buzilishi. Kirish. Rolandik epilepsiya bolalar orasida eng ko‘p uchraydigan yengil va o‘z-o‘zidan chekinadigan epileptik sindromlardan biridir. Bu epilepsiya turi asosan 3 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom rivojlangan bolalarda uchraydi va odatda o‘smirlik davrida butunlay yo‘qoladi. Kasallik klinik jihatdan yuz va og‘iz sohasida seziladigan paresteziyalar, og‘zidan so‘lak oqishi, nutq vaqtincha yo‘qolishi, ba’zida esa hushning saqlanib qolgan holatidagi tutqanoqlar bilan namoyon bo‘ladi. Rolandik epilepsiya benign (yengil) kechadigan bo‘lsa-da, unga o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yish va individual yondashuv asosida davolash choralari ko‘rish bolalarning nevrologik sog‘lig‘i uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu kasallikning elektroensefalografik (EEG) diagnostikasi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. EEGda ko‘pincha centrotemporal (rolandik) zonalarda “spike-and-wave” faoliyatining mavjudligi aniqlanadi, ayniqsa ushbu belgilar uyqu paytida yanada yaqqol ko‘rinadi. Shuningdek, bemorlarning klinik holatlari har doim ham tutqanoq bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin, ya’ni interiktal davrda ham EEGda patologik o‘zgarishlar aniqlanishi mumkin. Shu boisdan rolandik epilepsiya diagnostikasida nafaqat klinik ko‘rinishlar, balki instrumental tekshiruvlarning roli ham nihoyatda muhimdir. Ushbu maqolada rolandik epilepsiyaning klinik simptomlari, elektroensefalografik xususiyatlari, tashxis qo‘yish mezonlari va amaldagi davolash usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ilmiy manbalar asosida ushbu epilepsiya turining farqlovchi belgilarini aniqlash, unga individual yondashuvning afzalliklari va davo samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Mavzuning dolzarbligi, bolalar orasida keng tarqalganligi va ijobiy prognozga ega bo‘lishiga qaramay, noto‘g‘ri tashxis yoki keraksiz davolash usullari muammoli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, ushbu mavzuni chuqur ilmiy tahlil qilish dolzarb hisoblanadi. 1 48 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Epilepsiya markaziy asab tizimining surunkali kasalligi bo‘lib, u miya neyronlarining elektr faolligining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Bu kasallik har xil yoshdagi insonlarda uchrashi mumkin, biroq bolalarda uchraydigan epilepsiyaning o‘ziga xos shakllari mavjud. Ular orasida benign rolandik epilepsiya (BREC) eng ko‘p tarqalgan shakllardan biridir. BREC odatda 3 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom rivojlangan bolalarda kuzatiladi. Bu epilepsiya turi o‘ziga xos klinik va elektroensefalografik belgilar bilan tavsiflanadi va aksariyat hollarda o‘smirlik davrida to‘xtaydi. Rolandik epilepsiyaning klinik ko‘rinishlari. Rolandik epilepsiya o‘zining xos klinik ko‘rinishlari bilan boshqa epileptik sindromlardan ajralib turadi. Tutqanoqlar odatda tungi uyquga ketishdan oldin yoki uyqu vaqtida yuz beradi. Bunday tutqanoqlar quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: - Yuzning bir tomonida qisilish (gemifatsial spazm); - Til yoki lab atrofida g‘adir-budirlik, qichishish hissi; - So‘lak oqishi va nutqning vaqtincha buzilishi; - Qo‘l yoki oyoqda qisqa muddatli qaltirashlar; - Ba’zan hushdan ketish yoki umumiy tonik-klonik tutqanoq. Tutqanoqlar qisqa davom etadi (odatda 1-3 daqiqa) va bola hushiga kelgach, o‘zini normal his qiladi. Ayrim hollarda bemorlar bir yil ichida bir necha bor tutqanoqni boshdan kechirishi mumkin, lekin bu holatlar hayot uchun xavfli hisoblanmaydi. Diagnostika metodlari. BREC tashxisini qo‘yishda asosiy vosita bu elektroensefalografiya (EEG) hisoblanadi. EEGda odatda rolandik shpil to‘lqinlari (centrotemporal spikes) aniqlanadi. Ushbu to‘lqinlar ko‘pincha uyqu vaqtida kuchayadi va ular asosan markaziy-mustahkam sohalarda, ya’ni rolandik sohada joylashadi. EEGdan tashqari quyidagi metodlar ham qo‘llaniladi: - Nevrologik ko‘rik: odatda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan, benign (yengil) kechuvchi epilepsiya turi – Rolandik epilepsiyaning (BECTS) klinik belgilari, elektroensefalografik xususiyatlari va davolash yondashuvlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan, benign (yengil) kechuvchi epilepsiya turi – Rolandik epilepsiyaning (BECTS) klinik belgilari, elektroensefalografik xususiyatlari va davolash yondashuvlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tutqanoq, Rolandik epilepsiya, EEG diagnostikasi, benign epilepsiya, bolalar nevrologiyasi, nutq buzilishi., klinik simptomlar, psixologik ta’sir, BECTS, dori bilan davolash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники