К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYA VA STEAM DASTURI (“Tabiiy fanlar” misolida)

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Saloxitdinova Navro‘za Murodulla qizi · Xursanova Marjona Baxtiyor qizi · Norquvatova Diyora Davron qizi

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Ushbu maqola zamonaviy ta’lim sohasida keng qo‘llanila boshlagan integratsiyalashgan ta’lim va STEAM (Fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika) dasturlarining boshlang‘ich ta’limdagi ahamiyati, metodikasi va samaradorligini o‘rganadi. Tadqiqotda integratsiyalashgan o‘qitish usullari va STEAM yondashuvining bolalarning kognitiv, ijodiy va mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fanlararo bog‘lanishlar orqali bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish, loyihalar asosida o‘qitish va kreativ yechimlarni topish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Maqolada dunyo va O‘zbekiston tajribasiga tayanilgan holda STEAM ta’limini joriy etishning istiqbolli yo‘nalishlari taklif etiladi. Tayanch so‘zlar: STEAM, integratsiya, tadqiqot, o‘qituvchi, amaliyot, boshlang‘ich ta’lim, loyihalar asosida o‘qitish, kreativlik, ta’lim innovatsiyalari. Zamonaviy dunyoda ta’lim sohasida yangi yondashuvlar va innovatsion metodlarning paydo bo‘lishi bilim olish jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarib kelmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida qo‘llaniladigan integratsiyalashgan ta’lim va STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) dasturlari bolalarning bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda pedagogik amaliyotda an’anaviy o‘qitish usullaridan voz kechib, fanlararo bog‘lanishlarga asoslangan, amaliy ko‘nikmalarni rag‘batlantiruvchi yondashuvlar qo‘llanilmoqda. STEAM ta’limi bolalarga nafaqat fundamental bilimlarni, balki ularni qo‘llash, mantiqiy fikrlash va ijodiy yechimlarni topish qobiliyatlarini ham shakllantirishga qaratilgan. Bu kabi tadqiqotlar natijasida, boshlang‘ich ta’limda integratsiya va STEAM dasturlarining o‘rni, ahamiyati, shuningdek, xorijiy va mahalliy tajribalar asosida ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish usullarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, jumladan, loyihaviy ta’lim, fanlararo integratsiya va interfaol metodlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasiga ta’siri o‘rganiladi. Ushbu tadqiqotda zamonaviy taʼlim trendlari sifatida keltirilgan integratsiya va STEAM dasturi, bugungi kunda pedagogikaning eng dolzarb yoʻnalishlaridan biri sifatida tavsiflangan. Xususan, integratsiyalashgan taʼlim – bu turli fanlarni oʻzaro bogʻlab, murakkab bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan yondashuv, ya’ni, bolalarga murakkab tushunchalarni oddiy va qoʻl keladigan tarzda oʻrgatish, STEAM esa, STEM (Fan, Texnologiya, Muhandislik, Matematika) ga sanʼat (Arts)ni qoʻshish orqali yaratilgan innovatsion yondashuv bo‘lib, asosiy maqsadi, ijodkorlik va mantiqni birlashtirish – masalan, dasturlashni badiiy loyihalar bilan oʻrgatish, real hayotga moslashtirish- robototexnika, 3D-dizayn kabi sohalarda qoʻllash, gender tenglik– qizlarni texnik fanlarga jalb qilish hisoblanadi[2]. STEAM va integratsiyaning pedagogik asoslari sifatida, kognitiv qobiliyatlar– murakkab fikrlash, masalalarni koʻp jihatdan tahlil qilish, motivatsiya– oʻquvchilarning qiziqishini oshirish (masalan, sanʼat orqali matematik tushunchalarni oʻrganish), kelajak kasblariga tayyorlash – IT, sunʼiy intellekt kabi sohalarda malakali mutaxassislar yetishtirishni aytish mumkin. Oʻzbekistonda STEAM va integratsiya: “Taraqqiyot strategiyasi-2030” va STEAM taʼlimi 278 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” loyihalari orqali, Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda STEAM markazlari faoliyati, Xalqaro hamkorliklar –loyihalar orqali xorijiy tajribalardan foydalanilish kabilarni misol qilish mumkin. Taʼlim tizimida STEAM yondashuvi boshlangʻich sinflarda kreativlik– sanʼat (masalan, rasim chizish) orqali matematik tushunchalarni oʻrganish, muhandislik– oddiy qurilmalar yasash (LEGO, robototexnika), kompyuter savodxonligi- dasturlash asoslari (Scratch Jr, Blockly) jihatlarni rivojlantirishga qaratilgan. STEAMning pedagogik samaradorligi sifatida, tadqiqotlar koʻrsatadiki, STEAM usullari bolalarning mantiqiy fikrlashini 30% ga, ijodkorlik qobiliyatini 40% ga oshiradi (Yakman, 2016)[3]. Ya’ni, STEAM - bu nafaqat fanlar birlashmasi, balki kelajak avlod uchun yangi dunyoqarash yaratishdir. Boshlangʻich sinflarda integratsiya va STEAMni qoʻllash usullarida amaliy misollar sifatida, matematika + sanʼat: geometrik shakllarni rangli qogʻozlar bilan yasash, symmetry (simmetriya) tushunchasini naqshlar orqali tushuntirish- tabiiy fanlar + muhandislik: “Qalampir qoʻyish” loyihasi – oʻsimlik oʻstirish va kuzatish jurnali, oddiy mexanizmlar (lever, ramp) yasash, dasturlash + matematika - Scratch Jr dasturi orqali sodda algoritmlar yaratishni ko‘rsatish mumkin. Hamda, “STEAM Academy” loyihasi – Toshkent va Nukus shaharlarida boshlangʻich sinflar uchun eksperimental dasturlari, “Raqamli avlod” dasturi – 1-4-sinflarda dasturlash asoslarini joriy qilishni Oʻzbekistondagi amaliy tajribalar sifatida aytish mumkin. Shuningdek

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola zamonaviy ta’lim sohasida keng qo‘llanila boshlagan integratsiyalashgan ta’lim va STEAM (Fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika) dasturlarining boshlang‘ich ta’limdagi ahamiyati, metodikasi va…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola zamonaviy ta’lim sohasida keng qo‘llanila boshlagan integratsiyalashgan ta’lim va STEAM (Fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika) dasturlarining boshlang‘ich ta’limdagi ahamiyati, metodikasi va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘qituvchi, tadqiqot, kreativlik, ta’lim innovatsiyalari., loyihalar asosida o‘qitish, STEAM, boshlang‘ich ta’lim, amaliyot, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники