К содержанию
РецензированоUZ2026

NI(II) BNOKS-S,S-3,6 REAGENTI BILAN HOSIL QILGAN KOMPLEKS BIRIKMANING SPEKTRAL KONTRASLIGI VA ANALITIK SEZGIRLIGI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Turayev Xayit Xudoynazarovich · Nazirov Shohjohon Sobirovich

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Mazkur ishda Ni(II) ionining BNOKS-S,S-3,6 reagenti bilan hosil qilgan kompleks birikmasining spektral xossalari o‘rganildi. Kompleksning maksimal yutilish to‘lqin uzunligi va fon reagentga nisbatan spektral kontrasligi (Δλ) aniqlandi. Shuningdek, Sendel mezoni asosida reaksiyaning analitik sezgirligi baholandi. Olingan natijalar BNOKS-S,S-3,6 reagentining Ni(II) ionlariga nisbatan yuqori selektivligi va sezgirligini ko‘rsatdi hamda ushbu asosda yangi spektrofotometrik aniqlash metodikasi taklif etildi. Kalit so‘zlar: Ni(II), BNOKS-S,S-3,6, kompleks birikma, spektrofotometriya, spektral kontraslik, Sendel boʻyicha sezgirlik. So‘nggi yillarda og‘ir metall ionlarini aniqlash bo‘yicha samarali, sezgir va selektiv analitik usullarni ishlab chiqish atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik ob’ektlar tahlili hamda sanoat chiqindilarini monitoring qilish sohalarida dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, nikel(II) ioni sanoat jarayonlarida keng qo‘llanilishi va ayrim hollarda toksik ta’sir ko‘rsatishi sababli uni mikro miqdorda aniqlash muhim ahamiyatga ega[1]. Spektrofotometrik usullar o‘zining soddaligi, tezligi va yuqori sezgirligi bilan zamonaviy analitik kimyo sohasida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bu usulning samaradorligi, ayniqsa, selektiv reagentlar bilan kompleks hosil bo‘lishga asoslangan reaksiyalardan foydalanilganda keskin ortadi. BNOKS-S,S-3,6(7-brom-2-nitrozo-1-gidroksinaftalin-3,6-disulfokislotasi) reagenti aromatik tuzilishga ega, sulfonat va nitrozo guruhlarini o‘z ichiga olgan murakkab organik reagent bo‘lib, metal ionlari bilan barqaror rangli kompleks birikmalar hosil qilish xususiyatiga ega[2]. Mazkur ilmiy ishda Ni(II) ionining BNOKS-S,S-3,6 reagenti bilan hosil qilgan kompleks birikmasining spektral tavsifi o‘rganildi. Reaksiyaning spektral kontrasligi (Δλ) hamda analitik sezgirligi (Sendel boʻyicha sezgirlik) aniqlandi. Ushbu ma’lumotlar asosida Ni(II) ionini spektrofotometrik usulda aniqlash uchun samarali va amaliy jihatdan qulay metodika ishlab chiqish imkoniyati baholandi. Aniqlash uslubi: 25 ml li oʻlchov kolbasiga Ni(II)=1,0 ml 0,05% li BNOKS-S,S-3,6 reagenti eritmasidan, pH koʻrsatkichi pH =6,5 boʻlgan universal bufer eritmasidan 5 ml, 15 mkg/ml li Ni(II) Ni(II) ionlari tutgan eritmalardan 1,0 ml solib kolba belgisigacha bidistillangan suv qoʻshib suyultirildi. Kompleks birikma eritmaning OZ lari EMC-31PC-UV spektrofotometrida, λ =640 Ni(II) nm to‘lqin uzunlikda, nur yutish qalinligi ℓ=1,0 sm li kyuvetada ma’lum vaqt oraligʻida solishtirma eritmaga nisbatan oʻlchandi. Reagentning yutulish spektrlari esa distillangan suvga nisbatan olindi. Olingan natijalar 1-jadval va 1-rasm keltirildi. Metodning Sendel boʻyicha sezgirligi mkg/sm2 birlik uchun nur yutulishi quyidagi formula bilan hisoblanadi: 𝑄 ∙ 𝑙 ∙ 0,001 15 ∙ 1 ∙ 0,001 𝑆.𝑏.𝑠 = = = 0,001 𝑚𝑘𝑔/𝑠𝑚2 𝐴 ∙ 25 0.591 ∙ 25 (1) 268 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” Sendel boʻyicha sezgirligi Ni(II)=0,001 mkg/sm2 ga teng ekanligi aniqlandi[3]. 1-rasm. BNOKS-S,S-3,6 reagenti va uning Ni(II) bilan kompleksining yutilish spektrlari 1-jadval BNOKS-S,S-3,6 reagenti va uining Ni(II) ioni bilan hosil qilgan kompleks birikmasining spektral tavsifi (EMC-31PC-UV, C HR=0,05%, ℓ=1,0 sm, λ=640, pH=6,5, n=5) Maksimum C 2+, Sendel bo‘yicha Kompleks Ме С 2+, , nm mkg/ Ме sezgirlik rangi рН Δ λ mo l/l Ā MeR HR 25 ml mkg/sm2 Kompleks Ni(II) bilan R (ℓ=1,0 sm, n=5) Ko‘k- 1,022 10- 6,5 640 540 100 15 0,568 0,0011 yashil 5 1-jadval va 1-rasmda keltirilgan eksperimental natijalar tahlili asosida, Ni(II) ionining BNOKS-S,S-3,6 reagenti bilan hosil qilgan kompleks birikmasi yuqori spektral kontraslikka ega ekani aniqlandi. Aniqlanishicha, kompleks hosil bo‘lishi jarayonida maksimal yutilish to‘lqin uzunligi ning siljishi Δλ = 100 nm ni tashkil etdi. Bu hodisa batoxrom (qizil tomon) siljish sifatida tavsiflanadi va reagent bilan metall ioni o‘rtasida kuchli elektron o‘zaro ta’sir natijasida yuzaga keladi. Batoxrom siljishning bunday aniq ifodalangan ko‘rinishi kompleksning hosil bo‘lishini vizual va spektral jihatdan ishonchli tarzda qayd etish imkonini beradi. Shuningdek, Sendel usuli bo‘yicha olib borilgan hisob-kitoblar natijasida Ni(II) ionining mazkur reagent bilan reaksiyasi yuqori analitik sezgirlikka ega ekani ko‘rsatildi. Sendel boʻyicha sezgirlik 0,0011 mkg/sm² ga teng bo‘lib, bu natija BNOKS-S,S-3,6 reagentining Ni(II) ionlariga nisbatan sezgirligi yuqoriligidan dalolat beradi. Bunday past aniqlash chegarasi, ushbu reagent asosida ishlab chiqilgan spektrofotometrik usulni mikro miqdordagi Ni(II) ionlarini aniqlash uchun samarali vosita sifatida qo‘llash imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 269 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” 1. Mitra S. et al. Impact of heavy metals on the environment and human health: Novel therapeutic insights to counter the toxicity //Journal of King Saud University-Science. – 2022. – Т. 34.

Доказательный фрагмент

«Mazkur ishda Ni(II) ionining BNOKS-S,S-3,6 reagenti bilan hosil qilgan kompleks birikmasining spektral xossalari o‘rganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ishda Ni(II) ionining BNOKS-S,S-3,6 reagenti bilan hosil qilgan kompleks birikmasining spektral xossalari o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sendel boʻyicha sezgirlik., spektral kontraslik, Ni(II), BNOKS-S, S-3, spektrofotometriya, 6, kompleks birikma
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники