Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VIRTUAL LABORATORIYALAR YORDAMIDA TIBBIY-BIOLOGIK FANLARNI O‘QITISH TAJRIBALARI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · O‘QITISH TAJRIBALARI · Esonov Ilyos Ahmad o‘g‘li · Boltayeva Surayyo Jo‘ra qizi
Журнал универсальных научных исследований · 125–130 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tibbiy-biologik fanlarni o‘qitishda virtual laboratoriyalarning o‘rni, afzalliklari va qo‘llanilish tajribalari tahlil qilinadi. Virtual laboratoriyalar talabalarga xavfsiz va interaktiv muhitda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu texnologiyalar bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: virtual laboratoriyalar, tibbiy-biologik fanlar, raqamli ta’lim, interaktiv o‘qitish, amaliy ko‘nikmalar, ta’lim texnologiyalari, simulyatsiya, onlayn ta’lim. Kirish. Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi tibbiy- biologik fanlarni o‘qitish metodikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, virtual laboratoriyalar ta’limda interaktivlik, vizuallik va mustaqil tajriba o‘tkazish imkoniyatlarini taqdim etib, an’anaviy laboratoriya ishlarini muqobil ravishda o‘tkazishga xizmat qilmoqda. Tibbiyot va biologiya kabi aniq ko‘nikma va tajriba talab etiladigan fanlarda virtual laboratoriyalar o‘quvchilarning amaliy bilimlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda. [1, p. 127] Ushbu maqolada virtual laboratoriyalardan foydalanish tajribalari, ularning afzalliklari, mavjud muammolar va taklif etilayotgan yechimlar haqida fikr yuritiladi. Asosiy qism. Virtual laboratoriyalar — bu kompyuter grafikasi, simulyatsiya va animatsiyalarga asoslangan o‘quv platformalari bo‘lib, ular orqali talabalar real muhitga yaqin sharoitda tajriba o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar. Ular ayniqsa, yuqori xavfli, qimmatbaho yoki fizikaviy jihatdan cheklangan tajribalarni o‘rganishda juda foydalidir. [2, p. 256] Shu sababli ham virtual laboratoriyalar bizga har qanday vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati; xavfsiz muhitda tajriba o‘tkazish; xatoliklarni takroran ko‘rib chiqish imkoniyati; qurilma va materiallardan tejamkor foydalanish kabi afzallikllarni beradi. [3, p. 8] Tibbiy-biologik fanlarda (anatomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, biokimyo va boshqalar) virtual laboratoriyalar turli shakllarda qo‘llanilmoqda. Masalan, 3D anatomiya modellari, biologik jarayonlar simulyatsiyasi, virtual mikroskoplar kabi vositalar orqali talaba real tajribalarni virtual tarzda o‘rganadi. [4, p. 518] Ba’zi oliy ta’lim muassasalari, xususan, tibbiyot universitetlarida Labster, Visible Body, BioDigital Human kabi platformalar yordamida talabalar nafaqat nazariy bilimga ega bo‘lmoqda, balki laboratoriya sharoitida amaliyot o‘tkazishga tayyorlanmoqda. [5, p. 58] Xulosa. Virtual laboratoriyalar tibbiy-biologik fanlarni o‘qitishda yangi bosqichni boshlab berdi. Ular nafaqat o‘quv jarayonining interaktivligini oshiradi, balki talabalarning ilmiy fikrlash, tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Shuningdek, pandemiya kabi favqulodda holatlarda ta’limning uzluksizligini ta’minlashda virtual laboratoriyalarning ahamiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi. Kelajakda bu yo‘nalishdagi texnologik imkoniyatlarni kengaytirish va ularni ta’lim tizimiga samarali joriy etish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar: [1] Azizah, N., & Aloysius, S. The Effects of Virtual Laboratory on Biology Learning Achievement: A Literature Review. Advances in Social Science, Education and Humanities Research, 6th International Seminar on Science Education, 2021. p. 125–130. [2] Çıngıl Barış, Ç. The use of virtual laboratory in teaching respiration subject in the Covid‐ 19 process. Biochemistry and Molecular Biology Education, 50(2), 2022. p. 254–260. 251 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” [3] Aripin, I., & Suryaningsih, Y. Developing BTEM-Based Virtual Biology Laboratory to Improve Students' Critical Thinking Skills on the Concept of Bacteria. Scientiae Educatia, 12(1), 2023. p. 1–14. [4] Paxinou, E., et al. Implementation and Evaluation of a Three‐Dimensional Virtual Reality Biology Lab versus Conventional Didactic Practices in Lab Experimenting with the Photonic Microscope. Biochemistry and Molecular Biology Education, 48(6), 2020. p. 515–522. [5] Tsirulnikov, I., et al. Game on: immersive virtual laboratory simulation improves student learning outcomes & motivation. FEBS Open Bio, 13(1), 2023. p. 52–61. 252
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tibbiy-biologik fanlarni o‘qitishda virtual laboratoriyalarning o‘rni, afzalliklari va qo‘llanilish tajribalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tibbiy-biologik fanlarni o‘qitishda virtual laboratoriyalarning o‘rni, afzalliklari va qo‘llanilish tajribalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- interaktiv o‘qitish, simulyatsiya, amaliy ko‘nikmalar, tibbiy-biologik fanlar, onlayn ta’lim., raqamli ta’lim, ta’lim texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025