К содержанию
РецензированоUZ2026

QORAQALPOQ VA O‘ZBEK MAQOLLARIDAGI ZOONIMLARNING SEMANTI-USLUBIY XUSUSIYATLARI

SEMANTI-USLUBIY XUSUSIYATLARI · Saylaubaeva Bibigul Jen’isbay qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article provides an analysis of zoonyms found in Karakalpak and Uzbek folk proverbs from the point of view of linguistics and cultural studies. The proverbs reveal historical, social, spiritual, and labor-related ideas, values, and images in the folk mind. In particular, the meaningful expression of animal symbols such as ox, camel, cow, ram, and horse and their role in folk oral art are highlighted. During the analysis, the lexical-semantic properties of paremiological units and their functional value as a means of phraseological imagery are also shown. The article presents ideas about the conceptual signs of zoonyms in the symbolic nature, their semantics related to the national-cultural views of the speaker. The scientific-educational, and spiritual value of research conducted in phraseology, ethnolinguistics, folklore, and cultural studies is shown. Keywords: paremiology, stable compounds, proverbs, phraseological units, zoonymic symbols, denotative meaning, connotation, language and thought, cultural heritage, ethnolinguistics, folk oral culture, conceptual sign, cultural history, mental structure, socio- cultural activity. Xalq og‘zaki ijodi xalqning tafakkuri, tarixiy tajribasi, turmush tarzi va ma’naviy dunyosining jonli aksidir. Shu bois maqollarni o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik, tarix, etnolingvistika kabi sohalar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqollar barqaror birikmalar sifatida yaxlit mazmun tashiydi. Maqollardagi muhim qadriyat belgilari, muloqotlararo kommunikativ funksiyasi, uslubiy-semantik xususiyatlari, madaniy kodlarni ifodalash darajasi o‘rganilgan [Dmitriyeva, 1997:37]. Tilshunos A. Nurmonov barqaror birikmalarga ta’rif berib, ularning yaxlit bir tushunchani ifodalashiga e’tibor qaratganlar. Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi bo‘lim paremiologiya deb yuritiladi. Paremiologiya – paremalar haqidagi soha. Ba’zi adabiyotlarda paremiyalar deb yuritilgan. Paremiya lingvistik hodisa hisoblanib, yaxlit, ajralmas 1633 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 birikmalarning kommunikativ, emotsional-ekspressiv funksiyasi bilan izohlanadi. Maqollar, hikmatli so‘zlar, topishmoqlar, iboralar (hozirgi fan nuqatayi nazaridan frazemalar) barqaror birikmalardir. Tahlillarimiz davomida barqaror birikmalarning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega ekanliklarini ko‘ramiz. Masalan, frazemalarning o‘ziga xos jihati ularning lug‘aviy birlik sifatida yaxlit bir tushuncha ifodalashidir. Ayrim frazemalar tahliliga to‘xtalamiz. Masalan, burni osmonga ko‘tarilimoq frazemasi struktur jihatdan uchta komponentdan tashkil topgan: burun+osmon+ko‘tarilmoq. Mazkur leksemalar grammatik shakllar (-i, -ga) orqali birikma hosil qiladi. Ushbu birikma o‘z ma’nosida ham qo‘llanishi, ya’ni burunni osmonga ko‘tarish (boshni osmonga qarata harakatlantirish) mumkin. Ammo mantiqan barqaror birikma o‘z ma’nosida qo‘llanmaydi. Faqat ko‘chma ma’noda kelib, bitta so‘zga teng tushunchani, ya’ni “kibrli”, “kibor” ma’nolarini anglatadi. Maqollar barqaror birikma sifatida birdan ortiq komponentdan tashkil topadi. Shu xususiyatiga ko‘ra frazemalar bilan umumiylik hosil qiladi. Maqollar komponentlari birlashib, yaxlit bitta lug‘aviy birlik sifatida bitta so‘zga teng kelmaydi. Maqollarning barqaror birikma sifatda olinishiga asosiy sabab – maqollardagi ma’no, mazmun yaxlit bir ko‘chma ma’no asosida reallashadi. Maqollar ko‘chma ma’noga asoslangan bo‘lishidan qat’iy nazar dastavval o‘zining mantiqiy asosiga ega bo‘ladi. Maqollarni o‘z ma’nosida kela olishidan qat’i nazar ko‘chma ma’noda qo‘llanishi, ma’lum ma’noda muloqotdagi ta’sirchanlikni ta’minlash uchun xizmat qilishi qayd etilgan. Maqollarning kelib chiqish tarixi va yuzaga kelish omillari mavjud. Masalan, maqollarning mazmunan boyligi, teranligi shu xalqning tafakkur darajasini belgilaydi. Turkiy xalqlar tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ularning bebaho qiymatga ega bo‘lgan tafakkur mahsullarini o‘zlashtirib boramiz. Bu tafakkur mahsullari insonlar o‘rtasidagi munosabat, ijtimoiy turmush tarzi, ishlab chiqarish, dehqonchilik, chorvachilik haqida muhim ma’lumotlar beradiki, maqollarni tadqiq qilish asosida ana shu tarixga, xaqimizning o‘tmishi va turmush tarziga, madaniy dunyo qarashiga va munosabatlariga doir muhim ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Bu jihatdan qoraqalpoq maqollari o‘ziga xos qiymatga ega. Qoraqalpoq maqollari orasida ijtimoiy turmush tarzi haqida ma’lumot beruvchi bir qator barqaror birikmalar keltirilgan. Zoonimlar maqollarda eng faol qo‘llangan timsollardan biri sifatida qaraladi. Tadqiqotlarda zoonimlarning badiiy matnlardagi o‘rni, uslubiy-semantik xususiyatlari tahlil etilgan [Zaripov, 2002]1. Masalan: Jeri qatti bolsa, O‘giz o‘gizden ko‘redi / Yeri qattiq bo‘lsa, Ho‘kiz ho‘kizdan ko‘radi. Bu maqol ho‘kiz orqali yer haydash jarayoni haqida ma’lumot beradi. Tariximizga bir nazar tashlaydigan bo‘lsak, XX asr boshlarigacha bo‘lgan dehqonchilikdagi turmush tarzida ho‘kiz qo‘shib yer haydash asosiy texnik ta’minot hisobla

Доказательный фрагмент

«This article provides an analysis of zoonyms found in Karakalpak and Uzbek folk proverbs from the point of view of linguistics and cultural studies.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides an analysis of zoonyms found in Karakalpak and Uzbek folk proverbs from the point of view of linguistics and cultural studies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
paremiology, stable compounds, proverbs, phraseological units, zoonymic, frazeologik birlik, etnolingvistika, til va tafakkur, madaniyat tarixi, paremiologiya, barqaror birikmalar, maqollar, konseptual belgi, mental struktura, konnotatsiya, ijtimoiy-madaniy faoliyat., zoonim timsollar, denotativ ma’no, xalq og‘zaki ijodi, madaniy meros
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники