К содержанию
РецензированоUZ2021

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FIZIKA FANINI O’QITISHDA RAQAMLI RESURSLAR (DT) DAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Ergashev Ozodbek TDPU tayanch doktoranti

Журнал универсальных научных исследований · 2021

Аннотация

Ushbu maqolada elektron ta’limning zamonaviy fizika ta’limida tutgan o‘rni, uning imkoniyatlari va afzalliklari yoritilgan. Elektron ta’lim multimediya, internet va kompyuter texnologiyalariga asoslanib, ta’lim jarayonini yanada samarali va interaktiv qilishga xizmat qiladi. Xususan, fizika o‘qituvchilarining laboratoriya mashg‘ulotlarini dasturiy ta’minot bilan boyitilgan muhitda tashkil etish orqali talabalarning nazariy va amaliy bilimlari chuqurlashtiriladi. Tadqiqotda o‘qituvchilarning AKT bo‘yicha kasbiy kompetensiyalari, kompyuter modellashtirish dasturlaridan foydalanish tajribalari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: elektron ta’lim, fizika ta’limi, axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot, laboratoriya mashg‘ulotlari, kompyuter modellashtirish, raqamli resurslar, o‘qituvchi kompetensiyasi, innovatsion metodlar, vizual ta’lim. Elektron ta’limning asosiy maqsadi, ta’limning innovatsion yondashuvlarini tatbiq etish orqali sifat va imkoniyatlarni oshirishdir. Bu jarayon multimediya va internet-texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 19 martdagi № PQ-5032 qarori, fizika ta’limining sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorida, axborot texnologiyalari va kompyuterlarning ta’lim jarayoniga kirib kelishi, jamiyatning turmush tarziga va o‘quv muassasalariga samarali ta’sir ko‘rsatishi zarurligini ta’kidlaydi [39]. Shu bilan birga, axborot va kompyuter texnologiyalarini o‘z ichiga olgan zamonaviy metodlar, fizika ta’limida yangi imkoniyatlar yaratmoqda, ayniqsa, fizikaviy jarayonlarni va tajribalarni kompyuterda modellashtirish orqali amalga oshirilmoqda. Ushbu tadqiqotda fizika o‘qituvchilarining fan bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini dasturiy ta’minot (DT) bilan to‘yingan muhitda tashkil etishda maxsus kasbiy kompetensiya mazmuni o‘rganiladi. Ushbu turdagi dasturiy ta’minot materiallari mazmunini ishlab chiqish o‘rganish asosida amalga oshirildi. Oliy ma’lumotli mutaxassisning kompetensiyalarini aniqlashning umumiy evropa tendensiyalari, mahalliy ta’limda o‘qituvchining (bakalavr/magistr) asosiy va maxsus kasbiy kompetensiyalarini tahlil qilish orqali, shuningdek, uning asosiy kasbiy AKT kompetensiyalari (SHakirova Z.X.[1], Dorojkin E. M. [2], Smirnov S. D. [3], Suxomlin V. A.[4], Tarasyuk O. V.[5], Tarasyuk O. V. [6], Aniskin V.N. [7], Kulikova L.L. [8] va boshqalar) tadqiqotlari natijasi asosida aniqlandi. SHunga ko‘ra fizika o‘qituvchisining laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda DT bo‘yicha maxsus kompetensiyalari ro‘yxati aniqlandi. Kompyuter yordamida o‘quv jarayonlarini modernizatsiya qilish, nafaqat an’anaviy dars metodlarini faollashtirish, balki o‘qituvchilarga o‘z ishini yanada osonlashtirish imkonini beradi. Fizikaviy jarayonlar va tajribalar monitorda ko‘rsatish va ularni bir necha marta takrorlash orqali talabalarga aniqroq tushuntirish imkonini beradi. Bunday texnologiyalar yordamida o‘quvchilar jarayonlarning natijalarini vizual tarzda ko‘rishlari mumkin, bu esa ta’limni samarali va tushunarli qiladi. Hozirgi globallashuv va raqamlashtirish davrida, elektron ta’lim ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan. An’anaviy va elektron ta’limning integratsiyasi, ularning o‘zaro uzviyligini ta’minlaydi va sifatli ta’limni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Elektron ta’lim, innovatsion yondashuvlarni, jumladan multimediya va internet- texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’lim sifatini va imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan. Bu jarayon talabalarga o‘ziga xos va qulay muhitda bilim olish imkonini yaratadi. Elektron ta’lim metodikasini 220 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” ishlab chiqishda, masofaviy o‘quv kurslari va tizimli yondashuvlar asosida zamonaviy bilimlar va qarashlarga mos keladigan innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash zarur. Oliy ta’lim muassasalarida fizika ta’limini axborot texnologiyalari yordamida o‘qitish, noan’anaviy o‘qitish metodlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali, o‘quvchilarda politexnik bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa ularning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. Shuningdek, internet tarmog‘ini o‘rganish va yangi mavzularni mustaqil tarzda o‘zlashtirishga bo‘lgan yondashuvni rag‘batlantiradi. Fizika ta’limida axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri – fizik jarayonlar va tajribalarni kompyuterda modellashtirish hisoblanadi. Kompyuter modellari dars jarayonining ham an’anaviy, ham innovatsion shakllarini faollashtirishga xizmat qiladi, o‘qituvchining ta’limiy faoliyatini yengillashtiradi hamda fizik hodisalarni tushunarliroq va vizual tarzda yoritish imkonini beradi. Bunday modellar yordamida murakkab effektlar aks ettiriladi, ularni monitorda bir necha bor namoyish etish, saqlash va takrorlash imkoniyati yaratilad

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada elektron ta’limning zamonaviy fizika ta’limida tutgan o‘rni, uning imkoniyatlari va afzalliklari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada elektron ta’limning zamonaviy fizika ta’limida tutgan o‘rni, uning imkoniyatlari va afzalliklari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dasturiy ta’minot, fizika ta’limi, elektron ta’lim, axborot texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники