К содержанию
РецензированоUZ2026

PSIXOLOGIK SALOMATLIK – KO‘PCHILIK E’TIBORIDAGI MUAMMO

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Umirqulova F.A · Norsoatova J.J

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada psixologik salomatlik tushunchasi, unga tahdid soluvchi omillar,ayniqsa talabalar orasidagi ruhiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.Jamiyatda psixologik salomatlikka nisbatan mavjud stereotiplar, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ushbu masalaning dolzarbligi asoslangan.Maqolada ruhiy salomatlikka tahdid soluvchi asosiy omillar -surunkali stress,ijtimoiy bosim,yolg‘izlik,moliyaviy muammolar va kiberzo‘ravonlik tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi miqyosida psixologik salomatlikni saqlashga qaratilgan davlat dasturlari, ta’lim tizimida joriy etilayotgan psixologik xizmatlar,profilaktik treninglar va axborot-targ‘ibot ishlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so`zlar. Psixologik salomatlik, Ruhiy sog‘liq, Ruhiy kasalliklar, Depressiya, Anksiyete, Stress, Talabalar salomatligi, Psixoterapiya, Farmakoterapiya, Tibbiyotda ruhiy salomatlik Kirish. Bugungi kunda inson salomatligi haqida gap ketganda, jismoniy emas,balki psixologik holat ham ayni darajada muhim omil sifatida qaralmoqda.Ammo afsuski, ko‘pchilik hollarda ruhiy salomatlik masalasi e’tibordan chetda qolmoqda.Global statistik ma’lumotlarga ko‘ra,dunyoda har to‘rtinchi inson hayoti davomida kamida bir marta ruhiy muammolarga duch keladi.O‘zbekiston ham bundan mustasno emas.Ayniqsa,yoshlar va talabalar orasida bu masala keskin tus olmoqda.Mavzuning dolzarbligi,ommaviy tus olishi va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri uni chuqur o‘rganishni taqozo etadi. I. Psixologik salomatlik tushunchasi va uning tarkibi. Psixologik salomatlik - bu insonning o‘zini his etishi,hayotdan mamnun bo‘lishi,stressli vaziyatlarga bardosh bera olishi, samarali mehnat qilishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topa olish qobiliyatidir.Bu tushuncha quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: • Emotsional barqarorlik – kayfiyatni boshqarish, salbiy hissiyotlarni yengib o‘tish qobiliyati; • Kognitiv salomatlik – fikrlash, anglash, qaror qabul qilish va muammolarni hal qilish qobiliyatlari; • Ijtimoiy aloqalar – ijobiy munosabatlar o‘rnatish,ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lish; • Stressga qarshilik – hayotdagi muammolarga qarshi kurashish va ulardan saboq chiqarish qobiliyati. II. Psixologik salomatlikka tahdid soluvchi omillar. Inson ruhiy holatiga ko‘plab omillar salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular orasida quyidagilar eng keng tarqalganlaridir: 1. Surunkali stress – ish bosimi, o‘qishdagi muvaffaqiyatsizliklar,oilaviy muammolar. 2. Ijtimoiy bosim va kiberzo‘ravonlik – ayniqsa yoshlar orasida keng tarqalgan bo‘lib, o‘ziga baho pastligini yuzaga keltiradi. 3. Yolg‘izlik va ijtimoiy ajralish – pandemiya davrida yanada kuchaydi. 4. Uyqu buzilishi, noto‘g‘ri ovqatlanish – miya faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. 5. Moliya va ish bilan bog‘liq xavotirlar – o‘z kelajagiga ishonchsizlik tuyg‘usini kuchaytiradi. III. Talabalar orasida psixologik salomatlik muammolariTalabalik davri inson hayotidagi eng mas’uliyatli, ayni paytda eng nozik bosqich hisoblanadi. Bu davrda yoshlar ko‘plab muammolarga duch keladilar: • Imtihon stressi, ta’lim yuklamasi, uy vazifalari bosimi; 200 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” • Mustaqil hayotga o‘tish, yangi muhitga moslashish muammolari; • Ijtimoiy mavqe, tashqi ko‘rinish, o‘zini jamiyatda isbotlash istagi; • Moliyaviy mustaqillik yo‘qligi; • Shaxsiy hayotdagi noaniqliklar. Natijada, talabalar orasida depressiya, xavotir, panik atak, uyqusizlik va hatto o‘z joniga qasd qilish holatlari ham uchrab turadi. IV. Jamiyatda ruhiy salomatlikka e’tibor yetishmasligi. Psixologik muammolarning og‘irlashuvi ko‘pincha jamiyatda bu holatning jiddiy qabul qilinmasligi, hatto uni “uyat” yoki “zaiflik” deb bilish bilan bog‘liq: • Psixologga murojaat qilish hali-hanuz ijtimoiy stigma (rad etish) ostida; • Oilalar ruhiy muammolarni tan olmaydi yoki uni e’tiborsiz qoldiradi; • Maktab va oliygohlarda psixologik xizmatlar yetarli emas yoki faol emas; • Tibbiyotda ruhiy salomatlik xizmatlariga moliyaviy resurslar yetarli darajada ajratilmagan. V. Psixologik salomatlikni saqlash yo‘llari.Inson ruhiy barqarorligini ta’minlash uchun quyidagi oddiy, lekin samarali usullar mavjud: 1. Jismoniy faollik – sport, piyoda yurish, yoga stressni kamaytiradi; 2. Samarali muloqot – do‘stlar,oila a’zolari bilan ochiq suhbatlar; 3. Rejalashtirish va vaqtni boshqarish – haddan ortiq yuklamalardan qochish; 4. Meditatsiya va nafas olish texnikalari – emotsional muvozanatni tiklaydi; 5. Psixologik yordamga murojaat qilish – maxfiylik va ishonch asosida mutaxassis bilan ishlash; 6. Ruhiy gigiyena – ijobiy axborot iste’moli, salbiy muhitdan uzoqlashish. VI. O‘zbekistonda psixologik salomatlik sohasida olib borilayotgan ishlarSo‘nggi yillarda mamlakatda ruhiy salomatlik masalalariga nisbatan e’tibor ortmoqda: • Maktab va oliy ta’lim muassasalarida psixolog lavozimlari joriy etildi; • “Psixologik sog‘lom muhit” konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada psixologik salomatlik tushunchasi, unga tahdid soluvchi omillar,ayniqsa talabalar orasidagi ruhiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.Jamiyatda psixologik s…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada psixologik salomatlik tushunchasi, unga tahdid soluvchi omillar,ayniqsa talabalar orasidagi ruhiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.Jamiyatda psixologik s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Psixologik salomatlik, Ruhiy kasalliklar, Depressiya, Ruhiy sog‘liq, Anksiyete
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники