Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA TIMSS NAMUNAVIY TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Yuldoshov B.A. · Xaliyarov J.X. · Raupova S.A.
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida xalqaro baholash dasturlaridan biri bo‘lgan TIMSS namunaviy topshiriqlaridan foydalanish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda TIMSS topshiriqlarining tuzilishi, mazmuni va ularning o‘quvchilarda ilmiy tafakkur, muammoli fikrlash, mantiqiy tahlil qilish va eksperimentga asoslangan bilimlarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Bunda TIMSS topshiriqlari orqali biologiya, fizika, kimyo va geografiya kabi tabiiy fanlarni o‘qitishda dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilar bilimini xalqaro standartlar darajasida baholashga tayyorlash yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Tayanch so‘z va iboralar: Tabiiy fanlar, TIMSS, kuzatish, tajriba, tahlil Mamlakatning ta’lim sifatini xalqaro tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqib, o‘quv jarayonini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shubhasiz, tabiiy fanlar biologik, fizikaviy, kimyoviy va geografik bilimlarni chuqurlashtirishni talab etadi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning yuqori natijalarga erishishi asosan bilimlarning odatiy vaziyatlarida qo‘llash qobiliyati tufayli bo‘lib, ammo ular olgan bilimlarning ahamiyatini tushunish va nostandart vaziyatlarda ushbu bilimlardan foydalanish oson kechavermaydi. Tayanch maktabda tizimli tabiatshunoslik kurslarining mazmuni o‘quv faoliyatining ancha murakkab turlarini, shu jumladan loyihaviy va o‘quv tadqiqotlarini talab qiladigan hayotiy vaziyatlarga asoslangan vazifalar bilan to‘ldirilishi talab etmoqda. TIMSS tadqiqoti natijalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, maktab o‘quvchilari kuzatish va eksperimentlarning alohida bosqichlarini farqlashni yoki oddiy tadqiqotlar natijalarini tahlil etishni talab qiladigan topshiriqlarni bajarishda metodik ko‘nikmalarda kamchiliklar yuzaga keldi[1]. 6-sinf “Tabiiy fanlar” darsligida[2] 82-mavzu “Sodda elektr zanjiri”ga oid egallangan bilimlarni mustahkamlashda quyidagi topshiriq muhim ahamiyatga ega: 1-topshiriq: Quyidagi rasmda (1-rasm) elektr zanjiridagi batareyaga ulangan lampochka ko‘rsatilgan. 1 va 2 nuqtalarga ulangan quyidagi jismlarning qaysi biri lampochkaning yonishiga olib keladi? A) temir sim B) plastik qoshiq C) rezina tasma D) yog‘och tayoq 1-rasm. Elektr zanjiri Zamonaviy sharoitda ilmiy bilimlar metodologiyasi bilan tanishish tabiatshunoslik ta’limining ajralmas va o‘ta muhim qismi hisoblanadi, chunki u ilmiy ma’lumotlarning ishonchliligini 168 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” baholash uchun asboblar to‘plamini tashkil qiladi va shuning uchun kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun asos bo‘ladi. Oddiy kuzatish va tajribalarni mustaqil ravishda o‘tkazish qobiliyatini rivojlantiruvchi o‘quvchilarning tajribalar tizimini atrof-muhit bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarga kiritish maqsadga muvofiq. Ushbu berilgan tavsiyalar tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonini zamon talablari asosida takomillashtirish imkonini berishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ковалёва Г.С., Демидова М.Ю. Международное сравнительное исследование TIMSS- 2011 «Естествознание»: результаты и выводы - Школьные технологии – 2013 - №4 – с. 155- 161 2. K. T. Suyarov va boshq. Tabiiy fanlar: 6-sinf uchun darslik. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 192 b. 169
Доказательный фрагмент
«Maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida xalqaro baholash dasturlaridan biri bo‘lgan TIMSS namunaviy topshiriqlaridan foydalanish metodikasi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida xalqaro baholash dasturlaridan biri bo‘lgan TIMSS namunaviy topshiriqlaridan foydalanish metodikasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- TIMSS, Tabiiy fanlar, kuzatish, tajriba, tahlil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026