К содержанию
РецензированоUZ2026

JIGAR SIRROZI BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA PORTAL GIPERTENZIYA VA UNING ASORATLARI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · VA UNING ASORATLARI

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda rivojlanadigan portal gipertenziya holati va uning asosiy klinik ko‘rinishlari, diagnostikasi hamda asoratlari davolash chora tadbirlari yoritilgan. Portal gipertenziya – bu jigar ichidagi qon aylanishining buzilishi natijasida porta venasida bosimning ortishi bo‘lib, u ko‘plab og‘ir asoratlar, xususan, qizilo‘ngach varikoz tomirlari, assit va splenomegaliyaga olib keladi. Ushbu maqolada aynan shu holatlarning patogenezi, klinik belgilari va davolash yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: jigar sirrozi, portal gipertenziya, ezofageal varikoz, gipertenziv gastropatiya, splenomegaliya, asit, gepatorenal sindrom, qon ketish, portosistemik kollaterallar, jigar yetishmovchiligi, gepatotsellyulyar disfunktsiya, asoratlar. Kirish. Jigar sirrozi – bu jigar parenximasining progressiv fibroz bilan xarakterlanuvchi surunkali kasalligi bo‘lib, hepatotsitlarning nekrozi, tugun hosil bo‘lishi va jigar me’morchiligining buzilishi bilan kechadi. Sirrozning asosiy asoratlaridan biri bu portal gipertenziya hisoblanadi. Portal gipertenziya natijasida vena porta tizimida bosim ortadi va bu holat bir qator og‘ir klinik sindromlarni yuzaga keltiradi. Portal gipertenziya patogeneziga umumiy nazariya. Portal gipertenziya — vena portadagi bosimning 5 mmHg dan yuqoriga ko‘tarilishi bilan ifodalanadi. Jigar sirrozi paytida fibroz to‘qima jigar ichidagi qon oqimini cheklaydi va bu natijada vena portada bosim oshib ketadi. Qonning alternativ yo‘nalishlari orqali (kollateral aylanish yo‘llari) yurishga urinishi esa varikoz tomirlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Portal gipertenziyaning asosiy asoratlari 1. Qizilo‘ngach va me’da varikoz tomirlari Bu tomirlarning kengayib, yupqalashuvi natijasida ular oson yoriladi va hayot uchun xavfli bo‘lgan qon ketishiga olib keladi. Klinikasi: qon qusish, melena, ortostatik holsizlik. Diagnostika: ezofagogastroduodenoskopiya (EGDS). 1-rasm. Jigar sirrozi. 151 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” 2. Assit (qorin bo‘shlig‘iga suyuqlik to‘planishi) Jigar funksiyasining yetishmovchiligi va vena portadagi bosim ortishi natijasida yuzaga keladi. Klinikasi: qorinning shishishi, og‘irlik hissi, nafas qisishi. Diagnostika: qorinning UTT, paratsentez. 3. Splenomegaliya va trombotsitopeniya. Talqon (taloq) kattalashadi, bu esa trombotsitlar singib ketishiga olib keladi. Klinikasi: qon ketishlarga moyillik, holsizlik. 4. Gepatorenal sindrom Og‘ir portal gipertenziya va jigar yetishmovchiligi natijasida buyrak funksiyasining buzilishi. Og‘ir prognozga ega, intensiv davolashni talab etadi. 5. Gepatopulmonal sindrom. Jigar kasalligiga bog‘liq gipoksemiya va o‘pka qon aylanishining buzilishi. Diagnostika. Laborator tekshiruvlar: jigar fermentlari (ALT, AST), bilirubin, albumin, protrombin indeksi. Instrumental tekshiruvlar: Qorinning UTT – assit va splenomegaliyani aniqlash, EGDS – varikoz tomirlarni aniqlash, fibroskan – jigar fibrozini baholash. CT yoki MRT – portal tizimdagi qon aylanishni tekshirish. 2-rasm. Jigar sirrozi. Davolash yondashuvlari 1. Farmakologik davo: Beta-blokatorlar (propranolol, nadolol) – portal bosimni kamaytiradi. Diuretiklar (spironolakton, furosemid) – assitni kamaytirish. Albumin infuziyasi – suyuqlik muvozanatini tiklash. 2. Endoskopik usullar: Qizilo‘ngach varikoz tomirlarini bog‘lash (ligatsiya) yoki skleroterapiya. 3. Paratsentez – assit suyuqligini chiqarish (katta miqdorda bo‘lsa). 4. TIPS (Transjugulyar intrahepatik portosistemik shunt) Portal tizim bosimini kamaytirish uchun jigar ichida sun’iy yo‘l yaratish. 5. Jigar transplantatsiyasi. Og‘ir dekompensatsiyalangan sirroz va murakkab portal gipertenziyada yagona radikal usul. Xulosa. Jigar sirrozi bemorlarida portal gipertenziya hayot uchun xavfli bo‘lgan asoratlarni yuzaga keltiradi. Vaqtida aniqlash, muntazam monitoring va kompleks davolash orqali bu asoratlarning oldini olish va bemorning hayot sifatini yaxshilash mumkin. Portal gipertenziya faqat 152 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” bir simptom emas, balki sirrozning chuqur patofiziologik oqibati bo‘lib, har tomonlama yondashuvni talab etadi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Назаренко Г.И., Савельев В.С. Портальная гипертензия. — М.: Медицина, 2020. — 356 с. 2. Шабалин А.В., Гольдин С.И. Цирроз печени: патогенез, клиника, осложнения. — Санкт-Петербург: СпецЛит, 2019. — 224 с. 3. Garcia-Tsao G., Bosch J. Management of varices and variceal hemorrhage in cirrhosis. New England Journal of Medicine. 2010; 362(9):823–832. 4. Iwakiri Y. Pathophysiology of portal hypertension. Clinics in Liver Disease. 2014; 18(2):281–291. 5. Bosch J., Abraldes J.G., Berzigotti A., Garcia-Pagan J.C. The clinical use of HVPG measurements in chronic liver disease. Nature Reviews Gastroenterology & Hepatology. 2009; 6(10):573–582. 6. Қурбонова Г.А., Раҳимова Д.Ж. Гепатологиянинг долзарб муаммолари. – Тошкент: ТТА нашр

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda rivojlanadigan portal gipertenziya holati va uning asosiy klinik ko‘rinishlari, diagnostikasi hamda asoratlari davolash chora tadbirlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda rivojlanadigan portal gipertenziya holati va uning asosiy klinik ko‘rinishlari, diagnostikasi hamda asoratlari davolash chora tadbirlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
splenomegaliya, asit, ezofageal varikoz, gipertenziv gastropatiya, gepatorenal sindrom, igar sirrozi, portal gipertenziya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники