Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SEMIZLIK VA METABOLIK SINDROM: ASOSIY TERAPIYA BOSQICHLARI VA PARHEZ BILAN YONDASHUV
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · PARHEZ BILAN YONDASHUV
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Данная статья посвящена теме ожирения и метаболического синдрома, предоставляя общую информацию об их определении, основных факторах риска и влиянии на здоровье. В статье рассматриваются основные этапы лечения ожирения и метаболического синдрома, включая изменение образа жизни, диетотерапию, медикаментозное лечение и хирургические методы. Ожирение и метаболический синдром признаны одними из важных проблем современного здравоохранения, поскольку они значительно повышают риск сердечно-сосудистых заболеваний, сахарного диабета 2 типа и других хронических патологий. Также освещаются диагностические критерии, причины развития и патогенез данных состояний. Статья может быть полезна для медицинских специалистов, диетологов и читателей, интересующихся здоровым образом жизни. Ключевые слова: Ожирение, метаболический синдром, диета, физическая активность, инсулинорезистентность, диетотерапия, физическая нагрузка, медикаментозная терапия. Kirish. Semizlik va metabolik sindrom zamonaviy sog‘liqni saqlash sohasidagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, ular global miqyosda millionlab odamlarning hayot sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 1.4 milliarddan ortiq odam ortiqcha vazn yoki semizlikdan aziyat chekadi, bu esa metabolik sindromning tarqalishiga zamin yaratadi. Metabolik sindrom abdominal semizlik, insulin qarshiligi, dislipidemiya va gipertoniya kabi komponentlarning kombinatsiyasi sifatida yurak-qon tomir kasalliklari, 2-turi diabet 145 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” va hatto saraton xavfini oshiradi. O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda noto‘g‘ri ovqatlanish odatlari, kam harakatli turmush tarzi va genetik omillar ushbu holatlarning tobora kengayib borishiga sabab bo‘lmoqda. Semizlik va metabolik sindromning ortib borishi bilan ushbu holatlarni erta aniqlash, profilaktika qilish va samarali davolash usullariga bo‘lgan ehtiyoj kuchaymoqda. Ayniqsa, parhez bilan yondashuv, turmush tarzini o‘zgartirish va dori-darmon bilan kompleks terapiya semizlikni boshqarishda asosiy omillar sifatida e’tirof etilmoqda. Xavf omillari va asoratlari. Semizlik va metabolik sindrom ko‘plab ichki va tashqi omillar natijasida rivojlanadi. Ularning eng asosiy sababi bu — noto‘g‘ri ovqatlanish va kamharakat turmush tarzi. Har kuni yog‘li, shakarli, qovurilgan, kaloriyasi yuqori ovqatlarni iste’mol qilish, shuningdek, yetarlicha suv ichmaslik va meva-sabzavotlarga e’tibor bermaslik vazn ortishiga olib keladi. Jismoniy faollikning yetishmasligi masalan, sport bilan shug‘ullanmaslik va doimiy harakatda boʻlmaslik ortiqcha energiyaning yog‘ shaklida to‘planishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, stress, uyqu yetishmasligi, uyqu sifatsizligi, gormonlar muvozanatining buzilishi (ayniqsa insulin, leptin, kortizol), genetik moyillik (otasida yoki onasida semizlik bo‘lsa), notog‘ri ovqatlanish odatlari bolalik davridan boshlab, hatto ayrim dori vositalarining (masalan, gormon tabletkalari) uzoq muddatli iste’moli ham xavfni oshiradi. Ko‘plab ayollarda gormonlar o‘zgarishi tufayli (xususan, menopauza davrida yoki tug‘ruqdan so‘ng) semizlik yuzaga keladi. Shuningdek, kompyuter yoki telefon oldida ko‘p vaqt o‘tkazish jismoniy faollik yetishmasligi bilan birga semizlik xavfini kuchaytiradi. Qis²qasi hozirgi zamon hayot tarzi bu kasallikning asosiy sababi deyish mumkin. Semizlik va metabolik sindrom nafaqat tashqi ko‘rinishga, balki sog‘liq uchun juda katta xavf tug‘diradi. Ular yurak va qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin (yurak urishi, gipertoniya, insult), 2-tip diabet (qandli diabet), jigar yog‘lanishi (nafaqat spirtli ichimliksiz yog‘li jigar), tuxumdonlar faoliyatining buzilishi, bepushtlik, erkaklarda testosteron pasayishi, ayollarda PCOS (polikistoz tuxumdon sindromi) kabi muammolar paydo bo‘ladi. Barqaror vazn yo‘qotish va metabolik ko‘rsatkichlarni yaxshilash. Barqaror vazn yo‘qotish va metabolik ko‘rsatkichlarni yaxshilash o‘rta yer dengizi dietasi asosida muvozanatli ovqatlanish, jismoniy faollik ya'ni aerobik va mushak mustahkamlovchi mashqlar va turmush tarzi o‘zgarishlaridagi barqaror odatlar shakllantirishdan iborat. Bular orasi o‘rta yer dengizi dietasi asosida muvozanatli ovqatlanish samarali usullardan biri hisoblanadi. Bu dieta kaloriya defitsitini ta’minlash, visseral yog‘ni kamaytirish, insulin sezuvchanligi, lipid profili va qon bosimini yaxshilashga qaratilgan. O‘rta yer dengizi dietasi (Me-Di) metabolik sindromning asosiy komponentlarini (abdominal semizlik, insulin qarshiligi, dislipidemiya, gipertoniya) boshqarishda samarali ekanligi isbotlangan. Uning to‘yinmagan yog‘lar, polifenollar va tolaga boyligi yallig‘lanish va oksidlovchi stressni kamaytiradi. Kunlik kaloriya iste’molini 500-1000 kkal ga kamaytirish (masalan erkaklar uchun 1800-2000 kkal, ayollar uchun 1500-1800 kkal). Bu 5-10% vazn yo‘qotishga olib keladi bu esa qon bosimini 4.4/3.6 mmHg pasaytiradi va insuli
Доказательный фрагмент
«Данная статья посвящена теме ожирения и метаболического синдрома, предоставляя общую информацию об их определении, основных факторах риска и влиянии на здоровье.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная статья посвящена теме ожирения и метаболического синдрома, предоставляя общую информацию об их определении, основных факторах риска и влиянии на здоровье. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Obesity, metabolic syndrome, diet, physical activity, insulin resistance, dietary, insulin qarshiligi, parhez, jismoniy faollik., jismoniy faollik, parhez terapiyasi, dori terapiyasi., metabolik sindrom, semizlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025