К содержанию
РецензированоUZ2026

TABIIY FANLARDAN ENERGIYAGA OID DASTLABKI TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHDA MEDIATA’LIM RESURSLARINING O‘RNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” · Raupova Sojida Abduvaitovna

Журнал универсальных научных исследований · 2026

Аннотация

Maqolada boshlang‘ich sinflarda “Tabiiy fanlar”ni o‘qitishda o‘quvchilarga zamonaviy energiya manbalariga oid dastlabki tushunchalarni shakllantirishning metodik tavsiflari hamda mediata’lim resurslaridan foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar keltirib o‘tilgan. Tayanch so‘z va iboralar: mediata’lim, mediatexnologiya, energiya manbalari, mediata’lim resurslari. Jamiyatning raqamli transformatsiyasida mediata’limni modernizatsiyalash jarayonining bir qismi sifatida virtual olamning paydo bo‘layotgan afzalliklarini hisobga oladi va mediatexnologiyalar salohiyatidan to‘liq foydalanish imkonini beradi. Raqamli multimedia ta’lim resurslarini yaratish va ulardan foydalanish nafaqat maktab o‘quvchilarini o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish, balki ularni raqamli jamiyatda hayotga tayyorlashning samarali vositasiga aylanmoqda. Zamonaviy dunyoda media-ta’lim muhandislik ta’limi, yoshlarning ilmiy-texnik ijodkorligini, ijodiy media faoliyatini ommalashtirish hamda media ijodi madaniyatini shakllantirishda muhim vosita sifatida ahamiyat kasb etadi. Ta’limning turli shakllarida amalga oshiriladigan media-ta’lim o‘quvchining o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijodiy anglashini rivojlantiradi, u turli manbalardan olingan ma’lumotlarni uyg‘un tarzda birlashtirish, uni tanqidiy baholash, tahlil qilish, qayta ishlash, qo‘llashni o‘rganadi[1]. O‘quvchilar uchun o‘quv jarayoni rasmiy ta’limning eng asosiy darajasi bo‘lgan boshlang‘ich ta’limdan boshlanadi. O‘quvchilar ta’limidagi mavzulardan biri qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidir. Qayta tiklanadigan energiya manbalari tabiatdan kelib chiqadigan, erkin foydalanish mumkin bo‘lgan, uzluksiz va cheksiz foydalanish mumkin bo‘lgan energiya manbalaridir. Ta’lim o‘quvchilarni o‘rgatilayotgan materialga qiziqtirishi va munozaralar davomida faol bo‘lishi uchun imkon qadar jozibador tarzda to‘plangan o‘quv vositalaridan foydalanishni talab etadi(1-rasm). O‘rganishning dastlabki natijalari berilgan savollarga o‘quvchilarning ma’lumotlarni qay darajada o‘zlashtirishini va baholash mezoni sifatida ishlatilishini aniqlashga qaratilgan[2]. 1-rasm. Energiya manbalariga oid savollar Mediata’lim resurslari (masalan, videolar, illyustratsiyalar, interaktiv o‘yinlar va onlayn materiallar) o‘quvchilarga yangi bilimlarni qiziqarli va tushunarli tarzda taqdim etish imkonini beradi. Mediata’lim resurslari yordamida energiyaning kundalik hayotdagi o‘rni, masalan, elektr energiyasining ishlatilishi yoki qayta tiklanadigan energiya manbalarini taqdim etish, o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshiradi[3]. 164 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” O‘quvchilar faolroq bo‘lishi, muhokamalarini o‘tkazishda zerikmasliklari uchun jozibador raqamli ta’lim usullari bilan qo‘llash lozim. Atrof-muhit muammolari boshlang‘ich sinflarda energiya savodxonligi dasturlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tarbiyaning bir qismi bo‘lgan energiya savodxonligini o‘rganish o‘quvchilarning energiyadan oqilona foydalanishga bo‘lgan munosabati va xulq-atvorini yanada chuqurlashtirishni talab qiladi. Energiya tushunchalari tabiiy fanlar orqali shakllantirish, o‘quvchilarga energiyaning turli shakllari, uning saqlanishi va uzatilishi haqida tushuncha berishning samarali usulidir. Tabiiy fanlarda energiya konsepsiyasini o‘rganishda asosiy maqsad energiyaning qonuniyatlarini va tabiatdagi o‘zgarishlarni tushunish hisoblanadi. Tabiiy fanlar orqali energiya tushunchasini o‘rganish, o‘quvchilarga ilmiy va amaliy jihatdan energiyaning tabiatdagi o‘zgarishlarini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu metodologiya, shuningdek, kelajakda energiyani tejash va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilishga ham yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. М.В. Кузьмина. Методические рекомендации «Медиаобразование как ресурс профессиональной ориентации детей и молодежи» / – Киров: ИРО Кировской области, 2020. – 60 с. 2. Rohman, A., & Nandiyanto, A. B. D. (2022). Learning of Renewable Energy Sources in Elementary School Based on Digital. Open Global Scientific Journal, 1(1), 33–40. https://doi.org/10.70110/ogsj.v1i1.6 3. Malikova Y. V. Tabiiy fanlar. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik, 2-qism / Y. V. Malikova. - Toshkent. “Novda Edutainment”.2023. - 120 b. 165

Доказательный фрагмент

«Maqolada boshlang‘ich sinflarda “Tabiiy fanlar”ni o‘qitishda o‘quvchilarga zamonaviy energiya manbalariga oid dastlabki tushunchalarni shakllantirishning metodik tavsiflari hamda mediata’lim resurslaridan foydalanish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada boshlang‘ich sinflarda “Tabiiy fanlar”ni o‘qitishda o‘quvchilarga zamonaviy energiya manbalariga oid dastlabki tushunchalarni shakllantirishning metodik tavsiflari hamda mediata’lim resurslaridan foydalanish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mediata’lim, energiya manbalari, mediata’lim resurslari., mediatexnologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти