Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KARBAMID, FARMALDEGID VA QAHRABO KISLOTASI ASOSIDA KOMPLEKS HOSIL QILUVCHI SORBENTLARNI SINTEZI VA TADQIQOTI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING · MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Annotatsiya. Mazkur ilmiy tadqiqot ishida tarkibida azot va kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi sorbentlarni polikondensatsiya reaksiyasi asosida sintez qilindi.Sintez qilingan sorbentning tarkibi, tuzilishi hamda fizik-kimyoviy xossalari o‘rganildi.Sorbentning sochma og’irligi va statik almashinuv sig‘imini aniqlandi. Kalit so‘zlar: sorbent, karbamid, formalin, qahrabo kislotasi, KFQ,statik almashinish sig’imi,sochma og’rlik. Kirish. Karbamid, tiokarbamid, formalin va qahrabo kislotasi asosidagi kompleks hosil qiluvchi sorbentni sintez qilish va o‘rganishda tadqiqot ishini bajarish uchun “toza” va “kimyoviy toza” markali kimyoviy reaktivlardan foydalanildi. Tajriba uchun ishlatilgan kimyoviy reaktivlar eritmalari namunani aniq hajmdagi erituvchilarda eritib tayyorlandi. Asosiy qism. KFQ sorbentining sintezi. Tarkibida azot va kislorod saqlagan kompleks hosil qiluvchi ionit sintezi uchun qaytar sovutgich va avtomatik aralashtirgich o‘rnatilgan uch og'izli kolbaga 1,2 g(0,02 mol) karbamid 4 ml(0,05 mol) formalinda eritildi va pH=8-9 bo‘lgunga qadar ammoniy gidroksid eritmasi qo‘shildi. Harorat 70-80 ℃ da qavushqoq massa hosil bo‘lguncha qizdirildi. Hosil bo‘lgan qovushqoq aralashmaga 1,18 g(0,01mol) qahrabo kislotani 5 ml ammoniy gidroksiddagi eritmasidan tomchilatib qo‘shildi va aralashtirildi. Harorat 110-130 ℃ ga ko‘tarilganda qattiq yoki saqichsimon massa hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan smolasimon massa chinni kosachaga solindi va 100 ℃ haroratda quritish shkafida 20 soat davomida quritildi. Quritilgan polimer maydalangach, past molekulyar og‘irlikdagi moddalardan dastlab 5 % li natriy ishqor eritmasi bilan, so‘ngra bir necha marotaba distillangan suv bilan neytral holga kelguncha yuvildi. Natijada kichik g‘ovaklardan iborat oq rangli donador massa hosil bo‘ldi. Mahsulot unumi 90 % ni tashkil etdi. Karbamid, formalin va qahrabo kislota polikondensatsiyasi reaksiyasiga muqobil harorat ta’sirini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib borildi. Polikondensatsiya reaksiya jarayoni: 110, 120, 130 va 140 ℃ haroratlarda o‘rganildi. Izlanishlar davomida reaksiyaning vaqtga bog’liqligi, sorbentning suvdagi solishtirma hajmi va 0,1 n NaOH eritmasi uchun statik almashinish sig‘imi (SAS) qiymati aniqlandi. 1-jadval Polikondensatsiya jarayonida haroratining ion almashinuvchi xossalariga ta’siri Reaksiya Maxsus hajm Reaksiya SAS, 0,1 n NaOH eritmasi № harorati T, suvda bo‘kkan sorbent H vaqti τ, soat mg-ekv/g bo‘yicha ℃ shakli, ml/g 1. 110 5-6,5 1,5 2,9 2. 120 4,5-5 1,3 3,2 3. 130 2,5-3 1,0 5,0 4. 140 1,5-2 0,9 3,9 1-jadvalda keltirilgan natijalarga ko’ra, polikondensatsiya reaksiyasi uchun muqobil harorat sifatida 130 °C olingan, reaksiya vaqti 1,5-2 soat, reaksiya bir xil bo‘lib, 0,1 n NaOH eritmasi uchun almashinuv sig‘imi 5 mg-ekv /g ga to‘g‘ri keladi. 132 “TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” 6 g /v 5 k e g m - 4 ,S A3 S 2 105 115 125 135 145 T, C 1-rasm. Sintez qilingan KFQ sorbentlarining sitatik almashinish sig‘imini haroratga bog‘liqlik grafigi. 1-jadval va 1-rasmda keltirilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, 110 ℃ haroratda polikondensatsiya reaksiyasining davomiyligi 5-6,5 soat, sorbentning statik almashinish sig’imi KFQ uchun 2,9 mg-ekv/g ekanligi aniqlandi. Bu ma’lum bir haroratda reaksiya uchun olingan reaktivlarning past faolligi bilan bog‘liq. Reaksiya haroratining 140 °C gacha ko‘tarilganda polikondensatsiyalanish reaksiyasi tezligi ortdi shu bilan birgalikda reaksiyaga sarflangan vaqt 1,5-2 soatgacha kamayadi, shu bilan bir qatorda static almashinish sig’imining qiymati hamda ion almashinuvchining bo‘kkanlik darajasi ham kamayadi. Bundan shunday xulosa qilindiki, ma’lum bir haroratda hosil bo‘lgan ion almashinuvchining strukturasi zichroq bo‘lib, buning natijasida ionogen guruhlarning harakatchanligi qiyinlashadi.Olib borilgan izlanishlar natijasida polikondensatlanish reaksiyasi uchun muqobil harorat 130 °C olindi, reaksiya vaqti 2,5-3 soat va 0,1 n NaOH eritmasi uchun almashinish sig‘imi 5,0 mg-ekv/g qiymatiga ega ekanligi aniqlandi. Xulosa.Karbamid, formalin, dikarbon kislota kislotasining polikondensatsiya reaksiyasi asosida kompleks hosil qiluvchi MFL, MFQ hamda MFV sorbentlar olindi. Tadqiqotlarda olingan sorbentlarning sintez qilish uchun muqobil sharoitlar aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Muqumova G.J.,Turayev X.X.,Mo ‘minova Sh.N.,Kasimov Sh.A.,Karimova N.J. “Spectroscopic analysis of a sorbent based on urea, formalin, and succinic acid and its complexes with ions of Cu(II), Zn(II), Ni(II)” Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-texnik jurnali 1-son 2024y 133
Доказательный фрагмент
«Annotatsiya. Mazkur ilmiy tadqiqot ishida tarkibida azot va kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi sorbentlarni polikondensatsiya reaksiyasi asosida sintez qilindi.Sintez qilingan sorbentning tarkibi, tuzilishi hamd…»
Образец извлечения
Демо-превьюAnnotatsiya. Mazkur ilmiy tadqiqot ishida tarkibida azot va kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi sorbentlarni polikondensatsiya reaksiyasi asosida sintez qilindi.Sintez qilingan sorbentning tarkibi, tuzilishi hamd… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sochma og’rlik., statik almashinish sig’imi, karbamid, formalin, KFQ, qahrabo kislotasi, sorbent
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026