Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURILI OZIQLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINING OQ AMUR BALIQLARINING O‘SISH VA RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI · Abduraximov Abbosbek Dilmurod o‘g‘li, magistr
Педагоги · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada oq amur baliqlarining o‘sish sur’atlari va oziqlanish xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida baliqlar 4 xil oziqlantirish usuli asosida parvarish qilindi: an’anaviy usul (nazorat guruhi), ryaska suv o‘ti, azolla suv o‘ti hamda ryaska va azolla aralashmasi bilan boqish. Har oy davomida baliqlarning o‘rtacha kunlik o‘sish ko‘rsatkichlari biometrik usulda hisoblab chiqildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, aralash ozuqa (ryaska va azolla) bilan boqilgan baliqlarda eng barqaror va yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etildi. Shu bilan birga, mavsumiy omillarning (harorat, faoliyat darajasi) o‘sish sur’atlariga ta’siri ham tahlil qilindi. Maqolada samarali baliqchilik texnologiyalarini ishlab chiqish uchun amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: oq amur, baliq o‘sishi, oziqlantirish usullari, ryaska, azolla, aralash ozuqa, kunlik o‘sish, baliqchilik, eksperiment, biometrik tahlil, mavsumiy omillar, suv o‘tlari bilan oziqlantirish Kirish. Oq amur baliqlari oziqlanish nuqtai nazaridan o'txo‘r baliqlar turkimiga mansub bo‘lib, daryo va ko‘l suvlarida yashovchi baliqlar xisoblanadi. Ular baliqchilik xo‘jaliklarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan baliq turlaridan hisoblanadi va shu bilan birga suv o‘simliklari bilan oziqlangani uchun suv havzalarini tozalashda tabiiy vosita sifatida ham xizmat qiladi. Tabiiy sharoitda oq amur baliqlarining yoshiga qarab o‘sish sur’atlari quyidagicha bo‘ladi, bir yoshli oq amur baliqlarining uzunligi o‘rtacha 15–25 sm bo‘lib, ularning og‘irligi 150–300 g ga teng bo‘ladi. ikki yoshli baliqlarda bir yoshli baliqlarga nisbatan katta farq kuzatilmaydi, ularning uzunligi 25–40 sm bo‘lib, og‘irligi 500–1000 g gacha yetadi. Ular 3-4 yoshga yetganda esa og‘irligi 1,5–3 kg, ba’zan 5 kg gacha yetadi. Ular tabiiy sharoitda 10–15 yil, qulay muhit sharoitida ba’zan 20 yilgacha yashashi ko‘p olimlar tomonidan o‘rganilgan. Tadqiqotlar va uslublar. Baliqlarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganish uchun biz xo‘jalikda olib borgan tadqiqotlarimizda 4 hil oziqlantirish turi va usullarini qo‘lladik. Unga ko‘ra I-nazorat xovuzidagi baliqlari xo‘jalikning baliq boqish tartibi asosida oziqlantirildi. II-tajriba xovuzidagi baliqlar faqat ryaska suv https://scientific-jl.com/ped 4 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 o‘tlari bilan belgilangan tartib asosida parvarishlandi. III-tajriba xovuzidagi baliqlar azolla suv o‘tlari bilan grafik asosida boqildi. IV-tajriba xovuzidagi baliqlar esa ryaska va azolla suv o‘tlari aralashmasi bilan belgilangan tartib asosida oziqlantirib borildi va shu ratsionlar asosida boqilganda baliqlarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari qanday o‘zgarishlarda bo‘lganligi ilmiy jihatdan taxlil qilndi. Shu bilan birga olingan ma’lumotlarga biometrik usulda ishlov berildi. 3.5.5-jadval Tajriba davomida turli usulda boqilgan baliqlarning o‘rtacha kunlik o‘sish ko‘rsatkichlari, g/kun 3-tajriba 4-tajriba Oylar 1-nazorat xovuzi 2-tajriba xovuzi xovuzi xovuzi Boshlanish – – – – Mart 0,98 1,52 1,21 1,26 Aprel 1,29 1,98 1,62 1,7 May 1,66 2,59 2,2 2,32 Iyun 2,8 3,86 3,94 4,21 Iyul 4,1 5,21 5,49 5,91 Avgust 6,16 7,02 7,65 8,33 Sentyabr 8,61 9,47 10,69 10,02 Oktyabr 0,92 8,68 8,83 9,71 Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mart oyida ryaska suv o‘ti bilan boqilgan baliqlar yuqori o‘sish ko‘rsatkichi qayd etdi (1,52 g/kun). Aralash ozuqa va azolla suv o‘ti bilan boqilgan xovuzlardagi baliqlarda ham nazoratga nisbatan yaxshi natijalar qayd etildi. Aprel oyida II-tajriba xovuzidagi baliqlar yetakchilikni saqladi, lekin IV-tajriba xovuzidagi baliqlar III-tajribadan ustun keldi, bu esa aralash ozuqalar bilan boqishning texnologik jihatidan afzalligini ko‘rsatadi. May oyida ham II-tajriba xovuzidagi baliqlarda kunlik o‘sish eng yuqori bo‘lib, IV-tajriba xovuzidagi baliqlar ham III-tajriba xovuzidagi baliqlar ko‘rsatkichlaridan yaxshiroq natija qayd etdi. Iyun oyiga kelib IV-tajriba xovuzidagi baliqlarning o‘sish ko‘rsatkichlarida yaxshi natijalar olina boshlandi. Aralash ozuqa bian boqish texnologiyasi amaliyotda o‘zining yuqori samaradorligini ko‘rsata boshladi. Iyul oyiga kelib kunlik o‘sish ko‘rsatkichi barcha xovuzlardagi baliqlarning natijalarida ortib borganligi kuzatildi. IV-tajriba xovuzidagi baliqlarning natijalari 5,91 g/kun natija bilan yetakchi bo‘lganligini ko‘rish mumkin bo‘ladi. https://scientific-jl.com/ped 5 Volume-84, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Avgust oyidada baliqlarda maksimal kunlik o‘sish kuzatilgan bo‘lib, IV-tajriba xovuzidagi baliqlarning o‘sish ko‘rsatkichlarida eng yuqori o‘sishni qayd etilganligi aniqlandi. Sentyabr oyiga kelib esa III-tajriba xovuzidagi baliqlar ko‘rsatkichlari (azolla suv o‘ti bilan boqigan) eng yuqori kunlik o‘sish ko‘rsatkichini (10,69 g) namoyon etdi. Oktyabr oyida nazorat xovuzidagi baliqlarda o‘sish keskin pasaygan bo‘lsa-da, tajriba xovuzlaridagi baliqlarning yuqori o‘sish dar
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada oq amur baliqlarining o‘sish sur’atlari va oziqlanish xususiyatlari o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada oq amur baliqlarining o‘sish sur’atlari va oziqlanish xususiyatlari o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: oq amur, kunlik o‘sish, ryaska, biometrik tahlil, suv o‘tlari bilan oziqlantirish, oziqlantirish usullari, azolla, baliqchilik, aralash ozuqa, eksperiment, baliq o‘sishi, mavsumiy omillar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025